Fe'l. Fe'lning ma'nosi va grammatik belgilari



Download 43,05 Kb.
bet1/14
Sana20.07.2022
Hajmi43,05 Kb.
#825572
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Fe\'l. Fe\'lning ma\'nosi va grammatik belgilari

Fe'l. Fe'lning ma'nosi va grammatik belgilari


Predmetning ish-harakati va holatini bildiradigan so'zlar fe'l deyiladi. Masalan. o'qidi, yozdi, keldi, ketdi, uxladi, o'tirdi
kabi. Fe'llar o'ziga xos morfologik xususiyatlarga ega. Binobarin, fe'llardagi o'timli, o'timsizlik, bo'lishli, bo'lishsizlik, nisbat, zamon, mayl kategoriyalari, fe'lning xoslangan shakllarining mavjudligi, tuslanish tuzumi, shuningdek, maxsus fe'l yasovchi qo'shimchalar fe'l turkumining morfologik qamrovi kengligini ko'rsatadi.
Fe'llar gap tuzilishiga ko'ra ba'zan otlarga ko'ra ham faoldir. Fe'l gapning tuzilishidagi muhim sintaktik asosidan biridir. Fe'llar gapda asosan kesim bo'lib keladi. Xoslangan shakllarning mavjudligi esa fe'llarning sintaktik qamrovini kengaytirgan. Xoslangan shakllar mavjudligi uchun fe'l gapda ega, kesim: birlashgan -o'zar. (Maqol.) Aniqlovchi: kerilganning to'yini ko'r, maqtanganning uyini ko'r. (Maqol.) To'ldiruvchi: qo'rqqanga qo'sha ko'rinar (Maqol.) kabi vazifalarda keladi.

O'timli va o'timsiz fe'llar


Fe'l anglatgan harakatning predmetga munosabati o'timli, o'timsizlikni hosil qiladi. O'timli-o'timsizlik fe'lning tushum kelishigidagi so'z bilan bog'lanish yoki bog'lanmasligi bilan belgilanadi. O'timli fe'l tushum kelishigidagi so'z bilan bog'lanib, harakatni shu so'z anglatgan predmetga o'tganligini bildiradi. Masalan, Ikromjon boshini ko'tarib, uni ko'rdi-yu, mashaqqat bilan o'rnidan turdi. (S.A.) Domla eshikni qarsillatib yopdi-da, boshi aylanganday bo'lib devorga suyandi. (O.Yo). Tik, sirg'anchiq qoyatoshga chiqib o'rganmagan savdogarlar jihozlarini olib kelayotganda juda qiynalib qolishdi. (P. Q.) Harakat predmetga to'la o'tsa, fe'l chiqish kelishigidagi ot bilan birikadi. Faqat idorama-idora yurib ishga sho'ng'ib ketgandagina bu o'ylar sal yodidan ko'tarilib, xayoli boshqa narsalarga alahsidi. (O.Yo.)
Biror predmetga o'tmaydigan harakatni bildiradigan fe'llar o'timsiz fe'llar deyiladi. O'timsiz fe'llar tushum kelishigidagi so'z bilan bog'lanmaydi. Otaqo'zi tog'asining ketidan hovliga qaytib kirarkan, gapni nimadan boshlashni o'ylab, yuragi uvishib ketdi. (O.Yo.) Nizomjon nimalar bo'Iayotganini tushunolmay, hamon supa oldida garang turardi .(S.A.)
Fe'llardagi o'timli-o'timsizlik fe'l ifodalaydigan ma'noga ko'ra qo'shimchasiz mavjud bo'ladi. O'timli- o'timsizlikning bu shakli lug'aviy-semantik shakldir. Masalan, ol, ber, qo'y, o'qi, yoz, chiz, hayda, so'ra, -o'timli; tur, uxla, o'yna, kel, ket kabilar lug'aviy ma'nosiga ko'ra o'timsiz fe'llardir. O'timli-o'timsizlikni hosil bo'lishida fe'l nisbatlarini yasovchi qo shimchalar kuchli ta'sir qiladi. O'timli-o'timsizlikning bu yo'l bilan hosil bo'lishi morfologik usul hisoblanadi.
Fe'l nisbatini yasovchilar o'timli-o'timsizlikka tubandagicha ta'sir qiladi. 1.0'zlik va majhul nisbat yasovchi qo'shimchalar o'timli fe'lni o'timsiz fe'lga aylantiradi: ko'r- ko'rin, tara-taran, yuv-yuvin, yech-yechin, kiy -kiyin 2. Orttirma nisbat yasovchilar o'timsiz fe'lni o'timli fe'lga aylantiradi: yur- yurgiz, kel- keltir, uxla- uxlat, o'yna- o'ynat. Orttirma nisbat qo'shimchasi o'timli fe'ldan o'timsiz fe'l ham hosil qiladi: yoz- yozdir, o'qi- o'qit, ter-terdir kabi.
Qo'shma fe'llarda o'timli- o'timsizlik yetakchi fe'lga nisbatan belgilanadi. Agar yetakchi fe'l o'timli bo'lsa, qo'shma fe'l ham o'timli: yozib ber, aytib ber kabi: yetakchi fe'l o'timsiz bo'lsa, butun qism o'timsiz hisoblanadi: kelib ket, yotib tur kabi.

Download 43,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish