83
o‘z ichga sezuvchi, markaziy va efferent zvenolarni olgan murakkab mexanizmlar
tomonidan amalga oshiriladi. Efferent zveno asab va endokrin komponentlarga
ega. Uzunchoq miyaning qon tomirlarini harakatlantiruvchi markazi, qon tomirlar
tonusini quvvatlab turuvchi va qon bosimini reflektorli boshqaruvchi asosiy
markaz hisoblanadi. Boshqaruvning gipotalamus sohasi
qon aylanishning adaptiv
reaksiyalarini amalga oshishida muhim rol o‘ynaydi. Gipotalamusda ham
depressor va pressor sohalar mavjud. Boshqarishning katta yarim sharlar po‘stlog‘i
sohasi ham, gipotalamus kabi, uzunchoq miyaning asosiy markaziga pastga
tushuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sirlar, asab tizimining yuksak bo‘limlariga,
organizmning oldingi
tajribasi bilan birgalikda, turli retseptiv shakllanadi. Ular
hissiyot, motivatsiya va xulq-atvor reaksiyalarining yurak-tomir komponentlarini
realizatsiyasini ta’minlaydi. Endokrin qism - buyrak usti bezining po‘stloq va
mag‘iz qismilarni, gipofizning orqa sohasini, buyraklarning yukstaglomerulyar
apparatini o‘z ichiga oladi.
Endokrin boshqaruvda
- buyrak usti bezining po‘stloq
va mag‘iz qismilarning, gipofiz orqa sohasining, buyraklarning yukstaglomerulyar
apparatining gormonlari bosh rolni o‘ynaydi.
Adrenalin, barcha gormonlar ichida
tomirlarga keskin ta’siri bilan ajralib turadi. Jismoniy quvvatlanish, hissiy zo‘riqish
paytida, adrenalin skelet mushaklari, miya va yurak orqali qon oqimini
ko‘paytirishga olib keladi.
Mahalliy boshqarish.
Qon
tomirlarini kengaytirish
qobiliyatiga, biologik faol moddalar va mahalliy gormonlar bo‘lmish - gistamin,
serotonin, bradikinin, prostaglandinlar ham egadir. Mahalliy boshqarish
mexanizmlari organizmning muayyan qismlarida qon oqimining miqdori bo‘lib, bu
miqdorni a’zolarning qonga bo‘lgan talabiga
moslashuvi asosan tomirlar
diametrini o‘zgartirish va qon oqimiga qarshilikni boshqarish yo‘li bilan
ta’minlanadi.
Donor organizmidan retsipiyent organizmiga a’zo yoki to‘qimani ko‘chirib
o‘tkazilish jarayoni transplantatsiya deb nomlanadi. Transplantatsiya jarayonining
eksperimental va klinik usullari farqlanadi. Eksperimental usul organizmning
immun reaksiyalarini o‘rganish uchun muxim. Bu usul yordamida organizmga
o‘tkazilgan genetik jixatdan farqlanuvchi a’zo yoki to‘qimani
normal
84
adaptatsiyasini ta’minlovchi preparatlar (siklosporinlar) sintezi uchun ahamiyatga
ega. Transplantatsiyaning quyidagi turlari farqlanadi: 1. Autotransplantatsiya-
bunda bir organizmdan olingan to‘qima shu organizmga implantatsiya qilinadi. 2.
Izotransplantatsiya-bunda bir tuxum xujayradan xosil bo‘lgan ekzaklar o‘rtasida
transplantatsiya jarayoni amalga oshiriladi. 3.Gomotransplantatsiya-bu xolda
genetik va immunologik jixatdan farqlanuvchi organizmlar o‘rtasida
transplantatsiya jarayoni amalga oshriladi. 4.Ksenotransplantatsiya-turlar aro
transplantatsiya jarayoni amalga oshiriladi.
Stendlash - kovak a’zolar(masalan:toj arteriyalar)ga maxsus karkas ya’ni
stendni joylashtirish orqali bu a’zolar bo‘shliqlarini
kengaytirishga asoslangan
xirurgik muolaja. Bu usul qo‘llanishidan avval yurak qon tomir kasalliklaridagi
patologiyalarni shuntlash usuli bilan davolanar edi. Bunday usul xirurgik
operatsiyalar yordamida amalga oshrilishi kerak. Stendlash usulini qo‘llash bunday
patologiyalarni xirurgik operatsiyalarsiz stendni implantatsiyalash imkoniyatini
yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: