Filologiya fakulteti



Download 399 Kb.
bet2/17
Sana29.08.2021
Hajmi399 Kb.
#159438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1Omon Muxtor romanlarida ruh obrazining ifodalanishi 1(1)

ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………………………………........

KIRISH

Mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyotshunosligida turli xalqlarning adabiyotida o‘ziga xos o‘rin olgan ruh obrazini tadqiq etish bo‘yicha bir necha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Antik davr adabiyotidan boshlab maqsad va g‘oyani g‘ayritabiiy kuchlar sirasiga kiradigan ruh obrazi vositasida ifodalash usullari keng rivojlanib kelganligi ilmiy adabiyotlarda ta’kidlangan. Shu nuqtai nazardan, barcha davrlarda adabiyotdagi ruh obrazi va uning badiiy talqinlarini tahlil etish hamda ularning badiiy asarlardagi yozuvchi ijodiy g‘oyasini aniqlash hamda ilmiy yondashuvlar asosida ish olib borish mazkur soha rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Dunyo adabiyotshunosligida ruh obrazi va uning talqinlari ifodalangan fikrlar tahlili bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda zamonaviy dunyo adabiyotshunosligi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar obrazlarning ramz va timsollar orqali ilgari surilgan durdona asarlarni jahon fanidagi eng yangi ilmiy tamoyillar va mezonlar asosida mukammal o‘rganish vazifasini qo‘ymoqda. Shu nuqtai nazardan, badiiy adabiyotda g‘ayritabiiy kuchlar, xususan ruh obrazining manbalarda qo‘llanilgan ramz va timsollarni bugungi kun talablari asosida tadqiq etish jahon adabiyotshunosligi oldidagi yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Ushbu tadqiqotimiz aynan shu jihatdan ham alohida dolzarblik kasb etadi.



Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yozuvchilarning badiiy obraz yaratishiga oid tadqiqotlarda jiddiy yutuqlarga erishildi. Binobarin, yangi o‘zbek adabiyotida yaratilgan qator badiiy asarlardagi obrazlar tasvirlarni yangi zamon ruhida ilmiy talqin va tadqiq etish zarurati fanimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, “adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu, avvalo, xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, adabiyot, madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo‘q”1. Milliy adabiyotimiz namunalarini zamonaviy adabiyotshunoslik yutuqlari mezonlari asosidagi tadqiqi bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni har tomonlama etuk insonlar etib tarbiyalashda alohida ahamiyatga ega. Bu jihatdan badiiy adabiyot, ayniqsa, yangi davr adabiyoti namunalarining o‘rni muhimdir. Uzoq ming yillar tarixi shundan dalolat beradiki, o‘zbek milliy davlatchilik tarixi eng avvalo ma’naviyat va ma’rifatning jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaganligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev yurtimizda o‘tkazilgan “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosida o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalari” mavzusidagi xalqaro miqiyosidagi konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida: “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosida o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga ega”2-deb ta’kidladilar.


Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish