-ik (-iq) qo'shimchasi ot, ravish, son va boshqa so'zlargaqo'shilib o'zakdan anglashilgan predmet belgiga munosabat ma'nosiniifodalovchi fe'l yasaydi: to'liq, kechik, birlik, chiniq kabi.
-sira qo'shimchasi ot va olmosh negizlariga qo'shilib, predmetga munosabat ma'nolarini anglatuvchi fe'llar yasaydi: suvsira, sensira, uyqusira, yotsira, gumonsira kabi.
-i qo'shimchasi ot va sifat negizlariga qo'shilib, negiz anglatgan predmet yoki holatga egalik qilish ma'nosidagi fe'llar yasaydi: boyi, tinchi.
-qir, -ilia qo'shimchasi taqlidiy so'zlarga qo'shilib negiz anglatgan ma'noni bajarishni ifodalovchi fe'llar yasaydi: hayqir, o'shqir, gurilla, vishilla kabi.
-Ian (-lash) qo'shimchasi fe'l nisbatlarini yasaganidek. ot va sonlardan fe'l yasaydi: otlan, gaplash, birlash kabi.
Sintaktik usul bilan murakkab va juft fe'llar yasaladi. Murakkab fe'llarmng qismlari har xil . Ularning biri asosiy ma" no anglatib, murakkab fe'lning ma'no ifodalashi yetakchi qism vazifasini bajaradi. Ikkinchi qism esa qo'shimcha ma'no ifodalab, yordamchi qism vazifasida qoladi. Asosiy ma'no ifodalovchi qism yetakchi qism, unga birikkan qism esa ko'makchi qism hisoblanadi.
Murakkab fe'llarning birinchi qismi fe'ldan yoki fe'l boimagan so'zlardan tashkil topadi.
1. Fe'lning ravishdosh shaklidan tashkil topadi: ayta oldi, yozib
oldi, chopib bordi, kulib qo'ydi kabi.
2. Fe'l bo'lmagan so"zlardan tashkil topadi: quloq soldi,
buyruq berdi, nazar soldi kabi.
Qo'shma fe'llarning yetakchi qismi fe'l va fe'l bo'lmagan so'zlardan tuzilishi ularni muayyan tiplarga ajratishni taqoza etadi. Shunga ko'ra murakkab fe'llar ikki turga: birinchi tip murakkab fe'llar va ikkinchi tip murakkab fe'llarga bo'linadi.
birinchi tip murakkab fe'llarning yetakchi qismi fe'l bo'lmagan so'zlardan tashkil topadi. Bunday fe'llarning ko'makchi qismi bo'l, qil, yet, ayla, ol, ber, tur, yot, qol, tush, o't, tashia kabi fe'llardan tuziladi: imzo qo'y, quloq sol, e'lon qil, va'da ber kabi. Ikkinchi tip murakkab fe'llarning har ikkala qismi fe'llardan tashkil topadi: yoza boshladi, olib keldi, ko'rib chiqdi kabi.
Juft fe'llar fe'llarning takrorlanib kelishidan hosil bo'ladi. Juft fe'llarda ham asosiy ma'no birinchi qism orqali anglashilgan: oldi-berdi, bordi- keldi, aytdi, -qo'ydi kabi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Fe'llar qanday usullar bilan yasaladi?
Fe'l yasovchi qo'shimchalar qaysilar?
Qanday fe'llar murakkab fe'llar hisoblanadi?
Antaliy mashqlar
Fe'llarni tahlil qilish tartibi
l.Fe'lningo'timli, o'timsizligi, bo'lishli, bo'lishsizligi.
Fe'l nisbatlan.
Shaxs-son va zamoni.
Xoslangan shakllari.
Tuzilishigako'raturlari.
Tub va yasamaligi. Yasalish usuli.
Gapdagivazifasi.
Namuna: Qorong'i tushgandan keyin tor ko'chaning qoq o'rtasi ham bir oz oqardi. (A.Q.) Tushgandan - fe'l, o'timsiz, boiishli, aniq nisbat, III shaxs, birlik, o'tgan zamon, sifatdosh, sodda, tub, hoi. Mashq. Fe'llarni topib o'timli va o'timsiz, bo.'lishli va boiishsiz fe'llarni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |