Sistemaga berilgan issiqlik miqdori Q, sistema ichki energiyasining o'zgarishi U bilan sistemaning tashqi kuchlarga qarshi bajargan ishi A ning yig'indisiga teng.
Termodinamik jarayon deb, termodinamik sistemaning bir holatdan boshqa holatga o'tish hodisasiga aytiladi. Termodinamikaning birinchi qonunini eng muhim termodinamik jarayonlarga tatbiq etamiz.
Izoxorik jarayon. V=const Izoxorik jarayonni tasavvur qilish uchun ideal gazni berk idishda qamalgan deb faraz qilaylik (9-rasmga qarang). Silindrni va unga qamalgan gazni qizdiramiz. Gaz tashqi kuchlar ustida ish bajara olmaydi.
Shuning uchun izoxorik jarayonda gazning ichki energiyasi o'zgarishi gazga berilgan issiqlik miqdoriga teng:
Do'stlaringiz bilan baham: |