Real gazning ichki energiyasi. Real gaz molekulalari bir-biri bilan o'zaro ta'sirlashadi va shuning uchun potensial energiyaga ham ega. Demak, real gazning ichki energiyasi molekulalarning potensial va kinetik energiyalari yig'indisiga teng:
U=Ep + Ek
Issiqlik uzatishda ichki energiyaning o'zgarishi. Sistemaning temperaturasini o'zgartirish bilan ichki energiyani o'zgartirish mumkin. Bu hollarda issiqlik almashish jarayonida ish bajarilmaydi, lekin uzatilgan Q issiqlik miqdori jismning ichki energiyasi o'zgarishiga teng:
Issiqlik miqdori ham ish va energiya kabi xalqaro birliklar sistemasida joullarda o'lchanadi.
Massasi m bo'lgan jismni (moddani) t1 , temperaturadan t2 temperaturagacha isitish uchun kerak bo'ladigan Q issiqlik miqdori quyidagicha hisoblanadi:
Q = cm(t2 - t1).
Bu yerda c — modda tarkibiga bog'liq bo'lgan koeffitsiyent bo'lib, solishtirma issiqlik sig'imi deb ataladi. t1—jismning boshlang'ich temperaturasi, t2 —jismning oxirgi temperaturasi, m—jism massasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |