Fe'IIarning yasalishi
Reja:
Ravish. Ravishning ma'nosi vagrammatik belgilari
Ravishlarning yasalishi
Yordamchi so'zlar. Yordamchi so'zlar haqida ma'lumot
Ko'makchilar haqida ma'lumot
Bog'lovchilar haqida ma’lumot
Yuklamalar haqida ma'lumot
Modal so'zlar haqida ma'lumot
Undov so'zlar haqida ma'lumot
Taqlidiy so'zlar haqida ma'lumot
Adabiyotlar:
H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2005
M.Mirzayev, C.Usmonov, I.Rasulov. O’zbek tili. T.,1978
O’zbek tili leksikologiyasi. T., 1981.
B.Mengliyev, O’. Xoliyorov. O’zbek tilidan universal qo’llanma. T., 2007
Ne’matov H., Rasulov R. O’zbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995.
Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. T., 1996
Qilichev E. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Buxoro, 2001
S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2001
S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi o’zbek tili. T., 2003.
Fe'llar asosan ikki usul bilan yasaladi. 1. Morfologik usul. 2. Sintaktik usul. Morfologik usul bilan fe'l yasalishida so'zlarga maxsus fe'l yasovchi qo'shimchalar qo'shish orqali yangi fe'l yasakdi. Fe'llar asosan ot, sifat, son, olmosh, qisman, ravish, undov va taqlidiy so'zlardan yasaladi. Fe'llar quyidagi qo'shimchalar bilan yasaladi.
l.-la qo'shimchasi. Bu qo'shimcha ko'plab fe'l yasashda ishtirok etishi bilan xarakterlanadi. Chunki, deyarli barcha so'z turkumlaridan -la qo'shimchasi yordamida fe'l yasaladi. Jumladan -la qo'shimchasi bilan otlardan yasalgan fe'llar quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:
a) negizdan anglashilgan predmet bilan shug'ullanish, unga egalik qilish uni yuzaga keltirish ma'nolaridagi fe'llar yasaydi: ho'lla, tezla, sekinla, yangila, qorala kabi.
negizdan anglashilgan predmetga o'xshashlik ma'nosidagife'l yasaladi: muzla. yelimla, bo'g'izla;
negizdan anglashilgan predmetlarning o'rin yoki paytgamunosabatini anglatuvchi fe'llar yasaydi: qishla, yozla kabi. -laqo'shimchasi undov va taqlidiy so'zlarga qo'shilganda ruhiy holatva o'zakdan anglashilgan tovushga o'xshashlikni ifodalovchi fe'llaryasaydi: ohla, ufla, uhla, shivirla, shitirla, qitirla kabi.
-la qo'shimchasi, ot, sifat va taqlidiy so'zlarga qo'shilib,o'zakdan anglashilgan predmetni hosil qilish, predmetga o'xshatish,harakatga o'tish ma'nosidagi fe'llar yasaydi: osha, sana, o'yna,bo'sha, guldira kabi.
-y(-ay) ot. sifat, ravish negizlardan fe'l yasaydi: kuchay,qoray, ulg'ay, zo'ray.
-r (- ar) qo'shimchasi sifatga qo'shilib, belgiga egalikma'nosidagi fe'llar yasaydi: ko'kar, qizar, yoshar.
Do'stlaringiz bilan baham: |