Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

hazm nayi va parenximotoz
a’zolardan tarkib topgan 
(ilova: 38- rasm). Hazm nayini ogiz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo`ngach, me’da, 
ingichka va yo‘g‘on ichaklar tashkil qiladi. Parenximatoz a’zolarga so‘lak bezlari, 
me’da osti bezi va jigar kiradi. Hazm naychasining uzunligi 7-8 m.ga teng bo‘lib, 3 
bo‘limdan tashkil topgan. Oldingi bo‘lim ogiz bo‘shlig‘i, halqum va 
qizilo`ngachdan iborat. Bu a’zolar bosh, bo`yin va ko`krak qafasida joylashgan 
bo‘lib, to‘g‘ri yo`nalishga ega. 
Oldingi bo‘lim a’zolari
- ovqatni chaynash, so‘lak 
bilan namlash va ovqat luqmasini shakllantirish, yutish va qizilo`ngach orqali 
me’daga yetkazish vazifasini bajaradi. So‘lak tarkibidagi amilaza ta’sirida 
uglevodlar qisman parchalanadi, lizotsim esa bakterisid ta’sir kuchiga ega. Til 
tarkibidagi ta’m bilish piyozchalari ta’m bilish a’zosini tashkil qilib, ovqatning 
nordon, achchiq, shirin va sho`r ta’mlarini sezish imkoniyatiga ega (ilova: 39- 
rasm). 
Me’da
- organizmda bir qancha funksiyalarni bajaradi (ilova: 40- rasm).
Yutilgan ovqat me’dada to`planadi, maydalanadi, harakatlanadi, suriladi. Me’da 
devori orqali qand moddalar, spirt, suv va tuzlar suriladi, bundan tashqari 
ekskretor, sekretor va endokrin funksiyalarni ham o`taydi. Me’dada antianemik 
faktor ishlab chiqariladi. Bu maxsus modda bo‘lib, ovqat tarkibidagi V
12
vitaminini o`zlashtirishga yordam beradi. Me’dani asosiy funksiyasi - bu me’da 
shirasini ishlab chiqarish. Me’da shirasi tarkibida pepsin, ximozin, lipaza kabi 
fermentlar, shuningdek xlorid kislota va shilliq moddalar tafovut etiladi. Me’da 
qorin bo‘shlig‘ining yuqori qismida, chap qovurg‘a sohasida, diafragmaning chap 
gumbazi tagida joylashadi. Katta odamlarda me’da hajmi yegan ovqatiga va ichgan 
suyuqlik miqdoriga qarab o‘zgaruvchan bo‘ladi va 1,5 - 4 litrni tashkil etadi.
O‘n 
ikki barmoqli ichak
- qorin devorining orqa qismida 1-3 bel umurtqalari qarshisida 
taqa holda joylashgan (ilova: 41- rasm). O`n ikki barmoq ichakni anatomik 
xususiyatlaridan biri unga jigar o‘t pufagining umumiy o‘t yo‘li va me’da osti 
bezining shira ajratib chiqaruvchi bosh yo‘lini ochilishi. Me’dada dastlabki 
kimyoviy va mexanik parchalanishga uchragan ovqat massalar nordon muhitga 
ega, chunki ovqat massalari qoplama hujayralari ishlab chiqqan xlorid kislotasi va 
bosh hujayralar tomonidan sekretsiya natijasida ajratilgan pepsinogen bilan 


95 
aralashib o`n ikki barmoq ichakka tushadi. Pepsinogen fermenti xlorid kislota 
ta’sirida aktiv pepsinga o‘tadi va shu holda oqsillarni parchalash qobiliyatiga ega 
bo‘ladi. O`n ikki barmoq ichakda me’dadan tushgan nordonli ovqat maxsulotlar 
neytralizatsiyaga uchraydi. Neytralizatsiya jarayoni o`n ikki barmoq ichak 
devorining shilliq osti pardasida joylashgan Brunner bezlarining sekretor faoliyati 
tufayli ta’minlanadi. Brunner bezlari shilliq moddalar bilan bir qatorda ishqoriy 
muhitga ega bo`lgan sekretni ham ishlab chiqaradi. O‘n ikki barmoqli ichak 
devorida aylanma burmalardan tashqari uzunasiga yotgan burma ham tafovut 
etiladi. Bu burma quyi tushuvchi bo‘limining orqa devori bo`ylab o‘tib, o‘n ikki 
barmoqli surgich (Fater surgichi) bilan tugallanadi. 
Och ichak
- o‘n ikki barmoqli 
- och ichak burmasidan boshlanib, uning qovuzloqlari qorin bo‘shlig‘ining 
yuqorigi chap qismida yotadi. Och va yonbosh ichaklar qorin parda bilan hamma 
tomondan o`ralgan. Shuning uchun ikkala ichak joylashuvi jihatdan intraperitoneal 
a’zolarga kiradi. Och ichakning hazm yuzasi yonbosh ichakka nisbatan ancha 
katta. Bu xususiyat bir qancha sabablarga bog`liq: a) och ichak diametrini katta 
bo`lishi. b) aylanma burmalari yirik va bir-biriga zich joylashganligi. v) och 
ichakda vorsinkalar va kriptalar soni va uzunligi ancha yuqori bo`lishi. Masalan, 
och ichakning 1 mm
2
sathida 22-40 gacha vorsinkalar uchraydi. Yonbosh ichakda 
esa 1mm
2
sathida 18- 31 vorsinkalar uchraydi. Och ichakning devori ovqat hazm 
nayi uchun xos tuzilishga ega. Uning devorida shilliq parda, shilliq osti qavati, 
muskul parda va seroz parda farq qilinadi. Shilliq parda epiteliy, xususiy plastinka 
va muskul plastinkadan iborat. Shilliq pardada juda ko‘p miqdorda vorsinkalar va 
kriptalar bo‘ladi. Yonbosh ichak och ichakning davomi bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ining
kindik sohasida joylashadi va o`ng yonbosh chuqurchasida yo‘g‘on ichakka davom 
etadi. Tuzilishi ingichka ichakning yuqorida ko`rsatilgan bo‘limlariga o`xshash. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish