Formulasi:
|
Yechilishi :
|
Topish kerak :
|
bundan:
|
|
Javob: .
20.2-masala. Suv yuziga 600 li burchak hosil qilib tushayotgan quyosh nurlarining sinish burchagi qancha bo'ladi?
Berilishi :
|
Formulasi:
|
Yechilishi :
|
Topish kerak :
|
bundan:
|
|
Javob:
20.3-masala. 600 burchak bilan tushayotgan nur shishadan havoga 300 burchak ostida sinib o'tadi. Shishaning nur sindirish ko'rsatkichini aniqlang.
;
.
Berilishi :
|
Formulasi:
|
Yechilishi :
|
Topish kerak :
n-?
|
|
|
Javob: n = 1,7 .
Tasdiqlayman:__________O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
9-AB sinflar fizika ___.____.2013___yil
SHISHANING NUR SINDIRISH KO'RSATKICHINI ANIQLASH
Kerakli asboblar: Ikki tomoni parallel,qalinligi 1 sm atrofida bo'lgan shisha plastina, ignalar, oq qog'oz, penoplast, ixtiyoriy yorug'lik manbai, chizg'ich.
Ishni bajarish tartibi:
1) Oq qog'ozga shisha plastinani qo'yib parallel tomonlari chizib olinadi.
2) Shishani qog'oz bilan birgalikda penoplast ustiga qo'yiladi.Shishaga taqalgan holda,parallel tomonlarga 2 ta igna qadaladi ( 1 va 2 ignalar ).
3) Penoplastni shisha bilan birgalikda ko'tarib shisha qalinligi orqali yorug'lik manbaiga qaraladi.Shisha plastinadan taxminan 2-3 sm uzoqlikda 3 va 4 ignalarni shisha orqali qaralganda ustma-ust tushadigan qilib qadaladi ( 57-rasm ).
4) Shisha ostidagi qog'ozni olib, unda quyidagicha chiziqlar o'tkaziladi ( 58-rasm ).
5) Nur sindirish ko'rsatkichini
(1)
formula bilan aniqlanishini hisobga olib va hisoblanadi. Buning uchun CB, AC, GF, FD, ED , AL va AD lar millimetrli chizg'ich yordamida o'lchanadi.
6) Tajribani 3 marta turli tushish burchaklari uchun takrorlanadi va mos ravishda nur sindirish ko'rsatkichlarini (1) formula yordamida hisoblanadi.
7) Olingan natijaning absolyut va nisbiy xatoligi topiladi.Buning uchun sindirish ko'rsatkichlarining o'rtacha qiymati hisoblanadi:
Absolyut xatoliklarni topish uchun , nisbiy xatoliklarni topish
uchun esa formulalardan foydalanamiz. Bu yerda N - o'lchashlar soni.
8) Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.
|
CB
|
AC
|
GF
|
FD
|
ED
|
AL
|
AD
|
n
|
n
|
|
1.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tekshirish uchun savollar:
1. Yorug'likning sinish qonunini ta'riflab bering .
2. Nur sindirish ko'rsatkichi tushish burchagiga bog'liqmi?
3. Sinish burchagi shisha qalinligiga qanday bog'liq?
4. Nur sindirish ko'rsatkichining fizik ma'nosini tushuntiring.
5. Nur sindirish ko'rsatkichi qanday parametrlarga bog'liq ?
Tasdiqlayman:__________O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
9-AB sinflar fizika ___.____.2013___yil
QAVARIQ VA BOTIQ LINZALAR.LINZANING FOKUS MASOFASI VA OPTIK KUCHI
Darsning maqsadi:
— o‘quvchilarni qavariq va botiq linzalar bilan tanishtirish;
— bosh optik o‘q haqida tushuncha berish;
— yupqa linza formulasini topish;
— linzaning fokus masofasini topish;
— linzaning optik kuchini aniqlash.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 9-sinf “Fizika” darsligi.
2. Qavariq va botiq linzalar, chizg‘ich.
3. Doska, bo‘r, qog‘oz, flomasterlar.
Tarqatma materiallar:
— ilgarigi darslarda o‘rganilgan asosiy tushunchalar va formula, birliklar yozilgan kartochkalar.
Darsning asosiy tushuncha va atamalari:
— linza haqida tushuncha;
— qavariq va botiq linzada tasvir hosil qilishni o‘rganish;
— fokus masofa;
— linzaning optik kuchi;
— linzaning kattalashtirilishi.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2.
|
O`rganilgan materialni takrorlash
|
8 minut
|
3.
|
Tajribalar o`tkazish
|
10 minut
|
4.
|
Matn ustida guruhlar bilan ishlash
|
10 minut
|
5.
|
«Aqliy hujum» usuli bilan suvli sellofan linza sifatida foydalanish
|
10 minut
|
6.
|
Yakunlar chiqarish
|
3 minut
|
7.
|
Uyga topshiriqlar
|
2 minut
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy ishlar.
Darsning mazmuni:
1. Qavariq linza nima uchun nurni yig‘adi?
2. Botiq linza nima uchun nurni tarqatadi?
3. Linzalarning fokusi nechta bo‘ladi?
4. Optik kuchning birligi.
II. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash.
1. O‘qituvchining kirish so‘zi.
2. Uyga topshiriqlarni tekshirish avvalgi darsda o‘rganilgan mavzu masalalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tez so‘rab baholash uchun namunaviy savollar:
— Yorug‘likning qaytish qonunining ta'rifi qanday?
— Yorug‘likning sinish qonunidagi ta'riflar?
— Nur sindirish ko‘rsatkichi deb nimaga aytiladi?
— Absolyut nur sindirish ko‘rsatkichining formulasi qanday?
— Tushish burchagi kattami, sinish burchagi kattami?
— To‘la ichki qaytish hodisalari qayerlarda ishlatiladi? Sarob nima?
Dars boshlanishida qavariq va botiq linzalar ko‘rsatiladi. Linzalar bo‘lmasa, bir dars oldidan o‘quvchilarga murojaat qilib, uydagilarga kerak bo‘lmasdan qolgan ko‘zoynaklardan olib kelish tavsiya qilinadi.
Ko‘zoynaklarning uzoqdan ko‘rarlilari sochuvchi (botiq), yaqindan ko‘rarlilari yig‘uvchi (qavariq) bo‘ladi. Ulardan foydalanib, tajribalar ko‘rsatiladi. Darslikda ko‘rsatilganidek, fokus masofalari topiladi. Bunda bir nechta linza bo‘lsa, o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, mustaqil tajribalar o‘tkazish tavsiya qilinadi. Tajriba natijalaridan xulosalar chiqariladi.
Ma'lumki linzaning fokus masofasi
bilan aniqlanadi.
Bunga ishonch hosil qilish uchun yupqa oq shaffof sellofan xalta olinadi va unga toza distillangan suv quyiladi. Bu sistema linza vazifasini o‘tay oladi. Xaltani yalpaytirib, taranglashtirib, fokus masofasini turlicha bo‘lishini ko‘rsatish mumkin. Guruhlarda “aqliy hujum” usuli bilan nima sababdan fokus masofasi o‘zgarishi sabablari topiladi. Tajribani suvda tuz yoki shakar eritib takrorlash mumkin. Bunday tajribani uyda bajarib ko‘rishni o‘quvchilarga tavsiya etish mumkin.
Sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga linza deyiladi.
Linzaning bir tomoni tekis bo'lishi ham mumkin. Tekislikni radiusi cheksizlikka teng bo'lgan sferik sirt deyish mumkin. Linzaning o'rta qismi chetki qismlariga nisbatan qalin bo'lsa — qavariq, ingichka bo'lsa — botiq deyiladi. 38-rasmda turli linzalar va ularning sxematik belgilanishi keltirilgan.
Sferik sirtlarning O1 va O2 markazlari orqali o'tuvchi O1 O2 to'g'ri chiziq linzaning bosh optik o'qi deyiladi (39-rasm). Linzaning o'rta qismiga joylashgan O nuqta uning optik markazi deyiladi. Linza orqali o'tuvchi nurlar yo'nalishiga qarab, linzalar yig'uvchi va sochuvchi linzalarga bo'linadi.
Qavariq linzaga parallel nurlar dastasini yuboraylik (40-rasm). Linza ortiga qo'yilgan ekranni siljitib, unda yorug'lik bir nuqtaga to'plangan holatga keltiramiz (40-a rasm).
Ana shu yig'uvchi nuqta linzaning bosh fokusi deyiladi. Qavariq o'rniga botiq linza qo'yilsa, ekranni qancha siljitmaylik nurlarni to'play olmaymiz..
Demak, qavariq linza nurlarni yig'adi, botiq linza esa nurlarni sochadi. Sochuvchi linzadan o'tgan nurlarni teskari tomonga davom ettirilsa, ular optik o'qda yotgan bir nuqtada kesishadi. Bu nuqta linzaning mavhum fokusi deyiladi (40-b rasm). Linzalar ikkita fokusga ega bo'lib, bir jinsli muhitda bu fokuslar linzaning ikki tomonida bo'ladi. Optik markazdan fokusigacha bo'lgan F masofa linzaning fokus masofasi deyiladi. Fokus orqali optik o'qqa perpendikulyar o'tgan tekislik linzaning fokal tekisligi deyiladi.
Fokus masofasiga teskari bo'lgan D kattalik linzaning optik kuchi deyiladi: dioptriya (dptr). Yig'uvchi linzalarda optik kuchi musbat, sochuvchi linzalarda manfiy bo'ladi.
Linzaning fokus masofasi nimalarga bog'liq?
Ma'lumki, nur ikki muhit chegarasidan o'tganda, sinish burchagi nisbiy nur sindirish ko'rsatkichiga bog'liq. Ikkinchidan, sinish burchagi tushish burchagiga ham bog'liq. Demak, linzaning fokus masofasi linza yasalgan moddaning nisbiy nur sindirish ko'rsatkichi n21ga hamda linza sferik sirtlarining egrilik radiuslari R1va R2ga bog'liq bo'lar ekan:
III. Dars yakunlarini chiqarish. Baholar qo‘yish.
IV. Uyga topshiriqlar.
1. Paragraf savollariga javoblar tayyorlash.
2. Quyidagi masalani ishlab kelish taklif etiladi.
Masala. Agar ikki tomoni qavariq linzadan 12 sm uzoqlikda joylashtirilgan buyumning tasviri linzadan 24 sm uzoqlikda hosil bo‘lsa, uning optik kuchi va fokus oralig‘i qanday bo‘ladi?
Tasdiqlayman:__________O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
9-AB sinflar fizika ___.____.2013___yil
LINZALARDA TASVIR YASASH
Yig'uvchi linzalarda hosil bo'lgan tasvirlar. Tajriba uchun elektr lampochkasi, qavariq linza, ekran va o'lchov chizg'ichi kerak bo'ladi. Ularni 41-rasmda ko'rsatilganidek joylashtiriladi.
Linzani ekran va lampa oralig'ida surib ekranda lampochka cho'g'lanish tolasining kattalashgan, aniq tasviri olinadi. Lampochkadan linzagacha bo'lgan masofa d1 va linzadan ekrangacha bo'lgan masofa f1 , o'lchanadi. So'ngra linzani yana surib, cho'g'lanish tolasining ekrandagi kichiklashgan, aniq tasviri olinadi. Bunda d2 va f2 o'lchab olinadi.
Linzaning yarmini yorug'likni to'sadigan biror narsa bilan berkitaylik. Bunda
ekrandagi tasvirning faqat ravshanligi ikki barobar kamayib, tasvir o'lchami o'zgarmaganligini ko'ramiz.
Xulosa. Qavariq linza yordamida buyumning kattalashgan yoki kichiklashgan aniq tasvirini olish mumkin ekan. Uning bu xususiyatidan ko'pgina optik asboblar — proyeksion apparat, lupa, ko'zoynak, mikroskop, teleskop va h.k. larda foydalaniladi.
Linzada tasvir hosil qilish 42-rasmda keltirilgan.
Undan ko'rinadiki, tasvir hosil qilish uchun har bir nuqtadan (masalan, buyumdagi A va B nuqtadan) ikki nurni o'tkazish kifoya. Birinchisini linza markazidan o'tkazilsa, ikkinchisini bosh optik o'qqa parallel holda yuboriladi. Linza markazidan o'tgan nur sinmasdan o'tadi. Bosh optik o'qqa parallel ketgan nur linzadan o'tib, uning fokusi orqali o'tadi. Ikkala nur kesishadigan nuqtada ko'rilayotgan nuqtaning tasviri hosil bo'ladi.
Bosh optik o'qda joylashgan buyumlarning tasvirlari. Buyumning qavariq va botiq linzadan turli uzoqlikda joylashganda qanday tasvirlar hosil bo'lishini ko'rib chiqamiz.43-a rasmda buyum linzadan d>2F masofada ,ya'ni 2F va 3F oralig'ida joylashtirilgan.Bunda haqiqiy, kichiklashtirilgan va to'nkarilgan tasvir hosil bo'lar ekan. Buyum d=2F masofada (2F ning o'zida) joylashtirilsa, haqiqiy, teskari va teng tasvir hosil bo'ladi. Agar buyum linzaning fokusi F va ikkilangan fokusi 2F oralig'ida joylashtirilsa, haqiqiy, teskari va kattalashgan tasvir hosil bo'ladi. Fokusning o'zida joylashtirilganda esa tasvir hosil bo'lmaydi, chunki ikkita bir-biriga parallel bo'lgan nurlar hosil bo'ladi.Ular esa hech qachon kesishmaydi.
43-b rasmda buyum d
Endi botiq linza hosil qiladigan tasvirlarni ko'rib chiqamiz.Botiq linzada buyum qayerga joylashtirilishidan qat'iy nazar uning tasviri to'g'ri, kichiklashgan va mavhum bo'ladi (44-rasm).
Eksperimental topshiriqda buyumning aniq kattalashgan yoki kichiklashgan tasviri d1 va f1 yoki d2 va f2 ning ma'lum bir qiymatlarida hosil bo'lishini ko'rdingiz.
Bu masofalar linzaning fokus masofasi bilan linza formulasi deb ataluvchi quyidagicha munosabatda bo'ladi:
Formulada F ning qiymati yig'uvchi linza uchun musbat, sochuvchi linza uchun manfiy olinadi.
Buyum va uning linzadagi tasvirining o'lchamlari odatda bir-biriga teng bo'lmaydi.
Tasvir chiziqli o'lchamlarining buyum chiziqli o'lchamlariga nisbati chiziqli kattalashtirish deyiladi:
44-rasmdagi OA'B' va OAB uchburchaklarning o'xshashligidan kelib chiqadi.
SAVOLLAR
1. Linza nima va uning qanday turlari mavjud ?
2..Linza formulasini yozib ko'rsating,
3. Qanday linzalarning fokus masofasi manfiy qiymatga ega?
4. Linzaning chiziqli kattalashtirishi deyilganda nima tushuniladi?
5. Buyum botiq linza fokusi va linza oralig'iga qo'yilgan bo'lsa tasvir qanday bo'ladi?
Tasdiqlayman:__________O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
9-AB sinflar fizika ___.____.2013___yil
OPTIK ASBOBLAR VA ULARNING QO'LLANILISHI.KO'Z OPTIK ASBOB SIFATIDA.KO'ZOYNAK
Darsning maqsadi:
— o‘quvchilarni optik asboblar bilan tanishtirish;
— optik asboblarning tuzilishini tushuntirish;
— optik asboblarni texnika va turmushda qo‘llanishi haqida ma'lumot berish;
— ko‘z optik asbob sifatida ishlashi.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 9-sinf “Fizika” darsligi.
2. Lupa, fotoapparat, proyeksion apparat grafoproyektor, mikroskop.
3. Optik asboblarning tuzilishi haqidagi plakatlar.
Tarqatma material:
— ilgari o‘tilgan va darsda o‘rganiladigan asosiy tushunchalar va atamalar yozilgan kartochkalar.
Darsning asosiy tushuncha va atamalari:
— fotoapparat;
— proyeksion apparat;
— kodoskop;
— mikroskop;
— ko‘z;
— ko‘zoynak.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2.
|
O`rganilgan materialni takrorlash
|
10 minut
|
3.
|
Matn bilan ishlash
|
8 minut
|
4.
|
Optik asboblarning tuzilishi va ishlashi yuzasidan konferensiya o'tkazish
|
20 minut
|
5.
|
Yakunlar chiqarish
|
3 minut
|
6.
|
Uyga topshiriqlar. Har bir optik asbob uchun «sinkveyn» yozish
|
2 minut
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy ishlar.
Darsning mazmuni:
1. Lupa haqida.
2. Fotoapparatning tuzilishi va ishlashi.
3. Proyeksion apparat va grafoproyektorning tuzilishi va ishlashi.
4. Ko‘z tuzilishi.
II. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash.
1. O‘qituvchining kirish so‘zi.
2. Uyga topshiriqlarni tekshirish avvalgi darsda o‘rganilgan mavzu masalalari yuzasidan suhbatlashuv shaklida o‘tkaziladi.
Tez so‘rab bilishni o‘tkazish uchun namunaviy savollar:
— Optik asboblarning qaysi birida qanday linzalar ishlatiladi?
— Fotoapparatda tasvir qanday hosil bo‘ladi?
— Lupa ham optik asboblarga kiradimi? Unda tasvir qanday bo‘ladi?
— Proyeksion apparat bilan grafoproyektorning farqi nimada?
— Proyeksion apparat bilan grafoproyektorning ichki tuzilishini taqqoslang.
3. O‘rganilgan materialni mustahkamlash maqsadida o‘qituvchi kichik konferensiya o‘tkazishi mumkin. Bunda oldin chiqqan, keyin chiqqan va hozirgi paytdagi fotoapparatlar, ko‘z nuqsonlari paydo bo‘lishi va uning oldini olish haqida o‘quvchilar ilmiy ijodiy fikr aytadilar.
1. Lupa. Lupa yig'uvchi linzadan iborat bo'lib, uning vazifasi ko'rish burchagini orttirib berishdir. Shu maqsadda qisqa fokusli qavariq linza ishlatiladi.
45-a rasmdan ko'rish burchagi katta bo'lsa, ko'zda hosil bo'ladigan tasvir ham katta bo'lishini ko'rish mumkin. Ko'rish burchagi kichik bo'lganda chiziqli kattalashtirishni, ko'rish burchagini kattalashtirishga teng deb olish mumkin:
Shunga ko'ra, lupa ishlatilganda uni ko'zga yaqinroq joylashtirilib, buyum uning fokal tekisligiga qo'yiladi. Bu holda ob'yektning istalgan nuqtasidan chiqqan nurlar lupadan o'tib ko'zda aniq tasvirni hosil qiladi (45 -b rasm).
45-rasm.
Lupaning kattalashtirishi
bu yerda D0 — aniq ko'rish masofasi (normal ko'z uchun 25 sm), F - lupaning fokus masofasi.
2. Proyeksion apparatlar. Proyeksion apparatlar buyumni ekranga kattalashtirib beruvchi asboblardir. Buyumning shaffof rasmlari tushirilgan diapozitivlarni kattalashtiradigan proyeksion apparatlar diaskop (yunoncha dia — shaffof), shaffofmas rasmlarni kattalashtiradigan proyeksion apparatlar episkop (yunoncha epi — shaffofmas) deyiladi. Ham shaffof, ham shaffofmas rasmlarni kattalashtira oladigan proyeksion apparatlar epidiaskop deyiladi.
46-rasm.
46-rasmda diaskopning tuzilishi keltirilgan. Diaskopning asosiy qismi linzalar (2) hisoblanadi. 1 yorug'lik manbaidan chiqqan yorug'lik (2) linzalar sistemasi orqasi (3) slaydaga tushadi. Slayda va (2) ob'yektiv orasidagi masofa F ga teng qilib olinib ekranda kattalashgan tasvir (4) hosil bo'ladi. U holda diaskopning kattalashtirishi bo'ladi.
3. Fotoapparat. Fotoapparatning asosiy qismi (1) ob'yektiv va (2) kameradan iborat (47-rasm). Tasvir (4) kameraning orqa tomonida to'nkarilgan, haqiqiy va kichraygan holda hosil bo'ladi. Kameraning shu joyiga fotoplyonka joylashtiriladi.
4. Mikroskop. Mikroskop yaqin joylashgan juda mayda ob'yektlarni ko'rishga mo'ljallangan. Unda ikkita linza qo'yilib, biri okulyar (1) , ikkinchisini ob'yektiv (2) deyiladi (48-rasm). Mikroskopning kattalashtirishi
bunda h — ob'yektiv va okulyar orasidagi masofa, D0 - eng yaxshi ko'rish masofasi
47-rasm.
(D0=25 sm). F1 va F2 — ob'yektiv va okulyarning fokus masofalari. Amalda yorug'lik difraksiyasi tufayli mikroskopning kattalashtirishi 2500—3000 dan ortmaydi.
48-rasm.
5. Grafoproyektor. Shaffor plyonkaga tushirilgan yozuv, chizma va rasmlarni kattalashtirib ekranga tushiradigan optik asbobga grafoproyektor (grek. grapho — yozaman; lat. proyektor — oldinga otuvchi) deyiladi. Grafoproyektor ishlashi uchun xonani qorong'ulatishning hojati yo'q. Grafoproektorning ishlash prinsipi 49-rasmda keltirilgan. Yorug'lik manbaidan chiqqan barcha yorug'lik oqimi, maxsus linzalar to'plami — kondensorga botiq ko'zgu yordamida yo'naltiriladi.
49-rasm.
Kondensor ustiga shaffof plyonka qo'yiladi. Undan o'tgan yorug'lik ob'yektivning birinchi linzasi orqali yassi ko'zgudan qaytib, ob'yektiv ikkinchi linzasi orqali ekranga tushiriladi. Ekranda plyonkadagi rasmning kattalashgan tasviri ko'rinadi.
III. Dars yakunlarini chiqarish. Baholar qo‘yish.
IV. Uyga topshiriqlar.
1. Har bir optik asbob uchun “sinkveyn” yozish.
2. Boshqa optik asboblarni qidirib topish.
Tasdiqlayman:__________O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
9-AB sinflar fizika ___.____.2013___yil
OPTIK ASBOBLAR VA ULARNING QO'LLANILISHI.KO'Z OPTIK ASBOB SIFATIDA.KO'ZOYNAK
Darsning maqsadi:
— o‘quvchilarni optik asboblar bilan tanishtirish;
— optik asboblarning tuzilishini tushuntirish;
— optik asboblarni texnika va turmushda qo‘llanishi haqida ma'lumot berish;
— ko‘z optik asbob sifatida ishlashi.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 9-sinf “Fizika” darsligi.
2. Lupa, fotoapparat, proyeksion apparat grafoproyektor, mikroskop.
3. Optik asboblarning tuzilishi haqidagi plakatlar.
Tarqatma material:
— ilgari o‘tilgan va darsda o‘rganiladigan asosiy tushunchalar va atamalar yozilgan kartochkalar.
Darsning asosiy tushuncha va atamalari:
— fotoapparat;
— proyeksion apparat;
— kodoskop;
— mikroskop;
— ko‘z;
— ko‘zoynak.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2.
|
O`rganilgan materialni takrorlash
|
10 minut
|
3.
|
Matn bilan ishlash
|
8 minut
|
4.
|
Optik asboblarning tuzilishi va ishlashi yuzasidan konferensiya o'tkazish
|
20 minut
|
5.
|
Yakunlar chiqarish
|
3 minut
|
6.
|
Uyga topshiriqlar. Har bir optik asbob uchun «sinkveyn» yozish
|
2 minut
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy ishlar.
Darsning mazmuni:
1. Lupa haqida.
2. Fotoapparatning tuzilishi va ishlashi.
3. Proyeksion apparat va grafoproyektorning tuzilishi va ishlashi.
4. Ko‘z tuzilishi.
II. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash.
1. O‘qituvchining kirish so‘zi.
2. Uyga topshiriqlarni tekshirish avvalgi darsda o‘rganilgan mavzu masalalari yuzasidan suhbatlashuv shaklida o‘tkaziladi.
Tez so‘rab bilishni o‘tkazish uchun namunaviy savollar:
— Optik asboblarning qaysi birida qanday linzalar ishlatiladi?
— Fotoapparatda tasvir qanday hosil bo‘ladi?
— Lupa ham optik asboblarga kiradimi? Unda tasvir qanday bo‘ladi?
— Proyeksion apparat bilan grafoproyektorning farqi nimada?
— Proyeksion apparat bilan grafoproyektorning ichki tuzilishini taqqoslang.
3. O‘rganilgan materialni mustahkamlash maqsadida o‘qituvchi kichik konferensiya o‘tkazishi mumkin. Bunda oldin chiqqan, keyin chiqqan va hozirgi paytdagi fotoapparatlar, ko‘z nuqsonlari paydo bo‘lishi va uning oldini olish haqida o‘quvchilar ilmiy ijodiy fikr aytadilar.
Inson ko'zining umumiy tuzilishi 50-rasmda keltirilgan. Narsa va buyumlardan qaytgan yorug'lik gavhardan o'tib, to'r pardaga tushadi. To'r pardada buyumning haqiqiy, kichraygan va teskari tasviri hosil bo'ladi. To'r pardada tayoqchalar va kolbachalar deb ataluvchi ko'rish nerv tolalari bo'ladi. Tayoqchalar tushgan yorug'likka mos signallarni bosh miyaning tegishli qismiga yuboradi. Kolbachalar esa yorug'likning rangi haqidagi signalni beradi.
50-rasm.
1— himoya qobiq; 2—shoh parda; 3-suvsimon suyuqlik; 4— qorachiq;
5—gavhar; 6—to'r parda; 7— shishasimon jism.
Ko'z faqat yorug'likni qabul qiladi, xolos. Tasvirni tasavvur qilish esa bosh miyada ro'y beradi. Shu sababli biz buyumlarning to'g'ri, kichraymagan holdagi tasviriga ega bo'lamiz. Lekin bu tasvir yorug'lik ko'zga tushgan zahoti hosil bo'lmasdan, bir oz kechikib hosil bo'ladi. To'r pardada tasvir yo'qolganda, miya uni yana 0,14 s davomida eslab turadi. Shu eslash tufayli biz kino, televizor ko'ra olamiz. Nega deganda kinolentada faqat harakatsiz kadrlar bo'ladi. Bu kadrlarda tasvirning har s davomidagi holati aks ettirilgan bo'ladi. Kadrlar tez o'tkazilganda unda harakatlanayotgan tasvirni ko'ramiz.
Bloknot yoki daftar olib, uning har bir varag'iga ko'tarilayotgan qo'lning ketma-ket holatini chizing. So'ngra bloknotni tez varaqlang. Bunda qo 'lning harakatini ko'rasiz.
Bu sizning birinchi yaratgan multfilmingiz bo'ladi. Ko'zdan turli uzoqlikda joylashgan buyumlarni aniqroq ko'rish uchun maxsus muskullar ko'z gavharining egrilik radiusini bir oz o'zgartiradi. Bunga ko'z akkomadatsiyasi deyiladi.
Inson dunyoni ikkita ko'z bilan ko'radi. Bu esa narsa, buyumlarni hajmiy holatda, o'lchamlarini his qilgan holatda ko'rishga imkon beradi. Qaralayotgan jismni aniq ko'rish nimalarga bog'liq? Uzoqda joylashgan bog'larga, uylarga qarasak, daraxtlarning alohida shoxlari, osmonga qarasak, hamma yulduzlar kichkina ko'rinadi. Oy esa ancha katta. Aslida esa yulduzlarning o'lchami, Oynikiga qaraganda haddan tashqari katta. Demak, aniq ko'rish uchun buyumlar ko'zga yaqin turishi kerak ekan.
Kaftingizni ochib qo'lingizni cho'zing va undagi chiziqlarga qarang. So'ngra uni ko'zingizga yaqinlashtira boshlang. Shunda kaftingiz va ko'z orasidagi masofa 10—15 sm dan kamayganda chiziqlar xiraroq ko'ringanini sezasiz.
Demak, buyumlarni aniq ko'rish uchun buyum ko'zdan ma'lum uzoqlikda bo'lishi kerak. Bu masofa normal ko'z uchun L=25 sm ga teng.
Ko'z tuzilishi bilan bog'liq kasalliklar mavjud.
Yaqindan ko'rarlik. Bu kasallik gavhari nurlarni to'r pardaga emas, balki
51-rasm.
uning old qismiga yig'ganda hosil bo'ladi. Tasvir to'r pardada hosil bo'lishi uchun buyumni ko'zga yaqinlashtirish kerak. Shuning uchun, yaqindan ko'rarlik deyiladi. To'r parda oldida hosil bo'lgan tasvir AA' ko'rinishida xira bo'ladi (51-a rasm). Bunday odamlar sochuvchi linzali ko'zoynak taqadi (51-b rasm). Natijada nurlar to'r pardada to'planadi.
Uzoqdan ko'rarlik. Ko'z gavhari nurlarni to'r pardada toplashi uchun buyumni ko'zdan uzoqlashtirish kerak. Shuning uchun uzoqdan ko'rarlik deyiladi. Bu holda ko'z gavhari nurlarni to'r parda orqasiga to'playdi (52-a rasm). Nuqsonni tuzatish uchun yig'uvchi linzali ko'zoynak taqiladi (52-b rasm).
M a s a l a. Uzoqdan ko'rarlik ko'zga ega bo'lgan odam kitobni 50 sm masofada tutib yaxshi o'qiy oladi. U optik kuchi qanday bo'lgan ko'zoynak taqishi kerak? Normal ko'zning yaxshi ko'rish masofasi L0=0,25 m.
Yechish. Odam ko'zoynak orqali L0 masofada joylashgan buyumga qaraganda, ko'zdan l uzoqlikda mavhum tasvirini ko'radi. Ko'z va ko'zoynak orasidagi masofani hisobga olmasdan, linza formulasidan foydalansak bundan
52-rasm.
Tiniq suvda cho'milganingizda suv ostida ko'zingizni ochib suv o'tlari, toshlarga qaragan bo'lishingiz mumkin. Bunda buyumlar xira ko'rinadi. Negaki, ko'zdagi suyuqlik va suvning nur sindirish ko'rsatkichlari bir-biriga yaqin bo'lganligidan nur shoh pardadan o'tgach, sinmasdan to'g'ri o'tib ketadi. Suv ostida biz uzoqdan ko'rarlik ahvolga tushib qolamiz. Suv tagida aniq ko'rish uchun ko'z va suv oralig'ida havo qatlami hosil qilish kerak. Bunga akvalanglar taqadigan maska yoki skafandr shlemi orqali erishiladi.
III. Dars yakunlarini chiqarish. Baholar qo‘yish.
IV. Uyga topshiriqlar.
1. Har bir optik asbob uchun “sinkveyn” yozish.
2. Boshqa optik asboblarni qidirib topish.
Tasdiqlayman:__________O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
9-AB sinflar fizika ___.____.2013___yil
Mavzu: MSNI-4
Maqsad: O’quvchilarning olgan bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash.
Tasdiqlayman:__________O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
9-AB sinflar fizika ___.____.2013___yil
YORUG'LIK TO'LQINI.YORUG'LIKNING TO'LQIN UZUNLIGI.YORUG'LIK TEZLIGINI ANIQLASH
Darsning maqsadi:
— o‘quvchilarni to‘lqin tushunchasi bilan tanishtirish;
— yorug‘lik to‘lqin uzunligining formulasini chiqarish;
— yorug‘lik tezligini o‘lchash usullari bilan tanishtirish.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 9-sinf “Fizika” darsligi.
2. Uch yoqli prizma, ekran, yorug‘lik manbai.
3. Nurlarning to‘lqin uzunliklari va rangdorligi haqidagi jadval.
4. Fizo tajribasining plakati.
Darsning asosiy tushunchalari va atamalari:
— to‘lqin;
— yorug‘lik to‘lqini;
— yorug‘likning to‘lqin uzunligi;
— yorug‘lik tezligi.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2.
|
Guruhlarda ishlash. «Aqliy hujum»
|
10 minut
|
3.
|
O'qituvchining suhbati
|
7 minut
|
4.
|
Guruhlarda ishlash
|
20 minut
|
5.
|
Yakunlar chiqarish
|
3 minut
|
6.
|
Uyga topshiriqlar
|
2 minut
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy ishlar.
Darsning mazmuni:
1. Mexanik to‘lqin, tovush to‘lqinlarini yorug‘lik to‘lqini bilan bog‘lash.
2. Mexanik to‘lqinlarning parametrlarini yodga tushirish va uni tatbiq etish.
3. Yorug‘lik tezligini aniqlash usuli bilan tanishtirish.
II. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash.
1. Guruhlarda ishlash. Besh guruhga bo‘lingan o‘quvchilar “aqliy hujum” uslubidan foydalangan holda “Mexanik to‘lqinlarning asosiy parametrlarini eslaydilar va ularni yorug‘lik to‘lqiniga tatbiqi haqida variantlarini taklif etadilar.
2. Yorug‘lik to‘lqini va uning uzunligini darslik matnidan o‘rganish.
Tez so‘rab bilish uchun namunaviy savollar:
— Yorug‘lik tezligini aniqlashda qaysi olimlar tajriba olib bordilar?
— Fizo yorug‘lik tezligini aniqlashda qanday asboblardan foydalandi?
— Yorug‘lik tezligining qiymati qancha?
— Bundan katta tezlik bo‘lishi mumkinmi?
Yorug'likning tezligini birinchi marta 1676-yilda daniyalik olim O. Ryomer astronomik usul bilan o'lchagan. U Quyosh sistemasidagi eng katta planeta Yupiterning eng yaqin joylashgan yo'ldoshining tutilishini kuzatadi. Yerning Quyosh atrofidagi harakatida Yupiterga eng yaqin kelgandagi yo'ldoshning tutilish vaqti t1 = 42 soat 28 minut bo'lgan. Bir necha oydan keyin Yer Yupiterdan o'z orbita diametri D ga teng masofaga uzoqlashgan paytda yo'ldoshning Yupiter soyasini aylanib o'tish vaqti t2 = 42 soat 50 minutga teng bo'lgan. Demak, yorug'lik Yer orbitasining diametrini min vaqt oralig'ida o'tgan. Ryomer ishlatgan D=2,84 • 1011 m masofa uncha aniq bo'lmaganligi uchun yorug'lik tezligi m/s ga teng bo'lgan.
Yorug'lik tezligini laboratoriya sharoitida birinchi marta 1849-yilda fransuz fizigi Fizo o'lchashga muvaffaq bo'ldi.
Fizo yorug'lik dastasini aylanib turgan g'ildirak (1) tishlari orqali o'tkazib (53-rasm), uzoq masofada turgan ko'zguga (2) yo'naltirdi. Ko'zgudan qaytgan nur yana g'ildirak tishlari orasidan o'tishi kerak edi. Aylanishning ma'lum bir kichik tezligida qaytgan nur ko'rinadi. Aylanish tezligi ortganda qaytgan nur ko'rinmay qoladi. Bunga sabab nima? Sababi shundaki, nur tishlar orasidan o'tib, ko'zgudan qaytib kelguncha g'ildirak aylanib, tirqish o'rniga tish kelib qoladi va yorug'likni to'sadi. G'ildirak tezligi yana orttirilsa, yorug'lik yana ko'rina boshlaydi. Sabab nur qaytib kelguncha tish o'rniga keyingi tirqish kelib qoladi.
G'ildirakning aylanish tezligini bilgan holda D masofadan (Fizo tajribasida 8,6 km) va g'ildirak bitta tishining kengligidan foydalanib yorug'lik tezligini topish mumkin. Fizo tajribasida yorug'lik tezligi 313000 km/s ga teng chiqqan. Shundan so'ng aniq o'lchashlar o'tkaza oladigan ko'pgina qurilmalar yasalib, yorug'lik tezligi o'lchandi. Xususan, amerikalik fizik Maykelson tishli g'ildirak o'rniga, sakkiz qirrali ko'zgudan foydalangan edi. Hozirgi zamon ma'lumotlariga ko'ra yorug'likning vakuumdagi tezligi c = 299 792 458,2± 1,2 m/s ga teng.
Suvda o'lchangan yorug'lik tezligi vakuumga nisbatan marta kichik chiqdi. Qolgan muhitlarda ham tezlik vakuumga nisbatan kichik ekan.
Hozirgi davrda yorug'likning vakuumdagi tezligini 3 • 108m/s ga teng deb hisoblash qabul qilingan. Bu tezlik tabiatda mavjud bo'lgan eng katta tezlikdir.
Yorug'lik tezligining, elektromagnit to'lqinlar tezligiga tengligi, ularning tabiati bir xil deb qarashga asos bo'ldi.
III. Yakunlarni chiqarish.
Yakunlarni chiqarayotganda komandalardan har bir vakilga so‘z berish, ularga dars boshida qo‘yilgan maqsadni eslatish va ularga ana shu maqsadlarga qanchalik erishganligi borasida javob berishni taklif etish lozim. Vakuumda yorug‘lik tezligini bilgan holda, turli muhitlarda yorug‘lik tezligini
formuladan foydalanib hisoblash.
IV. Uyga topshiriqlar.
1. Keyingi darsda bajariladigan laboratoriya ishi “Yorug‘lik dispersiyasini o‘rganish” mavzusini daftarga yozib kelish va mazmuni bilan tanishish.
2. Turli nur sindirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan muhitlarda yorug‘lik tezligi haqida va unga doir mashqlar ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |