3-laboratoriya ishi gidravlik zarb. Gidravlik taran hodisasini tajribada ko’rish ishdan maqsad



Download 0,64 Mb.
bet1/5
Sana16.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#678163
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3 Laboratoriya ISHI


3-LABORATORIYA ISHI


GIDRAVLIK ZARB. GIDRAVLIK TARAN HODISASINI TAJRIBADA KO’RISH


Ishdan maqsad: gidravlik taranning ishlash tartib-qoidalarini o’rganish



HM 150.15 Gidravlik zarba yordamida bosim bilan haydaydigan gidravlik taran tajriba uskunasi gidravlik taran ishlashini namoyish qilish uchun qo’llaniladi. Bunday turdagi nasos yordamida suvni qo’shimcha mexanik energiya bilan ta’minlamasdan katta balandlikka bosim orqali haydash mumkin. Mazkur texnologik jarayonda oqar suvning mexanik harakat (kinetik) energiyasi oniy tormozlash orqali bosimning potensial energiyasiga aylanadi. Quvurlarda bosim sakrashi (keskin o’zgarishi) holatlari yuzaga kelishini va ta’sirini ham namoyish qilish mumkin.
Uskuna gidromexanika sohasida tajribalar o’tkazish uchun HM 150 tayanch moduli bilan foydalanish uchun mo’ljallangan. Yetarli darajada suv ta’minoti mavjud bo’lgan holatda, uskunadan bevosita suv quvur yo’li (vodoprovod) tarmog’i orqali foydalanish mumkin.
Uskuna texnik xizmat ko’rsatilishini talab qilmaydi va zanglashga (korroziyaga) chidamli materiallardan tayyorlangan.
Uning oddiy tuzilishi va aniq namoyish qilingan (klapanning ochilishi va shaffof idishlar) foydalanish tartib-qoidalari tufayli uskuna ma’ruzalarda namunali misollar yoki o’quvchilar tajribalari uchun ajoyib tarzda mos keladi.
1.1-rasm: Gidravlik plunjer.

JIHOZNING TUZILISHI

    1. Joylashish sxemasi


3.1-rasm: HM 150.15 qurilmasining joylashish sxemasi



1

Suvni chiqarib yuborish klapani

9

1-suv bosimi hosil qiladigan bak

2

Suvni chiqarib tashlaydigan quvur

10

Rostlash klapani

3

Havo qalpog’i

11

Kiritish klapani

4

Vertikal quvur

12

Suv quvur yo’li (vodoprovod) quvuri

5

Quvur

13

Suvni chiqarib tashlaydigan quyish quvuri

6

2-suv bosimi hosil qiladigan bak

14

Suvni chiqarib tashlaydigan moslama.

7

Rostlanadigan quyish quvuri

15

Ishlatilgan suyuqlik uchun suvni chiqarib yuborish klapani

8

Quyish quvuri

16

Klapanli blok













Uskuna, asosan, ikkita suv bosimi hosil qiladigan bak, quvurlar, havo kamerali klapanli blok hamda taalluqli kirish va chiqish qisqa quvurlaridan tashkil topgan.


Barcha detallar panelga o’rnatilgan.
Suv quvur yo’li (vodoprovod) quvuridan (12) suv kiritish klapani (11) orqali o’tadi va birinchi suv bosimi hosil qiladigan bakka (9) kelib tushadi.
Umumiy quyish quvuri (8) suvning doimiy darajasini bir maromda saqlaydi. Biroz ko’tarilgan konteyner L uzunlikdagi suv quvur yo’li (vodoprovod) quvurini (5) ta’minlaydi. Suyuqlik sarflanishini ikkinchi rostlash klapani (10) yordamida rostlash mumkin.
S uv quvur yo’li (vodoprovod) quvuri orqali uzatilgandan so’ng suv klapanli blokka (16) kelib tushadi. Yuklangan ishlatilgan suyuqlik uchun suvni chiqarib yuborish klapani (15) klapanli blokda o’rnatilgan. Quvurda suv oqimi tezligi kichik bo’lgan vaqt mobaynida, ushbu klapan ochiq holatda qoladi va suv qarshiliksiz suvni chiqarib tashlaydigan moslamaga (14) kelib tushadi. Agar suv oqimi tezligi kuchaytirilsa, ishlatilgan suyuqlik uchun suvni chiqarib yuborish klapani suv oqimi kuchlanishi bilan shu zahoti bekitiladi.
Quvurda bosim oshirilishi klapanning to’sma qopqog’ini (18) ochadi, shuningdek klapanli blokda o’rnatilgan to’sma qopqoqni ochadi va suv havo qalpog’iga (3) kelib tushadi. Bu yerdan suv vertikal quvur (4) orqali o’tadi va ikkinchi suv bosimi hosil qiladigan bakka (6) kelib tushadi. Bosim balandligini rostlanadigan quyish quvuri (7) orqali rostlash mumkin. Nasos bilan uzatiladigan suv suvni chiqarib tashlaydigan quvurda (2) paydo bo’ladi.
Suv darajalarini har ikki suv bosimi hosil qiladigan bakda o’rnatilgan shkala bo’yicha hisoblab chiqish mumkin. 3.2-rasm: Klapanli blok va havo kamerasi
Shkala hisobining boshlanishi klapanli blokning yuqori qismidan boshlanadi.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish