“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
365
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, KMT larning sodir bo’lish ko’rsatkichi 23-quyosh sikliga qaraganda
24-quyosh siklida ko'p bo'lishiga qaramasdan, KMT va SKMT larning tezligi 24-quyosh siklida 23-
quyosh siklidagiga nisbatan kamroqdir. KMT larning sodir bo'lish ko’rsatkichi (chastotasi), 23-quyosh
siklining
pasayish fazasidan tashqari, ham amplituda ham fazada 23- va 24-quyosh faolligi siklini
kuzatishga intiladi. 24-quyosh siklidagi quyosh dog’lari soni oldingi sikldagi quyosh dog’lari sonining
yarmiga teng bo'lsa-da, KMT larning ko’rsatkichi 24-quyosh siklida oldingi 23-quyosh
siklining
tegishli fazasiga nisbatan bir oz yuqoriroq. Umumiy songa nisbatan solishtirganda, har qanday quyosh
kengligidagi massa yo'qotilish ko’rsatkichi 23-quyosh sikliga qaraganda 24-quyosh sikli uchun
kamroqdir. Ehtimol, bu tez va massiv KMT lar zaif KMT larga qaraganda quyosh dog’lari
soniga
kuchli bog'liqligini ko’rsatishi mumkin. 24-quyosh siklidagi KMT lar 23-quyosh siklidagiga nisbatan
tor tezlik diapozoniga ega bo’lib, o'rtacha sekinroq bo’lishi qayd etildi. Quyosh aktivligi siklining
maksimumida siklning
minimumidagiga qaraganda, KMT lar enli va kengliklarda ko’proq bir xil
taqsimlangan [3].
KMT larning massa oqimini hisoblash
uchun KMT larning tuzilishi, ularning massasi va
taqsimlanishlariga nisbatan bir necha taxminiy hisoblashlarni bajardik.
KMT lar kengliklarini,
ularning markaziy pozitsiya burchagi (Central Position Angle (CPA)) yordamida hisoblashda bizning
yondashuvimiz hamma KMT lar uchun mukammal to'g'ri kelmasligi mumkin.
Quyosh shamoli
massasining oqimiga KMT larning hissasini taxminiy hisoblashda,
bunday yondashuvlarning
natijalarini baholash uchun qo'shimcha tadqiqotlar talab qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jackson, B. V., Howard, R. A. (1993). A CME mass distribution derived from SOLWIND
coronagraph observations.
Solar Physics, 148, 359
2.
Lamy, P., Floyd, O., Quemerais, E., Boclet, B., Ferron, S. (2017). Coronal mass ejections and
solar wind mass fluxes over the heliosphere during solar cycles 23 and 24 (1996-2014).
Journal of
Geophysical Research (Space Physics), 122, 50
3.
Mishra, W., Srivastava, N., Mirtoshev, Z., Wang, Y. (2018). Solar cycle variation of coronal
mass ejections contribution to solar wind mass flux.
Proceedings of the International Astronomical
Union, 13(S340), 175
Do'stlaringiz bilan baham: