Filologiya fakulteti


II BOB OMON MUXTOR ASARLARIDA RUH OBRAZI VA UNING BADIIY TALQINI



Download 399 Kb.
bet8/17
Sana29.08.2021
Hajmi399 Kb.
#159438
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
1Omon Muxtor romanlarida ruh obrazining ifodalanishi 1(1)

II BOB

OMON MUXTOR ASARLARIDA RUH OBRAZI VA UNING BADIIY TALQINI

2.1. Omon Muxtor ijodida ruh obraziga murojaatning o‘ziga xosligi.

Omon Muxtor ham o‘z asarlarida badiiy tabiatni yarata olgan ijodkordir. Xususan uning “Ming bir qiyofa” romanida asosiy e’tibor insonning ruhiy hayotida bo‘ladigan voqea va hodisalarga qaratilganligi bilan ajralib turadi. “Ming bir qiyofa” romani hayoliy olis zamonlardan tortib qiyomat qoyim bo‘ladigan, inson qayta tiriladigan davrni o‘z ichiga oladi. Bu, albatta, juda kata davr, ammo birgina inson qismatida u jamlanadi va zamondoshimiz bo‘lgan odamning chigal hayotini aks ettirishga xizmat qiladi. Asar o‘z ruhi bilan Markesning “Yuz yil tanholikda”, Bulgakovning “Usta va Margarita” romanlariga yaqin turadi.

Omon Muxtor ijodining an’anasiga xos “Ming bir qiyofa” asari ham ruh obrazlari ishtirokidagi ramziylik asosiga qurilgan asardir. Chunki, uning hikoya, qissa va romanlari o‘ziga xos badiiy strukturasi, hayotiyligi, obrazlarining tabiiyligi g‘ayritabiiy kuchlar bilan o‘ziga xos sintezlangan holdagi manzarasi bilan ajralib turadi. U o‘tgan asrning 90-yillari mobaynida epik asarlar yaratish borasida peshqadam adiblar safidan munosib o‘rin egalladi. Omon Muxtor o‘zbek adabiyotida hajman qisqa, mazmunan keng va chuqur bo‘lgan yangi yo‘nalishdagi absurd romanchiligini ruhlar ishtirokidagi badiiy olamga uyqashligini boshlab berdi. Bilamizki, absurd adabiyotida ramziylik asosiy omil bo‘lib keladi. Ya’ni bunda u yoki bu voqelikni tasvirlash asnosida inson ruhiy olami butun ziddiyatlari bilan ochib beriladi. Yozuvchi “Ko‘zgu oldidagi odam”, “Tepalikdagi xaroba”, “Ming bir qiyofa” kabi asarlarida asosan ziyoli kishilarning xatti-harakati, ziddiyatli hayotini inson-tabiat-voqelik birligi, mushtarakligi asosida keng yoritib bera olgan.

         Adib asarlarida zamonaviy jahon romanchiligi tajribalarini akslantiruvchi jihatlaridan bir o‘zbek adabiyotida ruh obrazining o‘ziga xos talqinlantirilishidir. Ularda an’anaviy realizmga xos aniq zamon, makon tushunchasi, voqea-hodisalarni hayotdagidek gavdalantirish, izchil bayon etish, qahramonlar ruhiyatini urf bo‘lgan realistik mantiq asosida ochish ko‘zga tashlanmaydi, reallik bilan xayolot, o‘ng bilan tush ayqash-uyqash holda keladi. Aniqrog‘i, voqea-hodisalar real hayotda emas, xayolparast qahramonning ongida kechadi: qahramon ongida reallik bilan xayolotning qo‘shilib-chatishuvidan iborat g‘aroyib dunyo – hayotning o‘ziga xos badiiy modeli yuz ko‘rsatadi. U dunyo bilan bu dunyo oralig‘idagi chegara yo‘qoladi, tiriklar o‘likka aylanadi, ruh tanadan ajralib, bir-birini taftish eta boshlaydi, o‘liklar tiriklar bilan muloqotga kirishadi, turli asr odamlari bir-biri bilan ro‘baro‘ keladi...

         XX asrning 90-yillarida O. Muxtorning “Ming bir qiyofa” romani juda oz fursatda o‘z ixlosmandlariga ega bo‘ldi. Matbuotda voqealar o‘ziga xos usulda tasvirlangan mazkur asar haqida turli-tuman ijobiy va tanqidiy fikr-mulohazalar bildirilgan ko‘plab maqolalar e’lon qilindi. Asarning bunchalik ommalashishi uning an’anaviy romanlardan bir qadar farq qilishi bilan bog‘liq. Yozuvchi yevropacha asar yozish usuli, xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabiyot syujetlarini sintezlashtirib, o‘zbek romanchiligi uchun yangicha ruhdagi asar yaratdi. Bunday asar yuzaga kelishining tarixiy asoslari, sabablari bor, albatta. Omon Muxtor buni quyidagicha izohlaydi: “Men chet el adabiyotini juda sevib o‘qiyman. Bo‘sh vaqtlarimda g‘arb, Lotin Amerikasi, Fransuz adabiyotini qo‘ldan qo‘ymayman. Ularning asar yozish tajribalarini, xarakter yaratish mahoratlarini o‘rganaman. Qolaversa, o‘zbegimning boy xalq og‘zaki ijodi namunalariga qiziqaman, ulardan zavqlanaman. Ana shulardan foydalanib, ularni bir-biriga qorishtirib, o‘zaro hamohangligini ta’minlagan holda, yangicharoq uslubda asar yaratganman”13.

O. Muxtor dunyoviy ilmlardan tashqari, islomiy bilimlardan ham yaxshi xabardor bo‘lgan. Adib o‘zining “Ming bir qiyofa” asarini islomiy bilimlar hamda yevropacha usullardan unumli foydalangan ko‘yi o‘zgacha uslubda yaratgan. Yozuvchi unda an’anaviy syujet qolipining chegaralarini yorib chiqib, yangi syujet qurilmasini ishlab chiqa olgan. Asar o‘z ruhiyati bilan M. Bulgakovning “Usta va Margarita”, syujet tuzilishiga ko‘ra esa Asqad Muxtorning “Chinor” romaniga biroz yaqin turadi. O. Muxtor asarda qahramonlar hayotini, ular boshidan kechirgan sarguzashtlarni yaxlit voqealar tizimiga solib, kitobxonga tayyor holda havola etmaydi. Aksincha, yozuvchi qahramonlar hayoti va voqealar tizimini alohida-alohida hikoyat, rivoyatlarda aks ettirgan.

         “Ming bir qiyofa” asari uch hikoyatdan tarkib topgan. Har bir hikoyat o‘zicha mustaqil bo‘lib, biridagi voqealarning davomini ikkinchisida kuzatmaymiz. Ularning har biri alohida-alohida syujet chizig‘idan iborat. Mazkur asar falsafiy  jihatdan yuksak ahamiyatga ega bo‘lib, yozuvchi insonning sinov va kurashlarga yo‘g‘rilgan taqdiri, unda doimo ezgulik va yovuzlik o‘rin almashishini Abdulla Hakim, Halima, Burhon Sharif, Sadirjon, Gulxumor, Nasriddin kabi timsollarning hayoti misolida yorqin aks ettira olgan.

         “Ming bir qiyofa” romani ramz va timsollarga boy, unda tasviriy ifodalar serob. Lirizm bilan sug‘orilgan asar nomlanishining o‘zi ham ramziylikka asoslangan. Bu hayotda shunday insonlar borki, ular bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tib turadilar. Ya’ni bunday kishilar xalq orasida “ikkiyuzlamachi” nomini olgan. Ular hayotda faqat niqobda yuradilar. Niqob ularning turli yovuzliklarini, nayranglarini yashirib turish uchun qulay vositadir. Bundaylar ming bir qiyofada ko‘zga tashlanadilar, tabiatdagi ming bir rangda tovlanadigan xameleonga o‘xshaydilar. Jumladan, yozuvchi asardagi jinoyatchi korchalonlar Rahimbek-1, Rahimbek-2, “Tarix va madaniyat” tashkilotining rahbari Qodirov singari ming bir qiyofaga kiruvchi kishilardan ogoh bo‘lishga chaqiradi. Zero, bundaylar o‘zlarining asl qiyofalarini yo‘qotib, odamiylik chegaralaridan chiqib ketishgan. Shu bilan birga yozuvchi har bir sarlavhadan so‘ng o‘sha hikoyatning konsepsiyasiga mos she’riy epigraf keltiradi:

Birinchi hikoyatda:

         “Ostonangda tuproq bo‘ldim, vale

         Demadingki, xokisorim qani?”

         Ikkinchi hikoyatda:

“Vassallar tergan bilan toming sira yopilmasin,

Men yomon bo‘lsam agar, hech loyig‘ing topilmasin”.

         Uchinchi hikoyatda:

         “Mening ko‘nglim sen bilan,

Sen ketarsan kim bilan!”

         Ushbu misralarning barchasida bevafo yorga murojaat qilinmoqda. Mazkur satrlar ortida muhabbat dardida kuygan Abdulla Hakim, bevafo yor qiynoqlarida o‘rtanib yashagan Sadirjonlar hayoti yotadi. Qayd etish joizki, yozuvchi epigraflardan o‘z o‘rnida unumli foydalana olgan.

         Asar ramziylik asosiga qurilar ekan, buni birinchi hikoyatda tasvirlangan “Haydovchisiz yo‘lga chiqqan avtobus” voqeasi misolida ko‘rish mumkin. Ushbu voqeani mutolaa qilgan zukko kitobxon unda majoziylik yaqqol ufurib turganligini ilg‘ay oladi. Balki bu xayolot, balki bu yozuvchining orzusi bo‘lsa ham ajab emas.    Asarning ikkinchi hikoyatida Sobiq Sho‘rolar jamiyatining mustabidlik davrida, aniqrog‘i, yaqin o‘tmishda ro‘y bergan voqealar ramziy konsepsiyada berilgan. Unda tasvirlanishicha, kuchli shamol Mulkobod shahrining markaziy ko‘chasida joylashgan “Tarix va Madaniyat” tashkilotining marmardan tiklangan to‘qqiz qavatli koshonasini tag-tubi bilan ko‘chirib, shahardan olisga, allaqayoqlarga olib ketadi. Ramziylikka yo‘g‘rilgan ushbu voqea kitobxonni teran mushohadaga da’vat etadi. “Tarix va Madaniyat” tashkilotining faoliyati Sobiq Sho‘ro hukumatini yodga soladi. Mazkur tashkilot rahbarlari insonning asl tabiatiga zid bo‘lgan soxta ta’limotga amal qilib, xalqni tarixdan  mahrum etish siyosatini olib borishgan. Ommani poda kabi o‘z yo‘llariga solib boshqarishgan. Xalq tarixi va madaniyatini yo‘q qilish bilan shug‘ullangan tashkilot uzoq yashay olmaydi. Ushbu tashkilotning xatosi shundan iborat ediki, ular xalq o‘tmishini o‘chirib tashlab, o‘zlaricha “baxtli kelajak” qurmoqchi bo‘lgan edilar. Asarning so‘nggi uchinchi hikoyati uzoq o‘tmishga bag‘ishlanadi. Aniqrog‘i, unda Abdulla Hakimning Nasriddin Afandi haqida yozgan she’rlari hamda nasriy yo‘lda bitgan “Uzindi yo‘llar” nomli rivoyatlari keltirilib, Afandining tug‘ilishi, oilaviy muhiti, xalqqa qilgan ezgu ishlari qalamga olinadi. Ushbu hikoyatda soxta obro‘ga o‘ch Rahimbek-2, uning adolatli donishmandligi to‘g‘risida yolg‘on afsona va latifalar tarqatgan Mulla G‘ulom sartarosh, ularga ergashgan olomon timsollari orqali yozuvchi loqaydlik, jaholat, laganbardorlik singari illatlarni butun mohiyati bilan fosh etadi. Jamiyat ushbu illatlardan forig‘ bo‘lgandagina taraqqiy etishi mumkinligini ramz va timsollar vositasida yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlaydi. Hikoyatning boshlanish qismida adib eshak bilan bog‘liq qiziq bir voqeani keltiradi. Hikoya qilinishicha, “Egasidan qochgan eshak bepoyon bir sahroda ketayotib hayvonlar to‘dasiga duch kelibdi.

Sen kimsan? – deb so‘rabdi ular eshakdan.

Men eshakman, –dedi eshak.

Ahmoq ekansan-ku, – dedi unga tulki.

Sening eshak ekanligingni o‘zimiz ham ko‘rib turibmiz. Biz sendan, masalan, oldinlari boshqa birov bo‘lganmisan, kimning ruhisan, deb so‘rayapmiz.

Qanaqa ruh? – ajablanibdi eshak.

Mana deylik, toshbaqa bir paytlar arbob bo‘lgan. Men qozi bo‘lganman. Ilon vazir, arslon shoh... Sen ham shunaqa birovmiding yoki avvaldan eshakmisan?

Men avvaldan faqat eshakman, – tan oldi eshak”14.

Majozdan iborat ushbu suhbat tag zaminida katta ma’no yotadi. Bu bilan adib qozining ayyorligi tulkiga, vazirning qasoskorligi ilonga o‘xshashini ko‘rsatmoqda. Demak, yozuvchi aytmoqchiki, asl narsa aslligicha qoladi. U hech qachon davrga, zamonga daxl qilmaydi. Lekin noasl ruh uchun tana niqob bo‘lib xizmat qiladi.

Har bir yozuvchining voqelikni ijodiy o‘zlashtirishi uning ijodiy-estetik ideali, dunyoqarashi, didi, bilim saviyasi bilan bog‘liq zaxmattalab, murakkab jarayondir. Omon Muxtor ham o‘z asarlarida badiiy tabiatni yarata olgan ijodkordir. Xususan uning “Ming bir qiyofa” romanida asosiy e’tibor insonning ruhiy hayotida bo‘ladigan voqea va hodisalarga qaratilganligi bilan ajralib turadi. “Ming bir qiyofa” romani hayoliy olis zamonlardan tortib qiyomat qoyim bo‘ladigan, inson qayta tiriladigan davrni o‘z ichiga oladi. Bu, albatta, juda kata davr, ammo birgina inson qismatida u jamlanadi va zamondoshimiz bo‘lgan odamning chigal hayotini aks ettirishga xizmat qiladi.

Asar bosh qahramonlaridan biri bo‘lgan Abdulla Hakim yoshlikdan ota mehriga zor, beva onasi qo‘lida o‘sgan yolg‘iz farzand. Asar davomida u onasidan ham, sevgilisidan ham ajraladi. Dunyodan ko‘ngli sovigan, hatto bola-chaqa orttirmagan bo‘ladi. U ijara uyida yashaydi va eyish-ichishining tayini yoq. U asar qahramonlaridan biri bo‘lgan Burhon Sharifga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi. Ular shu darajada bir birlariga o‘xshash bo‘lganidan Burhon Sharif ba’zan sahovat ko‘rsatib, o‘z o‘rniga ziyofatlarga borib qorinni butlab olishni maslahat beradi. Aynan Burhon Sharifga o‘xshashligi dunyodan bevaqt ketishiga sabab bo‘ladi.

Burhon Sharif-ko‘zlarida mehr-shafqat nuri yog‘ilib turgan, Iymon-e’tiqodli oddiy bir inson ezgulik himoyasiga astoydil bel bog‘laydi. Uning tabiatida kibrlanish, bandasining qoshida bosh egish, unga sig‘inish xususiyati yo‘q. U insonlik burchini ado etmoqni muqaddas sanaydi, kam-ko‘stsiz ado etmoqqa intiladi. Nosir bu milliy xarakterda haqiqatparvarlik, mardik, mag‘rurlik, haromdan parhez qilish, vijdonlilik xislatlarini jamlaydi.Omon Muxtorning “Ming bir qiyofa” romani ming xilda evriluvchi yomon kimsalarning kirdikorlarini ko‘rsatish maqsadi birinchi planga chiqqan.Shu o‘rinda Arastuning “Komil kishilar bir xil bo‘ladi, yomonlar esa har xil bo‘ladi”15 degan gaplari yuqoridagi fikrimizni isbotlashda muhim ahamiyatga ega. Biroq Omon Muxtor bir-birini rad etuvchi ezgulik va razolat o‘rtasidagi kurashni ko‘rsatishda turlicha munosabatlar jarayonini ham, ikkala tomonning chambarchas bog‘liqligini ham, ba’zan ularning o‘zaro bir-biriga o‘tib turishi konkret insonda qorishiq holda uchrashini ham nazardan qochirmaslikka urinadi:

Menga xiyla qiyin bo‘ldi… Men har gal bir-biriga o‘xshamaydigan roman yozishga urindim. Va ma’lum darajada bunga erishdin ham, deb o‘ylayman. Ularning barchasida inson tafakkurining muayyan qirralarini yoritishga urindim va ayni paytda adabiyotda an’ana bo‘lib ketgan ijobiy va salbiy qahramon tushunchalaridan kechdim. Insonning o‘zida hammasi ezgulik va yovuzlik mujassam, degan qadim Sharq falsafasiga tayandim. Mana, eslasangiz, “Ming bir qiyofa”da Abdulla Hakim – gunohlari bor va ezgu ishlari ham ko‘p. Burhon Sharif ham xuddi shunday. Hech qaysi bir qahramonim yuz foiz ijobiy yoki salbiy emas”16, deb yozadi muallif.

Yozuvchining asarlaridagi obrazlar qanday og‘ir sharoitga tushmasinlar ular yordamni insonlardan emas, balki Allohdan kutadilar. Shu jihatdan ular insonlarga emas, Buyuk Yaratgan zotga sig‘inadilar. Masalan, “Ming bir qiyofa” romani qahramoni Abdulla Hakimning quyidagi nutqi fikrimiz isbotidir:

Men xudojo‘ylik qilganim yo‘q. Toat-ibodat, taqvoni bilmasdim. Menga birov buni o‘rgatgan ham emasdi. Ammo Xudoning borligiga doim ishonganman. O‘qigan maktablarimizda bizga dahriylikdan tarbiya berib, dinsizlikni qulog‘imizga quyishganiga qaramay, ayrim o‘rtoqlarim mendan hattoki kulib yurishganiga qaramay, ey, baribir Xudoga shak keltirmaslik kerak, deb turib olardim! Zig‘ircha shubhaga bormasdim!”17 Demak, Abdulla Hakim islom dini farzlarini bajarmasa ham,ammo ich-ichidan Allohga ishonadi,uning borligiga zarracha shubha qilmaydi.Vaholanki,sobiq sovet davrida ateistik qarashlar ilgari surilgan, ’’Xudo yo‘q’’ deya, yosh avlodga ta’lim berishgan.Biroq bu tarbiya qahramonining mustahkam e’tiqodiga putur etkaza olmagan. Yuqoridagi obrazlar orqali ma’lum bo‘ladiki, Omon Muxtor avvalo, hayotda insonlar o‘z e’tiqodiga ega bo‘lishi va Xudoga nisbatan qalblarida ishonch hech qachon so‘nmasligi lozimligini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Zero, chin iymonli kishi hech qachon birovga yomonlik qila olmaydi.

Aslida, asar mohiyatini anglashda ijodkor hayoti va taqdiri kalit vazifasini bajaradi. Badiiy asar har doim betakror, unda doimo ijodkor shaxsi yiltillab o‘ziga ishora qilaveradi.

Burhon Sharif odamlarga yaxshilik qilib, ularni yaxshilikka da’vat etgan, ularga mehr bilan qaragan, shu yo‘lda kurashgan, nopok kimsalarning jazolanishiga erishgan. Biroq u azal-azaldan inson qonida mavjud yovuzlikning qarshisida ojiz bo‘lib qoldi. Uning o‘zida ham ichki bir alam-adovat, qizg‘onish tuyg‘usi mavjud. Umrining o‘ttiz yilini u o‘z-o‘zi bilan kurashib o‘tkazgan. Umr intihosida Burhon Sharif Abdulla Hakim ruhiga xiyonat qilgani, uning kundaliklarini e’lon qilish imkoni bo‘la turib bu ishni paysalga solganini e’tirof etadi. So‘zda sobit turmaslikni ham xiyonat, yovuz jinoyat deb baholaydi. Tabiatan olijanob bo‘lgani uchun ham: “Mening har xil yovuzlar, korchalonlardan farqim nima?! Inson qayta tirilib u dunyoda ko‘rishadigan bo‘lsa men Abdullaning yuz-ko‘ziga qanday qarayman?!”18 deb oxiratini o‘ylaydi.

Burhon Sharifning haqiqatparvarligidan cho‘chigan nopok kimsalar qo‘liga yanglishib tushib qolgan Abdulla Hakim unga xiyonat qilishni istamaydi. Nohaqlikka nisbatan qalbida tug‘ilgan g‘azab va nafrat unga jur’at va dadillik bag‘ishlaydi. Ezgu ishlarga mashg‘ul Burhon Sharifni qilgan yaxshiliklari evaziga zolimlardan asrab qolish, umrida biror marta fidoiylik ko‘rsatishga ahd qilgan Abdulla uni Burhon Sharif gumon qilayotganlarga haqiqatni oshkor qilishni istamaydi:

Sendan hayot umringda, bir marta fidoiylik, mardlik ko‘rsatishni talab qilyapti! Tizzang qaltirab o‘tirishga haqqing yo‘q! Gap shu… kelinglar, hunarlarini ko‘rsataveringlar-men Burhon Sharifman!...” deydi u.

Abdulla Hakim tinimsiz azob-uqubatlarga o‘zini tutib bermay, “Birodarlar, kechirasizlar anglashilmovchilik bo‘lyapti. Men Burhon Sharif emasman” deyishi ham mumkin edi. Lekin u bunday qilmaydi. O‘zini nomardlarcha tutayotgan kishilarga aytishni ep ko‘rmaydi. “Dushman”lari irodasiga bo‘ysunishni Burhon Sharifga nisbatan xiyonat, vijdon amriga xiyonat deb biladi. Do‘stga bo‘lgan sadoqatni poymol etib jonni omon saqlashni astoydil istamaydigina emas, dushmaniga bo‘lgan cheksiz nafrati tufayli ham sir boy bermaslikka tirishadi.

Abdulla Hakim azob-uqubatlarga chidash uchun jasoratni o‘z ruhi va tafakkuridan oladi. Shu bois ham vaziyatga qarab oqilana harakat qila oladi. Uning axloqidagi bu go‘zal sifat aniq faoliyat orqali namoyon bo‘ladi, muhimi, u o‘z irodasiga qarshi bormaydi. Qolaversa, azobga bardosh berishga bo‘lgan ichki intilish ham uni jasur bo‘lishga undagan omillardan biridir. Abdulla Hakim qalbidagi or-nomus, g‘urur tushunchalari oyoqqa qalqib, “tomirlariga o‘tli bir qon quyilib”, nafaqat nomardlarcha bosh egishni, balki o‘zining xarob ahvolini sezdirishni ham nomus deb biladi. Binobarin, u o‘zini, o‘zligini xor qilmaydigan shaxs.

U boshi aylanib, ko‘zi tingan, hammayog‘i qon edi. Ammo dunyodagi butun-bor nohaqlik, nomardlikka qarshi beixtiyor tug‘yonga kelganida, yerda yotishni or bilib, o‘rnidan turgancha qaddi qomatini tiklashga chog‘landi. Shu asno uning boshiga to‘qmoqdek bir narsa keskin urilgandek bo‘ldi. U qaytib yerga yiqilib, hushidan ketdi”.19

Agar u: “Men birovdan sadaqa olishga ham, harom-harishga ham o‘rganmaganman. Men tutgan yo‘limdan qaytmayman” qabilida e’tiqodiga sodiq bo‘lmaganida, adolat tantanasi uchun kurashga otlanmaganida tor va diqqinafas ijara uyini bog‘-hovliga almashtirib olishi, eng yangi zamonaviy mashinaning sohibi bo‘lishi, bir dunyo boylikka ham ega bo‘lishi juda oson edi. Bu uchun undan “o‘t bilan o‘ynashmaslik” talab etilardi.

Abdulla Hakim ruhiyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar: sadoqat, vijdon, g‘azab, nafrat, or-nomus tuyg‘ularining nogahoniy tarzda o‘zaro chatishib ketishi uning ruhini beqiyos jilolantirib, jasoratga undaydi. Bu esa uning ma’naviy ustunligini ta’minlaydi:

U oyog‘i erdan uzilib, yana erga tekkandek holatni tuydi. Chayqalib ketdi. Biroq yiqilmadi. Endi o‘zi uchun hech narsaning ahamiyati yo‘qligini his etib, yigitlar tomon mag‘rur o‘girildi. To‘pponcha ketma-ket qarsilladi. U o‘zi istamagan, kutmagan holda tiz cho‘kdi. So‘ng yerga ohista cho‘zildi.


Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish