Kerakli asboblar
:
Chinni havoncha, probirkalar
yoki kichik hajmli kolbalar, suv
hammomi, filtr qog‘ozi,byuretkalar.
Reaktivlar
:
natriy gidroksidning 0,2 n eritmasi, rux sulfatning 5% li eritmasi,
kaliy feritsianidning 0,005 n eritmasi, natriy karbonatning 0,1 n eritmasi (1,65 g
kaliy feritsianid, 10,6 g soda bilan 1l suvda eritiladi). Bu eritma rangli idishda uzoq
vaqt saqlanishi mumkin.
Murakkab aralashma (kaliy yodat, rux sulfat, natriy xlorid) rux sulfatdan 50 g va
natriy xloriddan 250 g olib 1
l
suvda eritiladi. Bu asosiy eritma vazifasini bajaradi.
Murakkab eritma tayyorlash uchun har kuni kaliy
yodatning asosiy eritmadagi
2,5% li eritmasi kerakli miqdorda tayyorlanadi, sirka kislota (3%li eritma),
kraxmal (1% li eritma), bu natriy xloridning to‘yingan eritmasida tayyorlanadi.
Giposul‘fit (0,005 n eritma), bu eritma ham har vaqt yangidan tayyorlanadi.
Buning uchun 0,1 n asosiy eritmadan foydalaniladi.
Ishning borishi:
.
O
’
simlik tarkibidan 1 gramm (quritilgan bo‘lsa 0,100 -
0,200 g) olib xovonchada 5-10 ml distillangan suv bilan bir xil massa hosil
bo‘lguncha eziladi. So‘ngra probirka yoki kichik hajmli kolbaga quyiladi.
Xovoncha 2-3 marta 3-5 ml distillangan suv bilan yuviladi va oldingi eritmaga
qo‘shiladi. Probirka yoki kolbadagi umumiy eritmaning hajmi 10-15
ml dan
oshmasligi kerak. Eruvchan uglevodorodlarni to‘liq ajratib olish uchun probirka
yoki kolba 70-80˚C suv hammomida 30 minut ushlanadi. 3 ml natriy gidroksidning
0,2 n eritmasidan va 2ml rux sulfitning 5% li eritmasidan qo‘shib 3 minut
davomida qaynatiladi. Natijada aralashmadagi oksidlar cho‘kmaga tushadi (rux
sulfat eritmasi har doim yangi tayyorlangan bo‘lishi kerak). Aralashma hajmi 50
ml li o‘lchov kolbaga filtirlanadi. Idish issiq suv bilan yuviladi va u ham
filtirlanadi.
Filtrat sovigach, uning umumiy miqdori distillangan suv bilan
chiziqqacha etkaziladi. Ikkita kolba olib, har biriga 2-5 ml filtratdan
(tekshirilayotgan material tarkibidagi shakar miqdoriga qarab) quyiladi.
Uning
ustiga 8 -11 ml suv quyib umumiy hajmi 13 ml ga etkaziladi. Uning ustiga 2 ml
kaliy ferrosianid eritmasi qo‘shiladi. Xuddi shu yo‘l bilan 2 ta nazorat kolba
tayyorlanadi. Bunda 13 ml distillangan suv ustiga 2 ml kaliy ferrosianid eritmasi
qo‘shiladi. Sungra kolbalar qaynab turgan suv hammomiga 15 minutcha
tushiriladi. Moddalar tekshirilayotgan o‘simlik materiali
tarkibidagi uglevodning
qaytarilish xususiyatiga asoslangan boshqa usullar kabi bu usulda ham qaynash
uchun ko‘rsatilgan vaqtga qat‘iy rioya qilish kerak.Vaqt tugagach kolbalar darxol
olinadi va sovuq suv yordamida sovitiladi. Sovigan eritma ustiga 3 ml murakkab
aralashmadan (
KI, ZnSO
4
,
NaCl
) va 2 ml sirka kislotaning 3% li eritmasidan
qo‘shiladi. Bunda ajralib chiqqan yod giposulfit eritmasi
yordamida sariq rang
hosil bo‘lguncha titrlanadi. So‘ngra arlashmalarga 2-3 tomchidan kraxmalning 1%
li eritmasidan qo‘shib, rangsiz holatga kelguncha titrlash davom ettiriladi. Titrlash
uchun sarflangan giposulfit miqdoriga qarab jadval bo‘yicha (ilovaga qarang)
glyukoza miqdori aniqlanadi.
Tajriba bo‘yicha topilgan sondan nazorat bo‘yicha topilgan sonning
ayirmasi, tekshirish uchun olingan eritma tarkibidagi qaytaruvchanlik xususiyatiga
ega bo‘lgan uglevodlar miqdorini beradi. Keyin tekshirish uchun olingan hajmdagi