Eksperimental tekshiruvdan o‘tgan shifobaxsh fitopre- paratlarni tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish. Bulardan tashqari fitoterapiya fitopreparatlarning dozalanishi, ishlatish tartibi, yuborish yo‘li va boshqa masalalar bilan ham shug‘ullanadi. Shu jumladan, fitopreparatlarni qanday kasalliklarda berilishi yoki man etilishi, tarkibida bir necha o‘simliklar saqlangan (ulardan ajratib olingan biologik faol moddalarni saqlagan preparatlarni ham) preparatlarni tayyorlashda, ularning bir-biriga nisbatan kimyoviy va farmakologik mosligi, fitopreparatlarning nojo‘ya ta’siri va boshqalarni o‘rganish fitoterapiyaga tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |