Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr



Download 11,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/436
Sana22.02.2022
Hajmi11,09 Mb.
#80408
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   436
Bog'liq
Конференция - физика-PDFга

“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
 
357 
Jadvaldan ko‘rish mumkinki, tekshirilgan tuproqlar va shu tuproqlarda o‘sgan paxta chigitining 
radioaktivligi asosan 
40
K, 
226
Ra, 
232
Th tabiiy radionuklidlar hamda qisman texnogen radionuklid 
137
Cs 
bilan aniqlanadi. Tuproqlarda aniqlangan radionuklidlarning intensivliklari ularning chigitlardagi 
intensivligidan yuqori. Tuproqlarda va chigitlarda eng yuqori aktivlik 
40
K ga to‘g‘ri keladi: tuproqlarda 
A (
40
K)=621-796 Bk/kg, chigitlarda A (
40
K)=304-605 Bk/kg oraliqda o‘zgaradi. Buning sababini kaliy 
elementining yer qobig‘ida katta miqdorda
(2,4%) tarqalganligidan, tuproqlarga kaliyli o‘g‘itlar bilan 
turlicha ishlov berilishidan, chigitlarda esa kaliyning to‘planishi uning tuproqdagi miqdoriga 
proporsionalligidan deb qarash mumkin. Kaliy elementi tirik organizimlar hayot faoliyatida zaruriy 
element hisoblanadi. O‘simliklarda ayniqsa uglevod va oqsillar almashinuvida kaliy ahamiyatli 
darajada o‘rin tutadi, fermentlar funksiyasini boshqarishda qatnashadi, oziq-ovqat maxsulotida 
kaliyning yetarlicha bo‘lmasligi yosh organizmning o‘sishini keskin sekinlashtiradi. Organizimda asab 
to‘qimalarining faoliyati undagi kaliy miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan. Kaliy tirik organizmlarda 
modda almashinuviga ahamiyatli darajada ta’sir qiladi [2]. 
226
Ra radionuklidi 
238
U radioaktiv oilasiga mansub bo‘lib, u minerallar kristall panjarasidan 
tashqarida joylashganligi sababli tog‘ jinslaridan nisbatan osonroq ajraladi. Turli tuproqlarda 
aniqlangan 
226
Ra aktivliklari orasidagi farq ahamiyatli emas, (35-42) Bk/kg, bu esa 
226
Ra ning 
tuproqlardan yuvilib chiqishining pastligi bilan tushuntirilishi mumkin. Xuddi shunday, chigitlarda 
aniqlangan 
226
Ra aktivliklari farqi ham e’tiborli emas (8-11) Bk/kg, bu esa 
226
Ra ning chigitda 
to‘planishi uning tuproqdagi miqdoriga proporsionalligini ko‘rsatadi. 
232
Th ning turli tuproqlarda 
aniqlangan aktivliklari qiymatlari ham bir-biriga yaqin – (35-40) Bk/kg, chigitlarda ham 
232
Th 
aktivliklari farqi e’tiborli darajada emas – (7-9) Bk/kg. Bunday natijalardan aytish mumkinki, chigitda 
aniqlangan 
40
K, 
232
Th, 
226
Ra radionuklidlarining miqdori, ularning tuproqdagi miqdoriga deyarli 
proporsional, lekin tuproqdagi miqdoridan bir necha marta kichik: 
226
Ra 3-5, 
232
Th 4-5, 
40
K 1,2-2 
marta. Turli mikroelementlarning, jumladan radionuklidlarning o‘simliklarda to‘planishi ko‘p 
faktorlarga bog‘liq: tuproq tarkibidagi radionuklidlar miqdoriga, o‘simliklarning o‘zining biologik 
xususiyatlariga, tuzilishiga, tuproqning kimyoviy tarkibiga, sug‘oradigan suvlardagi elementlar 
miqdoriga va boshqa faktorlarga bog‘liqligi olimlar tomonidan aniqlangan [3]. 
Tekshirilgan namunalar gamma-spektrida aniqlangan texnogen radionuklid 
137
Cs ning uch xil 
hududdan olingan tuproqlardagi aktivligi oz bo‘lsada farq qiladi (14-16) Bk/kg. Buning sababi turli 
mamlakatlar tomonidan o‘tkazilgan yadroviy qurollar sinovlarida hosil bo‘ladigan 
137
Cs shamollar, 
yomg‘irlar, suvlar oqimi orqali turli hududlarga turlicha tushgan bo‘lishi mumkin. Jadvaldan 
137
Cs ning chigitlarda to‘planishi miqdori uning tuproqdagi miqdoriga proporsionalligini ko‘rish 
mumkin, lekin chigitda to‘planishi tuproqdagi miqdoriga nisbatan 3-4 marta kichik. 
Tadqiqotlardan aniqlangan natijalar radionuklidlarning turli hududlar tuproqlarida qanday 
miqdorda tarqalganligi to‘g‘risida ma’lumot olishga imkon beradi. Tuproqlarda aniqlangan 
40
K, 
226
Ra, 
232
Th tabiiy radionuklidlarning solishtirma aktivliklari orasidagi farqning ahamiyatli darajada 
emasligi, yillar davomida tabiiy radionuklidlarning turli hududlar tuproqlarida deyarli bir xilda tabiiy 
ravishda tarqalganligidan dalolat beradi. Kaliy aktivligining turli hududlar tuproqlaridagi farqini 
ahamiyatli darajada deyish mumkin. Tuproqlarga kaliyli o‘g‘itlar bilan ishlov berish turlicha 
bo‘lganligidan deb fikrlash mumkin. Radionuklidlarning chigitlarda to‘planishi esa ularning 
tuproqdagi miqdoriga deyarli proporsional. 
Radionuklidlarning aniqlangan miqdori ularning xavfsiz deb belgilangan chegaraviy miqdoridan 
yuqori emas. 
Adabiyotlar: 
1. Азимов А.Н., Алибеков А., Базарбаев Н.Н., Муминов И.Т. и др. Радионуклиды в почвах 
адыров Каратюбинских гор. // Препринт АН РУз Институт Ядерной физики, Р-У-691 Ташкент, 
2010. – С.4-15. 
2. Перцов Л.А. Ионизирующие излучения биосферы. – Москва: Атомиздат, 1973. – С.25-27. 
3. Василенко И.Я. Биологическое действие продуктов ядерного деления. – Москва: Бином, 
2011. – С.50-54. 
4. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 10-tom. – Toshkent, 2012. – 220-225-b. 



Download 11,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish