Filologiya fakulteti


O‘zbek adabiyobida ruh obraziga murojaat shakllari va Omon Muxtor ijodi



Download 399 Kb.
bet7/17
Sana29.08.2021
Hajmi399 Kb.
#159438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
1Omon Muxtor romanlarida ruh obrazining ifodalanishi 1(1)

1.2. O‘zbek adabiyobida ruh obraziga murojaat shakllari va Omon Muxtor ijodi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, jahon xalqlari, asosan Yevropa xalqlari adabiyotida ruh obrazining faol ijtimoiy-ma’naviy muammolarni badiiy real hayotda amalga oshiruvchi sifatida talqin etish yuksak pog‘onaga ko‘tarilgan va hattoki Angliyaning Viktoriya davrida eng asosiy motivlardan biriga aylangan edi.

Xuddi shunday jiddiy murojaatni rus adabiyotida Mixail Bulgakov tomonidan sho‘rolar tarixiy rus madaniyatiga zo‘ravonlik bilan o‘zining kommunistik–ateistik ta’limotlarini o‘tkazayotgan XX asrning boshlarida yaratildi. Asardagi syujet dinamikasini asosan mistik obrazlar, arvohlar harakatga keltirishadi.

O‘zbek badiiy yozma adabiyotiga ruh obrazi asosiy obraz sifatida dastlab Fitratning qalamida olib kirildi desak, noto‘g‘ri bo‘lmas. Uning sultonlar suhbatiga bag‘ishlangan asarida Turonda saltanat boshqargan barcha hukmdorlarning ruhlari suhbat quradi. Ayniqsa, Fitrat Amir Temurning so‘zlariga alohida urg‘u beradi. Amir Temur tomonidan bu o‘lkaning g‘animlar tomonidan oyoqosti qilinganining sabablari so‘roqlanadi va boshqa sultonlar birgalikda mushohada yuritadilar. Shuningdek adibning “Abulfayzxon” dramasida ham Ruh obrazi syujetdagi voqealar rivojida salmoqli o‘ringa ega. Asardagi sentimentallik, Abulfayzxonning ruhiyatida yuz berayotgan kechinmalar va yozuvchining ijodiy g‘oyasining namoyon bo‘lishida ruh obrazining kompozitsion ahamiyati katta. Adib tomonidan Turkiston o‘lkasining ruslar tomonidan bosib olinishi sabablarini ruh obrazining mushohadasi orqali badiiy yo‘l bilan ifodalanadi.

G‘ayritabiiy kuchlarning yozuvchi g‘oyasini ifodalashining o‘ziga xos yorqin ifodasi Abdulla Qodiriyning “Jinlar bazmi” hikoyasida ko‘zga tashlanadi. Asarning mavzu mohiyati XVIII asr ingliz mistik adabiyotining an’analarini eslatadi. Asar qahramoni Abdullaning hikoyachi otasi bo‘lib, uzumzor bog‘ida ish bilan kechga qolib, yo‘lda bazm uyushtirayotganlarga duch keladi. Ularning takliflari bilan bazmga o‘tirida. O‘yin kulgu avjiga chiqadi. Mehmon ham rosa berilib raqsga tushishi va mezbonlar tomonidan keltirilgan taomga qo‘l uzatib “bismillo” deganida qarshisidagi taom tezakligi, o‘zi jinlar baziga kelib qolganligi ma’lum bo‘lishi bayon etiladi. Garchi asar Yevropa mistik adabiyotiga xos syujet keskinliklari asnosiga qurilgan bo‘lsa-da, Qodiriyning buyuk dahosi bu syujetdan shunchaki g‘ayritabiiylikka qurilgan badiiiy shov-shuv yaratmaydi, balki aniq ijodiy g‘oyaga yo‘naltirilgan badiiy asos sifatida foydalaniladi. Asarning tagzamiriga ustalik bilan yashiringan zamon va jamiyatga munosabatini badiiy talqinini ifolashga muyassar bo‘ladi. Ya’niki, sho‘rolar jamiyati kishilarni xuddi jinlar kabi “o‘ynatayotgani” aks ettiriladi.

XX asr o‘zbek adabiyotida to asr oxiriga qadar bu qadar mistik obrazlar, xususan ruh obraziga murojaatning ko‘zga ko‘rinarli tajribalari toki Omon Muxtordek iste’dod qo‘l urmagunicha sodir bo‘lmadi. Faqatgina u tomonidan yaratilajak asarlarda G‘arb ijodiy yutuqlari Sharq an’analari uyg‘unligida faqatgina o‘zigagina xos usulda ruh obrazi badiiy g‘oya ifodasida muhim figura sifatida aks eta boshladi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti sovrindori Omon Muxtor 1941-yili Buxoroda tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatib,turli gazetalar tahririyatlarida adabiy xodim O‘zbekiston radio va televideniyasi Davlat Qo‘mitasi, “O‘zbekfilm” hamda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, “Sharq yulduzi” jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.

Uning ijodi o‘tgan asrning 50-yillari oxirlarida boshlangan. Shunga qaramasdan, ijodkorning o‘ziga nisbatan nihoyatda talabchanligi, kamtarligi va kamsuqumligi tufayli bo‘lsa kerak, oradan o‘n yillar o‘tgach, 1966-yilda “Chorlar quyoshli yo‘llar” nomli ilk she’riy to‘plami chop etildi. O‘shandan beri Omon Muxtor shoir, hikoyanavis, qissanavis, romannavis sifatida 30ga yaqin kitoblar nashr ettirdi. Jumladan, “Nigoh” (1968), “Quyosh va tushlar” (1971), “Shaharlik kelinchak” (1973), “Buxorolik donishmand (1973), “Hayot darvozasi” (1978), “Uchqur poezlar” (1981), “Bolalikka sayohat” (1984), “Vazifa” (1988), singari hikoyalar, qissalar majmualari, “Ohang” (1974), “Yog‘du” (1979), “Marvarid” (1985), “Shiddat” (1990) singari she’riy to‘plamlari chop etildi. “Buvim ertak aytadi” (1971), “Kunlardan bir kun” (1985), “Ming yildan so‘ng” (1991) singari she’r, ertak va hikoyalar to‘plamlari bolalarning sevimli asarlariga aylandi.

Omon Muxtor romannavis sifatidagi ijodi istiqlolgacha bo‘lgan davrda boshlandi. Adib “Yillar shamoli” (1976), “Egilgan bosh” (1989) asarlari bilan mazkur janrning hadisini oldi va ilmiy-adabiy jamoatchikikning nazariga tushdi. Xususan, so‘nggi roman o‘sha yillardayoq Yozuvchilar uyushmasining yillik mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shunga qaramasdan, bemalol aytish mumkinki, mustaqillik davrining erkin havolari ijodkor badiiy tafakkur bulog‘ining mavj bilan qaynashiga, samarali ijodiy izlanishlarining qadrlanishiga sabab bo‘ldi. Zotan, mustaqillikning ilk kunlaridayoq endigina ellik yoshga qadam qo‘ygan yozuvchiga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” faxriy unvoni berildi.

Bunday e’tibordan beqiyos rag‘bat tuyib ilhomlangan Omon Muxtor “Ming bir qiyofa” (1994), “Ko‘zgu oldidagi odam” (1996), “Tepalikdagi xaroba” asarlarini o‘z ichiga olgan “To‘rt tomon qibla” trilogiyasi (2000), “Ffu” (1996), “Ayollar mamlakati va saltanati” (1997), “Aflotun” (1998), “Maydon” (1999), “Ishq ahli” va “Buyuk farrosh” romanlaridan tarkib topgan “Navoiy va rassom Abulhayr” dilogiyasi (2006), “Odamlar kulishlari kerak” (2008), “Xotin podsho” (2010) romanlari, sarguzasht-dedektiv qissalardan tarkib topgan “Sherlok Xolms Buxoroda” (2008) kabi qator asarlarini kitobxonlarimizga taqdim etdi. Ular maznunan teran, ko‘lamdor jozibali tilda bitilganligi jihatidan g‘oyatda zalvorlidir. Bugungi axborotlar oqimi tezlashgan, san’atning barcha shakllari muayyan taraqqiyotga erishgan erishayotgan jadal zamonda inson shaxsi, uning ma’naviy qiyofasi, ruhiyatining butun murakkabliklari-yu, ziddiyatlari, umuman olganda, inson va u bilan bog‘liq bo‘lgan voqea va hodisalarni mukammal tasvirlab berishda adabiyotga hech bir qiyos yo‘q. Qanday davr bo‘lmasin, qay bir ijtimoiy tuzum jamiyatda hokim bo‘lmasin, adabiyotning mavqei, ahamiyati zarracha bo‘lsada o‘zgargan emas. Hozirgi o‘zbek nasri, xususan, romanchiligidagi har bir ijodkorning o‘ziga xosligi, umuman, badiiy nasr uslubi muammolarini tahlil etish mavjud va yangi uslubiy izlanishlarni sinchiklab kuzatishni talab etadi.

Har bir yozuvchining voqelikni ijodiy o‘zlashtirishi uning ijodiy-estetik ideali, dunyoqarashi, didi, bilim saviyasi bilan bog‘liq zaxmattalab, murakkab jarayondir. Professor B. Sarimsoqov san’atkorlarning o‘ziga xos estetik olami haqida to‘xtalar ekan: “Agar u (haqiqiy so‘z san’atkori- A.N.) tabiatga uyg‘unlikni yo‘qotmagan holda o‘zining badiiy tabiatini yarata olsa va bu badiiy tabiat real borliqda yaratilishga imkonsiz bo‘lsa, bunday ijodkorni haqiqiy san’atkor hisoblash mumkin”,12 deb yozadi.

Shunday qilib, G‘arb mistik adabiyotida marhumning qasoskor arvohi, buzg‘unchi iblislar sifatida o‘ziga xos an’anaga yaratilishida muhim omil bo‘lgan, Sharq afsona va rivoyatlari, qissachiligida o‘ziga xos ijobiy va salbiy kuchlarni ifodalab kelgan ruh obrazi o‘zbek yozuvchisi Omon Muxtor ijodida ijodiy-falsafiy g‘oyalarni ifodalashda muhim badiiy vositaga aylandi


Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish