Fe'l. Fe'lning ma'nosi va grammatik belgilari


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Download 43,05 Kb.
bet8/14
Sana20.07.2022
Hajmi43,05 Kb.
#825572
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Fe\'l. Fe\'lning ma\'nosi va grammatik belgilari

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Fe'lning qanday xoslangan shakllari mavjud?

  2. Qanday qo'shimchalar sifatdosh hosil qiladi?

  3. Ravishdoshlarning qanday turlari mavjud?

  4. Harakat nomidagi otga va fe'Iga xos xususiyatlar nimalardaniborat?

  5. Qaysi shakllar modal shakllar?

  6. Tuslanish deb nimaga aytiladi?

Fe'l zamonlari


Ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytga bo'lgan munosabatlarini ifodalaydigan kategoriyalar fe'l zamonlari deyiladi. Ish- harakat nutq so'zlanib turgan paytdan oldin, bir vaqtda yoki keyin bajarilishi mumkin. Shunga ko'ra fe'llarda uch zamon shakli mavjud. O'tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon. Bu zamon shakllari bir necha turlarga ham bo'linadi. Chunki harakat ma'lum bir paytda so'zlovchining ko'z oldida bajarilishi mumkin bo'lganidek, harakat haqida boshqa biror shaxs xabar qilishi mumkin, yoki harakat nutq jarayonida boshlanib, tugashi yoki keyinchalik ham davom etishi mumkin.
O'tgan zamon fe'li. Ish-harakatning nutq jarayonidan oldin bajarilganini bildiradi. O'tgan zamon fe'li ko'p shaklliligi, turli-tuman ma'no xususiyatlariga egaligi bilan ajralib turadi. O'tgan zamon fe'lining quyidagi ma'no turlari mavjud.
1. Aniq o'tgan zamon fe'li. 2. Uzoq o'tgan zamon fe'li. 3. O'tgan zamon hikoya fe'li. 4. O'tgan zamon davom fe'li. 5. O'tgan zamon maqsad fe'li. Aniq o'tgan zamon fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytdan oldin, so'zlovchi ko'z oldida aniq bajarilganini bildiradi. Bu fe'l shakl fe'l negiziga -di qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan hosil bo'ladi.
birlik ko'plik
I. yozdim yozdik
II. yozding yozdingiz
III.yozdi yozdi (-lar)
Aniq o'tgan zamon fe'li bir vaqtda bajarilgan,davom etmaydigan harakatni ifodalaydi. Yoy o'qi nishon yog'ochiga yetib urilgani baralla eshitildi. (P.Q.) Endi men o'zimning qilmishimdan pushaymon bo'ldim.(A.Q.)
Uzoq o'tgan zamon fe'li nutq so'zlanib turgan paytdan ancha ilgari bajarilgan ish- harakatni ifodalaydi. Kelini Mehriniso Toshkentlik, o'g'li ikkisi o'qish davrida topishgan. (O.Yo.)
Uzoq o'tgan zamon shakl fe'l negiziga -gan qo'shimchasini qo'shish va tuslash orqali hosil bo'ladi.
birlik ko'plik

  1. yozganman yozganmiz

  2. yozgansan yozgansiz

  3. yozgan yozgan (-lar)

Uzoq o'tgan zamon fe'li ma'no jihatidan quyidagicha:

  1. Harakat so'zlovchining ko'z o'ngida bajarilmaydi. Harakat-nikig bajarilishi haqida so'zlovchi eshitgani asosida yoki turli faktlarasosida xabar beradi. Hirotda ta'lim olib kelgan andijonlik me'mormulla Fazliddin mana shu kumush va marmar hovuzli tillakorishiyponni qurgan paytlarida yosh Boburga Navoiy haqida juda ko'pajoyibhukoyalar aytib bergan edi.(P.Q.)

  2. Harakatning bajarilganligi haqidagi noaniqlik, gumon ma"-nolari ifodalanadi. Bu shakl -gan qo'shimchasidan keyin -dirqo'shimchasini qo'shilishi bilan hosil bo'ladi: borgandir,o'qigandir kabi.

  3. Nutq jarayoniga nisbatan ancha ilgari yuz bergan harakatifodalanadi. Ilgari bajarilgan harakat, so'zlovchi ko'z oldidabajarilgan bo'lib dan qo'shimchasi sifatdoshga edi to'liqsiz fe'linibiriktirish va tuslash bilan hosil bo'ladi.


Download 43,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish