Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Kimyoviy tarkibi.
Mahsuloti tarkibida 2,63% gacha tussilyagin
va boshqa achchiq glikozidlar hamda gallat, olma va vino kislota-
lar, 70–251 mg % vitamin C, 5,18 mg % karotinoidlar, 0,25%
flavonoidlar, 8,46—9,61% oshlovchi, 7—8% shilliq va boshqa
moddalar bo‘ladi. Oqqaldirmoq o‘simligining gul to‘plami tarki-
bida sterinlar, faradiol, flavonoidlar (0,36% rutin, 0,28% giðe-
rozid) hamda 172-253 mg % vitamin Ñ bor.
Ishlatilishi
. Oqqaldirmoq o‘simligining dorivor preparatlari
yumshatuvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va dezinfeksiya qiluvchi
hamda yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Shuning uchun ular
bronxit, laringit va o‘pka kasalliklarida balg‘am ko‘chiruvchi vo-
sita sifatida ishlatiladi.


63
Dorivor preparatlari.
Damlama, qaynatma. Bargi ko‘krak
kasalliklarida ishlatiladigan hamda ter haydovchi choy-yig‘malar
tarkibiga kiradi.
TARKIBIDA VITAMINLAR BO‘LGAN
DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA
MAHSULOTLAR
IX BOB
Vitamin odam va hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan, turli kimyoviy tuzilishdagi organik birikmalardir. Orga-
nizm uchun juda kam miqdorda talab etiladigan (oqsil, yog‘ va
uglevodlardan farqi) bu birikmalar fermentlar molekulasi tarki-
biga kirib, to‘qimalardagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Odam va hayvonlar organizmi vitaminlarni faqat o‘simlik-
lardan oziq-ovqat bilan birga oladi. Shuning uchun ovqat mah-
sulotlari tarkibida biror vitaminning bo‘lmasligi yoki yetishmas-
ligi odam va hayvonlar organizmida moddalar almashinuvining
buzilishiga, keyinchalik esa 
avitaminoz
hamda 
gipovitaminoz
deb
ataladigan og‘ir kasalliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
1880-yilda rus olimi — shifokor N.I. Lunin hayvon orga-
nizmi vitaminsiz hayot kechira olmasligini birinchi marta
aniqlagan.
1912-yilda polyak olimi K. Funk „vitamin“ terminini ishla-
tishni (vita —
hayot,
vitamin —
hayot amini
demakdir) tavsiya
etgan. U davrda barcha vitaminlar tarkibida amin guruhi bo‘lsa
kerak, deb faraz qilingan. Lekin vitaminlarning kimyoviy tarkibi
aniqlangandan so‘ng bu fikrning noto‘g‘ri ekanligi ma’lum
bo‘ldi. Hozir vitaminlarning kimyoviy tuzilishi aniqlangan bo‘l-
sa-da, eski odat bo‘yicha ular „vitamin“ so‘zi va lotin alfa-
vitining bosh harfi bilan ataladi.
Deyarli barcha vitaminlar o‘simlik organizmida sintezlanadi.
Faqat vitamin A va D ni hosil qiladigan birikmalar — 
provita-
minlar
o‘simlik to‘qimalarida sintezlanib, hayvon organizmiga
o‘tgandan so‘ng ular o‘z vitaminiga aylanadi.
O‘simliklar o‘sa boshlagan birinchi kundan boshlaboq to‘qi-
mada vitaminlar biosintezi boshlanadi. Ular miqdori o‘simlik-
ning o‘sish davrida doimo o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish juda
ko‘p omillarga bog‘liq. Xususan, o‘simlikning o‘sish joyi va
iqlimi, yorug‘lik, mineral va organik o‘g‘itlar, namlik, mikro-
elementlar, tuproqdagi mineral tuzlar tarkibi va konsentratsiyasi


64
hamda kislotali sharoit vitaminlarning biosinteziga ta’sir ko‘r-
satuvchi omillar hisoblanadi.
Vitaminlar erituvchilarda erishiga qarab ikki guruhga bo‘-
linadi:
1. 
Suvda eruvchi vitaminlar
— B
1
, B
2
, B
6
, PP, H, P, Ñ
va U vitaminlar, pantoten, folat, para-aminobenzoat kislotalar,
inozit va boshqalar.
2. 
Yog‘larda eruvchi vitaminlar
— A, D, E va K
1
vitaminlar.
Mahsulot tarkibidagi vitaminlar miqdori doimo o‘zgarib,
ko‘pincha o‘simliklarning gullash davrida yerustki organlarida
eng ko‘p miqdorda to‘planadi. Mevalarda esa ular pishib yetilgan
vaqtida ko‘p yig‘iladi. Shuning uchun vitaminli mahsulotlarni
tayyorlash yuqorida aytib o‘tilgan vitaminlarga boy davrida
o‘tkazilishi kerak.
Ko‘pchilik vitaminlarning o‘zi turg‘un birikma bo‘lsa ham
ma’lum sharoitlarda (yuqori harorat, namlik, yorug‘lik va bosh-
qa omillar ta’sirida) oksidlanishi, parchalanishi yoki boshqa
o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Natijada vitaminlar o‘zining
biologik faolligini yo‘qotadi. Vitaminli mahsulotlarning yuqori
sifatliligini saqlab qolish uchun ularni tayyorlash, quritish va
saqlashda yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlarni hisobga olish zarur.
Vitaminli mahsulotlar havo quruq vaqtida, shudring ko‘ta-
rilgandan so‘ng yig‘ilishi lozim. Yig‘ilgan mahsulotni bir yerga
to‘plab qo‘ymasdan, tezda soya joyda yoki quritgichlarda (me-
valari ochiq havoda) quritilishi maqsadga muvofiq. So‘ngra
yig‘ilgan mahsulotni vitamin olish yoki Galen preparatlari tay-
yorlash uchun tezda zavodlarga yuboriladi yoki omborlarda va
dorixonalarda quruq, salqin, quyosh nuri tushmaydigan joy-
larda, maxsus idishlarda saqlanishi lozim.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish