Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr



Download 11,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/436
Sana22.02.2022
Hajmi11,09 Mb.
#80408
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   436
Bog'liq
Конференция - физика-PDFга

“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
 
358 
ENERGIYA TEJASH SAMARADORLIGI-XALQ FAROVONLIGINI TA’MINLAYDI 
 
M. Holdorov, B.Omonov. Farg’ona davlat universiteti 
Energiyani tejashning asosiy maqsadi-texnik jihatdan bajarish mumkin bo‘lgan, iqtisodiy 
asoslangan va sotsiologik hamda ekologik jihatdan qo‘llash mumkin bo‘lgan choralarni tadbiq qilish 
yo‘li bilan energiya resurslardan yanada samaraliroq foydalanishdir. Buning uchun tabiiy resurslar 
qazib olingandan iste’mol qilgunga qadar oraliqda yuqori energetik foydali ish koeffitsienti bilan 
ta’minlanishi kerak. 
Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarishni pasayishi, inqirozni 
kuchayishiga, aholining yashash sharoitini yomonlashuviga sabab bo‘ladi. SHuning uchun 
mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimov o‘zining «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, 
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli risolasida inqiroz ta’sirini 
kamaytirish yo‘llaridan biri, «Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada kuchaytirish, aholi 
farovonligini yuksaltirish ko‘p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va 
energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog‘liqdir» deb aytib o‘tgan [1, 2]. 
Iqtisodiy yuksalish har tomonlama energiya iste’mol qilishining o‘sishi bilan bog‘liqdir. 
Energiyaning narxi, energiyadan oxirgi stadiyada qanday foydalanishga bog‘liqdir. Narx belgilash 
energiyani tejashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi kerak. Energiya narxini quyidagi faktorlarga mos 
holda qarab chiqish zarur: yoqilg‘ini yonish issiqligi, shu bilan bir qatorda energetic resurslardan 
samarali foydalanishga harakat qilish lozim. Energiya narxini ko‘tarilishi, iste’molchilarni energiya 
bilan ta’minlash va energiya iste’mol qilishni birgalikda olib borish yo‘llarini axtarishni, yangi 
texnologik echimlarni axtarib topishni va ularni ishlab chiqarishga tadbiq qilishni taqazo qiladi.
Mamlakatlarning hukumatlari, bozor iqtisodiyoti mexanizmiga moslashishi va energiyadan 
samarali foydalanishni rag‘batlantirish choralarini qabul qilishlari o’z samarasini berishi horij 
davlatlarda kuzatilgan. Quyidagi tadbirlar ma’lum bir darajada energiya tejamkorligini ta’minlaydi: 

energiya isrofini kamaytirish; 

energiyani tejashga yo‘naltirilgan texnik echimlarni rag‘batlantirish; 

bir turdagi energiya resurslarini boshqa turdagi energiya turi bilan siqib 
chiqarilishi; 

energiyani ko‘p iste’mol qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni chegaralash (cheklash); 

energiya iste’mol qiluvchi qurilmalar uchun milliy standartlarni kuchga kiritish; 

noan’anaviy va boshqa energoresurslar to‘g‘risidagi ilmiy izlanishlarni mablag‘ bilan 
ta’minlash [3]. 
Elektr energiyasini tejash bo‘yicha qonunlar qabul qilish, o‘tkaziladigan tadbirlarni mablag‘ va 
soliq to‘lashdagi ba’zi imtiyozlar bilan rag‘batlantirish mumkin. Masalan, sanoat uchun ishlab 
chiqarishni tadbiq qilish lozim. Energiya iqtisod qiluvchi maishiy uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha 
tuzilgan dasturlarni rag‘batlantirishi lozim.
Kombinatsiyalashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi ishlarni olib borish zarur. 
Bu ishlar energiyani juda ko‘p tejash imkonini beradi. Sanoat korxonalaridan tashlanayotgan past 
temperaturali issiqlikni, ikkinchi marta markaziy isitish tizimlarida qo‘llashni kengaytirish lozim.
Dastlabki hisoblarga qaraganda, metallurgiyada 11 % ga yaqin, sellyulyuza qog‘oz sanoatida 4-
12 %, sopol va shisha mahsulotlari ishlab chiqarishda 8 %, alyuminiy ishlab chiqarishda esa 6 % 
energiyani tejash mumkin ekan. Transportning rivojlanishi neft mahsulotlariga juda bog‘liqdir. 
SHuning uchun transportdan energiyani iqtisod qilish bo‘yicha ko‘riladigan choralar, juda katta 
yoqilg‘ini tejashga olib keladi. Buning uchun mashinalarning yoqilg‘isining iqtisod qilish imkoniyatini 
oshirish va yoqilg‘i sarfini kamaytirish lozim. Katta miqdordagi energiya binolarda sarflanadi: isitish, 
issiq va sovuq suv uzatish, sun’iy iqlim yaratish va boshqalar. Qurilish sektorlariga, qurilish 
texnikasining yaxshilangan turlarini, energiya iqtisod qiluvchi binolar va jihozlarni qurish uchun 



Download 11,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish