Fitoterapiya so‘zi bemorlarni dorivor o‘simliklar bilan davolashni anglatadi.
Fitoterapiya bemorlarni davolashda va kasallikning oldini olishda alohida yoki qo‘shimcha davo turi sifatida keng qo‘llanib kelinayapti. Chunki uning boy tarixi va xalq tabobatida keng ishlatilishi buni taqozo etadi.
Davo ko‘rsatishning turi sifatida fitoterapiyaning asosiy vazifalari quyidagicha:
Biologik faol o‘simliklarni topish va o‘rganish.
O‘simliklarni fitokimyoviy o‘rganish va biologik faol moddalarni ajratish.
O‘simliklarni va ularning tarkibidagi biologik faol moddalarni farmakologik ta’sirini va xavfsizligini tekshirish.
Dorivor o‘simliklardan ajratib olingan va ularning o‘zidan tayorlangan preparatlarning farmakodinamikasini va farmakokineti- kasini o‘rganish.