Tadqiqotning predmetini Omon Muxtor romanlarida ruh obrazining ifodalanishi talqinlarni tadqiq etish va shu yozuvchining ruh obrazi vositasida ijodiy g‘oya ifodalashini aniqlash tashkil qiladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
–yangi o‘zbek adabiyotida Omon Muxtor ijodi misolida ruh obrazining ifodalanishi, davr ruhi bilan mutanosibligi, ijodkor maqsad qilgan fikr va qarashlarning majoziylik bilan aloqasi ochib berilgan;
–ruh obraziga ramziy ma’nolar yuklatilib, o‘ziga xos original ramziy tasvirlar yaratishda muallif mahorati aniqlangan;
–«Ming bir qiyofa», «Ko‘zgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba» asarlaridagi ruh obrazi uning xarakterli belgilarini ifodalash orqali turli xarakterdagi inson tasvirining yaratilganligi asoslangan;
–ruh obrazi o‘z harakat-xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muallifga ramziy obraz, ramziy fikr anglatuvchi tasvir yaratishga asos bo‘lgani va ular yaxshi va yomon insonlar, do‘st va dushmanlarning ramziy tasvirini yaratishga vosita bo‘lib xizmat qilishi dalillangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |