Membranada ovqat hazm bo‘lishi.
Membranada ovqat hazm bo‘lishi
ingichka ichak bo‘shlig‘idan adsorbsiyalanuvchi (asosan me’da osti bezi
ajratuvchi) fermentlar, hamda ichak hujayralarida (enterotsitlarda) sintezlanuvchi
va membranada o‘rnashgan, xususan ichak fermentlari tomonidan amalga
oshiriladi. Ichak hujayralaridagi jiyaklar mikrovorsinkalardan, ya’ni membrana
96
bilan chegaralangan sitoplazmaning o‘simtalaridan iborat (ilova: 43- rasm).
Enterotsitlarning shyotkali jiyagi unversal tuzilma bo‘lib, turli hayvonlar va
odamga xosdir. Har bir enterotsitlarning apikal yuzasida 3-4 ming
mikrovorsinkalar bor, ichak epiteliysining 1 kv mm yuzasiga 50-100 mln
mikrovorsinkalar to‘g‘ri keladi. Odam va sut emizuvchilarda mikrovorsinkalarning
uzunligi o‘rtacha 1 mkm, diametri-0,1 mkm atrofida bo‘ladi. Membranada ovqat
hazm bo‘lishi darajasiga ko‘pincha uncha katta bo‘lmagan molekulalar o‘tadi,
bakteriyalar bu doiraga o‘ta olmaydi. Ovqat hazm bo‘lishining boshlang‘ich
bosqichi faqatgina me’da-ichak traktining bo‘shlig‘ida amalga oshadi.
Yo‘g‘on
ichak
- ingichka ichakning davomi bo‘lib, quyidagi bo‘limlardan iborat: 1. Ko‘r
ichak - (chuvalchangsimon o‘simta bilan) 2. Yuqoriga ko‘tariluvchi chambar ichak
3. Ko`ndalang chambar ichak 4. Pastga tushuvchi chambar ichak 5. Sigmasimon
ichak. 6. To‘g‘ri ichak. Yo‘g‘on ichak bir qancha funksiyalarni bajaradi. Yo‘g‘on
ichakda asosan suv so`riladi va axlat massasi shakllanadi. Yo‘g‘on ichak devorida
bakteriyalar yashab, ularning faoliyati natijasida vitamin K va vitamin В
kompleksi sintezlanadi, hazm bo`lmagan kletchatkani hazm bo`lish jarayoni
davom etadi.
Jigar
- qorin bo‘shlig‘ining o‘ng qovurg‘aosti sohasida,
diafragmaning o‘ng gumbazi ostida joylashgan. Og`irligi taxminan 1500 - 2000 g,
qizg‘ish - qo‘ng‘ir tusda, yumshoq bo‘ladi. Jigarning ko‘pchilik qismi qorin parda
bilan o`ralgan bo‘lib, faqat orqa tomoni diafragmaga tegib turadi. Jigarda ustki -
diafragmal va ostki - visseral yuzalari farqlanadi. Ustki va ostki yuzalar old
tomondan birlashib oldingi o‘tkir visseral qirg`oq hosil qiladi. Jigarning
diafragmal yuzasi o`roq shakldagi boylam orqali o`ng va chap pallalarga ajraladi.
Jigarning ostki visseral yuzasi H xarfi shaklini hosil qilgan uchta egat orqali uni
to`rtta pallaga: katta o`ng, kichik chap, dumsimon va kvadrat pallaga ajratadi.
Ko`ndalang egat sohasida jigar darvozasi joylashgan. Bu yerdan qon tomirlar,
asablar, jigarning umumiy chiqarish nayi bilan limfa yo‘llari o‘tadi. Uzunasiga
yo`nalgan o`ng egat old tomonda kengayib chuqurchani hosil qiladi. Chuqurcha
ichida o‘t pufagi joylashgan. Egatning orqa yarmida pastki kovak vena o‘tadi.
Jigarning morfologik va funksional birligi - bo‘lakchalar hisoblanadi. Har bir
97
bo‘lakcha ko‘p qirrali prizmaga o‘xshaydi va eni 1-2 mm ga teng. Mikroskop
ostida tekshirilganda bo‘lakchalar jigar hujayralari - gepatotsitlardan iborat.
Gepatotsit - ko‘p burchakli hujayra bo‘lib, tarkibida bitta yoki ikkita yadro
uchraydi. Gepatotsitlar sitoplazmasida 800 gacha mitoxondriyalar uchraydi.
Mitoxondriyalar yog‘ kislotalarni oksidlanishida va turli oksidlanish- qaytarilish
reaksiyalarda qatnashib, asosiy energiya ishlab chiqarish manbai hisoblanadi.
Lizosomalar hujayra ichiga tushgan turli moddalarni va kiritmalarni parchalashda
ishtirok etadi. Endoplazmatik to`r kanalchalarida turli immunoglobulinlar,
oqsillar, xolesterin, yog‘ kislotalari, glikogen va o‘t moddasi sintezlanadi.
Gepatotsitlar
- zanjir kabi bir-biri bilan tutashib jigar tasmalarini hosil qiladi.
Bo‘lakchada tasmalar radial holda joylashgan. Ikkita qo`shni jigar tasmasidan
jigar plastinkalar hosil bo‘ladi. Ikkita qo`shni jigar plastinkalar orasidan sinusoid
kapillyar o‘tadi. Bu kapillyarda aralashgan venoz va arterial qon oqadi (ilova: 42 -
rasm). Sinusoid kapillyarlar bo`lakchada joylashgan markaziy venaga kelib
quyiladi. Ikkita jigar tasmaning qo`shni hujayralari orasidan o‘t naychalari o‘tadi.
Demak, o‘t naychasining devori qo`shni gepatotsit yuzalari hisobidan hosil bo‘ladi
va o`z devoriga ega emas. har bitta gepatotsitning yuzasi bir tomondan o‘t naychasi
bilan, qarama-qarshi yuzasi esa sinusoid kapillyar bilan bevosita kontaktda bo‘ladi.
Jigar o‘zida boradigan metabolik jarayonlarining turli-tumanligi bilan
boshqa a’zolardan farqlanadi. Jigar quyidagi asosiy jarayonlarning amalga
oshirishda qatnashadi:
1.
Metabolitik faoliyati: ichakdan qopqa venasi orqali kelgan ozuqa moddalar
jigarga kelib modda almashinuv faoliyatida ishtirok etadi. Jigarda uglevod,
yog‘, oqsillar, nuklein kislotalar, bioligik faol moddalar, vitaminlar,
mikroelementlar, yog‘ kislotalar sintezi amalga oshadi.
2.
Zahiralovchi faoliyati: jigarda uglevodlar, lipidlar, oqsillar, gormonlar,
vitaminlar va mineral moddalar zahiralanishi mumkin.
3.
Himoyalovchi faoliyati: jigarda endogen toksinlar, yot moddalarning
zararsizlantirilishi amalga oshadi.
98
4.
Ekskretor faoliyati: jigarda 40 dan ortiq ekzo- va endogen moddalar o‘t
yo‘llari orqali, ba’zilari esa qonga chiqarib, buyraklar orqali tashqariga
chiqariladi.
5.
Gomeostazlovchi: jigar ichki muxit doimiyligini ushlab turishda, xususan,
bu jarayon qondan ba’zi moddalarni jigarga so‘rilishi va jigardan qonga
chiqarilishi orqali amala oshiriladi.
Turli zaharli moddalarni jigarda zararsizlantirilishi o‘ziga xos yo‘llar bilan ikki
bosqichda boradi. Birinchi bosqich endoplazmatik to‘rda (EPT) boradi,
reaksiyalarni oksidazalar va gidroksilazalar katalizlaydi, ularning kofermenti
sitoxrom R-450, v5, gem va vitaminlar xisoblanadi.
Biotransformatsiyaning birinchi bosqichi quidagi reaksiyalarni o‘z ichiga
oladi: gidrolitik parchalanish, oksidlanish, qaytarilish, metillanish va boshqalar.
Biotransformatsiyaning ikkinchi bosqichi – kon’yugatsiya jarayonlaridir
,
ya’ni hosil bo‘lgan moddalarni glyukuron yoki sulfat kislotaning faol shakli,
glutation va boshqa moddalar bilan birikishidir.
Me’da osti bezi - qorin bo‘shlig‘ining orqa tomonida I-II bel umurtqalari
qarshisida, me’daning orqasida joylashgan. U qorin pardasi bilan faqat - oldingi va
pastki tomondan o`ralgan bo‘ladi. Me’da osti bezi ovqat hazm tizimida ikkinchi
yirik bez bo‘lib,uning massasi 60-100 g, uzunligi 15-22sm. Bez qizig`ish-kul
rangda, ustidan yupqa biriktiruvchi to`qimali kapsula bilan o`ralgan, o‘n ikki
barmoqli ichak bilan taloq orasida joylashgan. Me’da osti bezida ekzokrin va
endokrin qismlari ajraladi (ilova: 41- rasm).
Ekzokrin qismi
tashqi sekretsiya
bezlariga o`xshash bo‘lib, tuzilishi jihatdan murakkab alveolyar-naysimon bez
hisoblanadi. Alveolyar qismi atsinuslar deyiladi. Atsinuslar tarkibiga kiruvchi
hujayralar
pankreatik shira
ishlab chiqaradi. Pankreatik shira tarkibini proteolitik,
amilolitik va lipolitik fermentlar tashkil qiladi, oqsillarni, yog`larni va uglevodlarni
hazm qilish jarayonlarida ishtirok etadilar. Alveolalardan mayda naychalar
boshlanadi. Bir nechta alveolalardan chiqqan naychalar birikib bo‘lakchalararo
chiqaruv naychalarni hosil qiladi. Bu naychalar esa asosiy chiqaruv yo‘lga ochiladi
va natijada ishlab chiqariladigan mahsulot o‘n ikki barmoqli ichakka borib
99
quyiladi. Me’da osti bezining
endokrin qismi
maxsus hujayralardan tarkib topgan.
Bu hujayralar orolchalar holida uchrab, Langergans orolchalari deb nom olgan va
bezning dum qismida ko‘proq uchraydi. Orolchalarda chiqaruv naylari bo`lmaydi
va ishlab chiqariladigan maxsulot to‘g‘ridan - to‘g‘ri qonga o‘tadi. Endokrin
qismida
insulin
va
glikogen
gormonlari ishlab chiqariladi. Insulin gormoni
organizmda uglevodli modda almashinuvini boshqaradi, qonda glukoza miqdorini
kamaytiradi. Glikogen gormoni insulinga nisbatan antogonist hisoblanib, qondagi
qand miqdorini oshiradi. Insulin jigarda glikogen moddasini va yog‘ to`qimasida
yog‘ moddalarini parchalaydi. Demak, me’da osti bezining endokrin qismida
ishlab chiqadigan gormonlar organizmda uglevodli va yog` modda almashinuvini
idora etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |