Кo‘pincha fitoyigmalar quyidagi 4 guruh dorivor o‘simlik- lardan tashkil topadi: 1.Asosiy ta’sir etuvchi o‘simlik. 2.Qo‘shimcha ta’sir etuvchi o‘simlik. 3.Preparatga ta’m va yoqimli hid beruvchi o‘simlik. 4.Nojo‘ya ta’sirni bartaraf etuvchilar. Ayrim hollarda yig‘madagi bir o‘simlikning o‘zi asosiy hisob- lanishi bilan birga ta’m va xid berishi mumkin. Masalan, yalpizning barglari, tinchlantiruvchi va spazmolitik ta’sir etishi bilan birga hid va ta’m beruvchi o‘simlik sifatida ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |