Shunday qilib, fitoyig‘ma preparatlarning shifobaxsh ta’siri tar- kibidagi biologik faol moddalardan kelib chiqadi. Ulardagi asosiy ta’sir etuvchi moddalarni (alkaloidlar, glikozidlar, kumarinlar va boshqalar) ta’siri esa kompleks ravishda bo‘la olmay, spetsifin hisoblanadi. Masalan, yurak glikozidlaridan digoksin, digitoksin, rauvolfiya o‘simligidan rezerpin, aymalin, bellodonnadan olingan atropin preparati va boshqalar. Fitoterapiyada dorivor o‘simliklardan tayyorlangan va ulardan ajratib olingan biologik faol moddali preparatlar turli dori shaklida tayyorlanadi va tayyor holda chiqariladi: damlama, qaynatma, nastoyka, quruq va suyuq ekstrakt. O‘simlikdan ajratib olingan biologik faol moddalarni saqlagan preparatlar esa tabletka, eritma, in’eksiya uchun ampulida va boshqa dori shaklida chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |