Filologiya fakulteti



Download 399 Kb.
bet11/17
Sana29.08.2021
Hajmi399 Kb.
#159438
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
1Omon Muxtor romanlarida ruh obrazining ifodalanishi 1(1)

Borliq — bir qur hurkib-pishqirgach, xomush tortgan otni eslatardi...

Odamlar, ertasi kuni sahardan shahar markazidagi maydonda to‘planib, maktab tomonga qarab yugurishdi.

Maktabning qizg‘imtir tomi o‘radek teshilgani uzoqdan ko‘rinib turardi.

Binoga yaqinlashgach, odamlar maslahatlashib, birinchi navbatda har qachongidek jild qo‘ltiqlab kelgan o‘quvchi bolalarni uy-uylariga qaytarib yuborishdi. Keyin, ular, yana maslahatlashib, uch-to‘rt kishilik guruhlarga bo‘lingancha, ichkariga kirishdi.

Tomning to‘ppa-to‘g‘ri qiroatxona ustidagi qismi teshilgan edi,

Bu yerdan bir parcha osmon yiltirab ko‘rinardi.

Odatda, yapasqi xontaxtalar atrofiga tizilgan besh-o‘nta kursi, devorlarga osig‘liq rasmlardan bo‘lak narsa qiroatxonada bo‘lmas edi. Bular hozir sinib-to‘zib, tomdan uzilib tushgan tunuka, taxtalar bilan qorishib yotardi.

Biroq odamlar ayni fursatda bunga ahamiyat berishmadi.

Ularning diqqatini daxshatli holat jalb etgan edi!

Shirinko‘l yaqinidagi dalalarga ba’zida oshkor, ba’zan o‘g‘rincha dori sepadigan aeroplan tunda o‘zini tomga kelib urgan; Qanotlari qirqilib - parchalanib, qiroatxona bo‘ylab sochilib ketgan edi. Halok bo‘lgan
uchuvchining jasadi ham shu erda...


Uning jasadi –

hammadan dahshatlisi! —

yonida yotgan

Siroj muallimiing

jasadi bilan

bir-birini

qattiq quchib olgan edi. .. Dunyoning qiziqligi uchuvchi dalaga qo‘shib ba’zan shaharga dori sepib yursa, Siroj muallim, umuman, dori sepishga qarshi hamma bilan janjallashib yurardi. Mana, endi ikkisi bir o‘lim og‘ushida yotibdi!”23

Voqealarning muhim manzaralari fojiadan ikki yil o‘tgan sodir bo‘la boshlaydi:

Ikki yil ichida odamlar ro‘y bergan voqeani unuta boshlashdi



Bo‘lgan-bor gap asta-sekin mening ham xotiramdan ko‘tarila boshladi.

Aylanib, yana kuz keldi.

Bir kuni yomg‘ir yog‘ib, bu gal kuppa-kunduzi pichoq bilan kesgan sariyoqqa o‘xshab osmon o‘z-o‘zidan to‘rt bo‘lakka ajraldi.

Men ko‘chada ketayotgan edim; junjikib, bir piyolagina issiq choy ichish xumori tutgandek bo‘ldi.

Shirinko‘ldan olislarga quloch otgan katta yo‘l bo‘yida, ipdek ariq halqasi ichida joylashgan ko‘rimsiz, negadir hozir menga yirtiq choponni eslatgan choyxonaga qarab yurdim...

Ana-mana kirib ham bordim.

Choyxona to‘rida birov choy ichib o‘tirar edi, Boshqa odam yo‘q.

Choyxonachi o‘z katalagida bangilardek ko‘zlarini yumib, chayqalganicha mudrar edi.

Yaqinlashganimda, seskanib ko‘zini ochdi,

Men choy olib choyxonaning poygak tomoniga o‘tib o‘tirdim.

Choyni qaytarib, piyolaga quygach, boshimni ko‘tarib, beixtiyor ro‘paramdagi kishiga ko‘z tashladim.

O‘zimni loqayd-ezgin tutganimga qaramay, qandaydir ichki hissiyot meni bunga majbur etgan edi!


Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish