8.
Gazlarning transport jarayonini tushuntiring?
9.
O‘pkaning tiriklik sig‘imini tushuntiring?
10.
Tashqi va ichki nafas olish va chiqarish tushuntiring?
11.
O‘pka ventilyasiyasi tushuntiring?
12.
Alveolalar tuzilishida nimani bilasiz?
13.
Qoldiq havo deb nimaga aytiladi?
14.
Nafas aktining boshqarilishi tushuntiring?
15.
Rezerv havo nimaligini tushuntiring?
92
7-Bob. Hazmlanish. Hazm a’zolari tuzilishi va vazifasi. Og‘iz bo‘shlig‘i va
me’dada hazmlanish jarayoni. Ingichka va yo‘g‘on ichak tuzilishi va
vazifalari. Jigar, me’da osti bezi. Jigardagi detoksikasiya va
regenerasiya jarayonlari.
Ovqat hazm tizimiga mansub a’zolar zimmasiga bir necha muhim
funksiyalarni bajarish yuklatilgan. Ularning asosiysi - ovqat hazm qilishdir. Ovqat
hazm qilishning mohiyatini tashqi muhitdan qabul qilinadigan ozuqa moddalarning
mexanik va kimyoviy yo‘l bilan parchalanishi va ichki muhitga so‘rilishi tashkil
qiladi. Hazm qilish jarayonida ozuqa moddalarning ichak shilliq qavati orqali ichki
muhitga so‘rilishining eng asosiy sharti - yuqori molekulali oqsillar
aminokislotalargacha,
yog‘larning
glitserin
va
yog‘
kislotalarigacha,
uglevodlarning
monosaxaridlargacha
parchalanishidir.
Shu
darajagacha
parchalanmay qolgan oqsil qoldiqlari, yog‘lar yoki uglevodlar ichki muhitga
so‘rilmaydi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Hazm a’zolari tizimining yana bir
muhim funksiyasini ularning endokrin hujayralari faoliyati tashkil etadi. Hazm
a’zolari tarkibida joylashgan ko‘p turdagi hujayralar tomonidan ishlab
chiqaradigan gormonlar organizmda umumiy ta’sirotga ega bo`lmay, balki aynan
shu a’zolardagi mahalliy jarayonlarni, ya’ni mikrotsirkulyator tizim ishini,
hujayralarning ko‘payishi, voyaga yetishishi va faoliyat ko`rsatishi jarayonlarini
organizm talablariga mos ravishda boshqarish ta’sirotiga egadir. Hazm a’zolari
tizimining uchinchi muhim funksiyasini esa ularning ichki muhitga tashqi
muhitdan yot moddalar va antigenlar kirishidan himoya qilish va mahalliy immun
javobni amalga oshirishdan iboratdir. Hazm a’zolarining shilliq qavati immun
hujayralarga boy bo‘lib, antigenlarga qarshi immun javobni to`liq amalga
oshirishga qodirdir. Shilliq qavatlarning immunologik faoliyati organizm umumiy
immun tizimi faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hazm a’zolari
ajratuv funksiyasini ham bajaradilar. Ichki muhitdagi moddalar almashinuvining
chiqindi hosilalari yoki organizm uchun zararli moddalarni buyraklar va ter
bezlari qoniqarli ravishda tashqi muhitga chiqara olmagan taqdirda, ular qisman
hazm organlari shilliq qavatlari orqali chiqarilash imkoniyati bor. Ammo,
93
moddalar almashinuvining ba’zi hosilalari ichki muhitdan faqat hazm a’zolari
orqali
chiqariladi.
Masalan,
taloqda
nobud
bo`lgan
eritrotsitlardagi
gemoglobinning parchalanishi tufayli paydo bo‘ladigan hosilalari (bilirubin)
asosan jigar orqali o‘t suyuqligi tarkibida tashqi muhitga ajratiladi. Shu sababli
jigar shikastlanganda ichki muhitda bilirubin miqdori keskin ortib ketib, «sariqlik
kasalligi» kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi.
Ovqatni hazm qilish jarayonini amalga oshirish uchun zarur fermentlar
ko‘plab maxsus bezlar tomonidan ishlab chiqariladi. Fermentlar oqsil tabiatiga ega
bo`lgan kimyoviy jihatdan faol moddalar bo‘lib, ularning har biri ovqat tarkibidagi
yuqori molekulali oqsil, yog‘ yoki uglevod molekulalarini parchalash xususiyatiga
egadirlar. Turli xususiyatli hazm fermentlari turli bezlarning, ya’ni so‘lak bezlari,
me’da devori bezchalari, me’da osti bezining ekzokrin qismi va ichak devoridagi
mayda bezchalar faoliyatining hosilalaridir. Har bir ferment muayyan funksiya
bajaradi va faqat o`ziga xos modda yoki moddalar guruhiga ta’sir ko`rsatadi.
Masalan, faqat oqsillarga ta’sir etuvchi fermentlarni proteazalar deyiladi. Bu
guruhga pepsin, jelatinaza, ximozin, tripsin, enterokinaza kabi fermentlarni misol
qilib ko`rsatish mumkin. Yog`larni parchalaydigan fermentlar lipazalar deb
nomlanadi. Ammo, yog`lar lipazalar tomonidan to`liq parchalanishi uchun ularga
o`t suyuqligi ta’sir etib, yog`larni emulsiyaga, ya’ni bir-biriga qayta qo`shilib katta
tomchi hosil qila olmaydigan nihoyatda mayda yog` tomchilariga aylantirib berishi
zarur. Me’da osti bezining shira tarkibidagi lipazalar ta’siri jihatdan ayniqsa aktiv
hisoblanadi. Uchinchi guruh fermentlarga karbogidrazalar misol bo`la oladi.
Karbogidrazalar uglevodlarni parchalaydi. Ularni soni juda ko‘p bo‘lib, ularning
har biri aynan uglevodlarga ta’sir etishi bilan, yoki parchalanish jarayoniga ketma-
ket va ma’lum yo`nalishda ta’sir etishi bilan ta’riflanadi. Masalan, uglevodlarni
boshlangich parchalanish jarayoni ogiz bo‘shlig‘ida so‘lak tarkibidagi amilaza va
maltaza ta’sirida boshlanadi. Uglevodlarning to`liq parchalanishi esa ichaklarda
me’da osti bezining shirasi tarkibidagi amilaza maltoza, laktaza fermentlari
ta’sirida amalga oshiriladi.
94
Ovqat hazm tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |