Filologiya fakulteti



Download 399 Kb.
bet14/17
Sana29.08.2021
Hajmi399 Kb.
#159438
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1Omon Muxtor romanlarida ruh obrazining ifodalanishi 1(1)

... yuz berayotgan holatdan qo‘rqdimmi, boshqami?! – tushunish qiyin...

Keng –mo‘l choyxona tip-tinch, choyxonachi o‘z katalagida birdek chayqalib, mudrar edi.

Qiziqsinib poygak tomon o‘girildim. Eski patnisda boya men damlatgan choyga ham birov tegmabdi!

Shoshilganimcha borib choynakka kaftimni bosdim.

Men qoldirib ketgan yarim choynak choy, shuncha payt o‘tganiga qaramay, negadir hamon issiq edi!

Choyxonadan chiqib,

bezgak tutgandek qaltiraganimcha

tez uyga jo‘nadim.”27 (184-bet)

Vaqt o‘tishi bilan Vali Siroj muallim bilan borliq voqealarni unutishga qaror qiladi. Ammo o‘sha Shirinko‘lga yo‘li tushib Siroj muallimni uchratgan choyxonani chamalab izlaydi. Ammo topolmaydi. O‘sha yerdagi keksalardan surishtiradi. Ma’lum bo‘lishicha bu yerda hech qachon choyxona-yu biror bino bo‘lmagan. Tashlandiq joylar bo‘lib chiqadi.

Men qisinib darvoza tomon qaradim.

Yurakdan bor ekan! – dedi bu safar mendan o‘pkalanib Mamlakatxon. So‘ng, allanechuk titroq pichirladi: – Qo‘rqmang! Berkitganman. Hali kelishmaydi... Bular payshanba kunlari ovga ketishadi. Uyda hech kim yo‘q.

uning rostmi, yolg‘onmi, nima nazarda tutib gapirayotganliga tushunish qiyin; yigitlar balki ov qilishar! Lekin qaynona kelin Sojidaxonlar qanaqa ovga borishlari mumkin? – tasavvurga sig‘mas edi.”28 (200-bet)

Ko‘rinadiki, Valining Siroj muallimning uyiga deb borgan joy ham aslida g‘ayritabiiy. U erdagi Siroj muallimning qizining o‘zini tutishi, u erdagi g‘alati bolakayni uchrashi. Vahimali ovozi. Bularning barchasi g‘ayritabiy kuchlar, ruhlarning ishi ekanligiga o‘quvchini asta ishonchi paydo bo‘lib, o‘zi hayratga tusha boradi. Chunki surishtirishdan bilishicha, Siroj muallimning butun oilasi bilan g‘ayritabiiy hodisa ro‘y bergan.

Keyin aniq ko‘rsatma berdi. – Kelgusi payshanba kuni keling. Kutaman. Xatlarni ham o‘zim oyimdan olib qo‘yaman...

... buning hammasi

Siroj muallimga bog‘liq butun voqealar singari aloq-chaloq tushni , hayotdan ko‘ra ko‘proq hayolga o‘rin bergan telbalikni eslatardi.

Ko‘chaga chiqqanimda, nechundir otamdan qolgan eski kitobdan “Shayton tandagi qon kabi...” degan so‘zlarni esladim. O‘zimcha: “Enag‘arning bolasi...” deb o‘yladim. Bu shaytongami, Siroj muallim yoki Mamlakatxongami – kimga tegishli bilmas edi.29

Choyxonadagi odam kim?! Begona birovmi yoki Siroj muallim?! ...



... Hash-pash deguncha , yana ipdek ariq halqasiga yuzlashdim.

Ariqdan hatlab ichkariga kirdim.

Choyxonada Siroj muallim oldingi gal ro‘paradagi hiyobonda berkinib turib ko‘zim tushgan to‘rt kishi novcha, baqquvat to‘rt yigit bilan nimalarnidir pichirlashgancha, gaplashib o‘tirar edi!

Daf’atan bostirib kelganimga qaramasdan, ular menga ortiqcha e’tibor berishmadi...

... Choyxonadan qaytib ko‘chaga chiqdimu ikkilanib o‘tirmay,

endi Siroj muallimning uyiga qarab yo‘l oldim.

Uning uyi – maktab, qabristondan keyin biron gap aniqlansa – aniqlash mumkin bo‘lgan so‘nggi nuqta edi!”30 (187-bet)

Omon Muxtorning “Ko‘zgu oldidagi odam” romanidagi g‘ayritabiiy kuchlar ya’ni ruhlar bilan bog‘liq manzaralari qaysidir ma’noda bizga nemis shoiri Volfrang van Vogt Gyotening “ Faust” hamda rus yozuvchisi Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romanlariga o‘xshashib ketadi. Eslasak, issiq kelgan bahorning oy to‘lgan kechalardan birida Moskva shaharda g‘aroyib kimsalar va odamga o‘xshab yurib, gapiradigan katta mushuk Begemot paydo bo‘ladi. Voland boshchiligidagi bu guruh shaharda turli tomoshalar ko‘rsatadi. Patriarsh ko‘li bo‘yida MASSOLIT raisi Berlioz va uning hamrohi shoir Bezdomniy taxallusli Ponirev suhbatlariga bir ko‘zi yashil, pinset taqqan g‘aroyib “chet ellik” Isoning umuman bo‘lmagani haqidagi mavzuga aralashadi.

Oxir oqibat o‘zining ateistik qarashlari oqibatida Berlioz bashorat qilingandek o‘lim topadi. Qizchaning tramvay yo‘liga to‘qib yuborgan moyiga sirpanib ketib, qarshilarida shaxdam kelayotgan tramvay g‘ildiragi ostiga boshi bilan yiqiladi va boshi sapchadek uzilib yumalab ketadi.

Shu yo‘sinda jamiyatdagi g‘irrom kimsalar ham o‘zgalarining qilmishlariga yarasha jazolanish manzaralari keltiriladi. Asarning asosiy qahramonlaridan biri bo‘lgan shoir Bezdomniy vositasida Usta va uning sevgilisi Margarita haqidagi syujet chiziqlariga ulanib ketadi. Asardagi eng muhim jihati ikki makon va zamon o‘zaro tutash va parallel qo‘yiladi. Ikki zamonni Voland bog‘lab turadi. Qadimgi zamondagi Iso va Usta obrazlari, jabr ko‘ruvchi bandalar va jabrlovchilar sifatida badiiy makon kishilari tasnif topadilar.

Asarning kulminatsion nuqtasida Vali Siroj muallim haqida to‘liq ma’lumot ilinjida yana o‘sha choyxonada uchratadi.

Asardagi ruhlarning funksiyasi asta sekin yoritib boriladi. To‘rtinchi sahifa “ Iltijo” bobida.

Bir paytlari bo‘lganidek, yomg‘ir yog‘ib, bexosdan osmon parchalandi.


Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish