Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Mavzuni o‘zlashtirilishini tekshirish uchun savollar



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

 Mavzuni o‘zlashtirilishini tekshirish uchun savollar: 
1.
 
Qon aylanish jarayoni va uning ahamiyati?
 
2.
Yurakning anatomik tuzilishi? Yurak sikli? Klapanlarning ahamiyati? 
3.
Yurak muskullarining fiziologik xususiyatlari? 
4.
Qon aylanish doiralari? 
5.
Qon bosimi nima? 
6.
Sistolik, diastolik va o‘rta dinamik bosimni ta’riflang? 
7.
Arterial puls tabiati qanday? 
8.
Mikrotserkulyator tizimni nima hosil qiladi? 
9.
Venalarda qon qanday harakatlanadi? 
10.
Turli tomirlarda qon aylanish ko‘rsatgichlarini ayting? 
11.
Qon aylanishning umumiy va chiziqli tezligini tushuntiring? 
12.
Tomirlar qanday boshqariladi? 
13.
Qanday gormonlar qon tomirlar faolligiga ta’sir etadi? 
14.
Qon tomirlarni idora etuvchi markaz haqida tushuncha? 


85 
6-Bob

Nafas. Nafas fiziologiyasi. Sog‘lom turmush tarzida
nafasning ahamiyati. 
Barcha tirik organizmlarning hujayralari oziq moddalarning oksidlanishli 
parchalanishi oqibatida energiya bilan, asosan adenozintrifosfat (ATF) bilan 
ta’minlanadi. Ushbu energiya, substratdan vodorodni tortib olish va uni atomar 
kislorod bilan birikishi hisobiga ajaraladi (nafas olish zanjiri bo‘ylab elektronlar va 
protonlar uzatilishi sodir bo‘ladi). Bu jarayon natijasida substratdan (asosan 
uglevoddan) karbonat angidrid va suv qoladi. Hujayralarning normal faoliyati 
uchun metabolizmning oxirgi mahsulotlari chiqarib tashlanishi lozim. Bunday 
muhim mahsulot karbonat angidrid hisoblanadi. Shunday qilib, hujayralar va atrof-
muhit o‘rtasidagi gazlar almashinuvi, ya’ni kislorodning yutilishi va karbonat 
angidridning chiqarilishi nafas olish deyiladi. 
Nafas olish a’zolarining anatomiyasi.
Nafas olish a’zolari havo 
o‘tkazuvchi yo‘llar va gazlar almashidigan a’zo - o‘pkalarga bo`linadi. Havo 
o‘tkazuvchi yo‘llarga burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak, traxeya va bronxlar va 
bronxiolalar kiradi. O‘pkalarda esa qon bilan kislorod orasida gazlar almashinishi 
ro‘y beradi. Yuqori sut emizuvchilarda nafas olish a’zosidan hiqildoq ikkita 
funksiyani bajaradi: havo o‘tkazuvchi va tovush chiqaruvchi. To‘g‘ri nafas olish 
burun bo‘shlig‘i orqali amalga oshriladi. 
Burun bo‘shlig‘i-
butun ichki yuzasi 
shilliq parda bilan qoplangan. Bu parda xilpilovchi kiprikli epiteliydan iborat. 
Shilliq bezlar qadahsimon hujayralardan tarkib topib, shilliq moddalar ishlab 
chiqaradi. Epiteliy kipriklari havo tarkibidagi changni ushlab qoladi. Shilliq osti 
qavatida joylashgan qon kapillyarlari orqali havo iliydi va iligan xolda havo 
o‘pkaga o`tadi. Nihoyat shilliq bezlarning sekreti yordamida havo namlanadi. 
Hiqildoq- 
havo o‘tkazuvchi yo‘llarning bir qismi bo`lishi bilan tovush chiqarishda 
xam ishtirok etadi.Hiqildoq bo`yinning oldingi qismida IV-VI bo`yin umurtqalari 
sohasida joylashgan. Til osti - qalqonsimon membrana orqali hiqildoq til osti 
suyagiga osilib turadi. Hiqildoq old tomonidan teri, bo`yin muskullari va fassiyalar 
joylashgan. Orqa tomondan esa bo`yindan o`tuvchi qon tomirlar va asablar o`tadi. 


86 
Hiqildoq pastki qismi bilan kekirdakga tutashgan (ilova: 34- rasm). 
Kekirdak- 
hiqildoqni davomi bo‘lib 9-13 smga teng bo`lgan nayidan iborat. Yuqori qismida 
uzuksimon tog`ay bilan xiyla harakatchan birikadi va VI-VII bo`yin umurtqalari
ro`parasida joylashgan. Pastki chegarasi V Ko`krak umurtqasini yuqori qirrasiga 
to‘g‘ri keladi, shu sohada kekirdak chap va o`ng bosh bronxlarga ajralib ketadi. 
Kekirdak 4-5 ko`krak umurtqalari sohasida chap, o`ng bosh bronxlarga bo`linadi. 
O`ng bronx chap bronxga qaraganda kaltaroq va keng, chap bronx ingichkaroq va 
uzun. Nafas olish tizimining bosh a’zosi 
o‘pkalar 
(ilova: 35- rasm). O‘pkalar juft 
a’zolar bo‘lib, butun ko`krak bo‘shlig‘ini egallab, shakli va hajmini doim nafas 
fazasiga qarab o`zgarib turadi. Chap va o`ng o‘pkalar ko`krak qafasining oldingi 
qismida joylashgan bo‘lib, konussimon shaklga ega. Konusning asosi past 
tomondan diafragmaga tegib tursa, uchi esa birinchi qovurg‘adan 3-4 sm
yuqoriroqda turadi. Har qaysi o‘pka plevra deb ataladigan seroz parda bilan 
o`ralgan. Plevra ikki varaqdan - ichki (visseral) va devor (parietal) varaqlardan 
iborat. Ichki yoki visseral varag`i darvoza sohasidan tashqaridan butun o‘pkani 
o`rab turadi. Devor yoki parietal varag`i esa ko`krak bo‘shlig‘i devorini qoplab 
oladi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish