Fizika 9-sinf ii-chorak



Download 0,59 Mb.
bet3/24
Sana23.06.2021
Hajmi0,59 Mb.
#99891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
2-chorak konspekt 9-sinf

Ichki energiya. Ichki energiya tushunchasi dastlab VI sinf fizika kursida kiritilgan edi. Unda molekulalarning harakati va o'zaro ta'sirini ichki energiya xarakterlaydi, deb qayd qilingan edi. Biz endi bilamizki, harakatdagi har qanday jismning kinetik energiyasi bo'lganidek, molekulalarning ham kinetik energiyasi bo'ladi. Jismning moiekulalari o'zaro ta'sir kuchlari bilan bog'langandir. Gazlarda molekulalar kuchsizroq, suyuqliklarda va qattiq jismlarda juda kuchli bog'langandir. Shuning uchun molekulalarning bir-biriga nisbatan joylashuviga bog'liq bo'lgan potensial energiyasi ham bo'ladi.

Jismni tashkil qilgan molekulalar xaotik harakatining kinetik energiyasi bilan ularning o'zaro ta'sir potensial energiyalarining yig'indisi jismning ichki energiyasini tashkil qiladi.

Jismning ichki energiyasi o'zgarib turishi mumkin. Masalan, temperatura ko'tarilganda jismning ichki energiyasi ortadi; chunki shu jism molekulalarining o'rtacha kinetik energiyasi ortadi. Temperatura pasayganda esa jismning ichki energiyasi kamayadi.

Jismning holati o'zgarganda uning ichki energiyasi ham o'zgaradi. Agar harakat qilayotgan jism ishqalanish kuchini yengib ish bajarsa, uning mexanik energiyasi kamayib, ichiki energiya ortadi, shu bilan birga jismning holati ham o'zgaradi. Ishqalanganda jismlar ichki energiyasi ortib isiydi, hatto bir agregat holatdan ikkinchisiga o'tishi ham mumkin, (Masalan, bir-biriga ishqalangan muz parchalari erib, suvga aylanadi). Demak, ish bajarish jarayonida jismning ichki energiyasi o'zgaradi.

Jismning ichki energiyasini boshqa yo'llar bilan ham o'zgartirish mumkin. Uydagi havo boshqa buyumlar hisobidan isiydi, molekulalarining kinetik energiyasi ko'paygani uchun ichki energiyasi ortadi. Ammo bunda ish bajarilmaydi. Demak, ichki energiyaning o'zgarishi faqat ish bajarilishidagina emas, balki turli issiqlik jarayonlarida ham ro'y berishi mumkin ekan.

Jism ichki energiyasining hech qanday ish bajarilmasdan o'zgarish jarayoni issiqlik uzatish deb ataladi.

Issiqlik uzatish jismlar bevosita bir-biriga tekkanda, bir-biridan ma'lum bir uzoqlikda bo'lganda (buyumlarning pechka, radiator, Quyoshdan isishida) ham ro'y beradi.




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish