Farmokognoziya oxiri p65


SUVDA ERIYDIGAN VITAMINLAR SAQLOVCHI DORIVOR



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

SUVDA ERIYDIGAN VITAMINLAR SAQLOVCHI DORIVOR
O‘SIMLIKLAR VA MAHSULOTLAR
ASKORBIN KISLOTAGA BOY DORIVOR O‘SIMLIKLAR
VA MAHSULOTLAR
Askorbin kislota (vitamin C) rangsiz, suvda yaxshi, spirtda
yomonroq eriydigan kristall modda. O‘simliklarda qutblangan
nur tekisligini o‘ngga va chapga buradigan stereoizomerlar
holida uchraydi. O‘ngga buruvchi izomerlarining biologik ta’-
siri ancha kuchsiz.
Askorbin kislota kristall holdagi turg‘un birikma bo‘lsa-da,
nam ta’sirida tezda oksidlanib, oksidlangan formasi — degidro-


65
askorbin kislotaga o‘tadi. O‘simlik to‘qimalarida askorbin
kislotaning oksidlanishi fermentiar ta’sirida (ayniqsa, askor-
binaza fermenti ta’sirida) juda tez boradi.
Degidroaskorbin kislota beqaror birikma, shu sababli u
tezda parchalanib ketishi mumkin. Degidroaskorbin kislota
biologik faol bo‘lib, o‘simlik to‘qimalarida askorbin kislota bilan
birga uchraydi va ma’lum sharoitda fermentlar ta’sirida qay-
tarilib, askorbin kislotaga aylanadi. Degidroaskorbin kislotani
laboratoriya sharoitida vodorod yordamida qaytarilib, askorbin
kislotaga o‘tkazish mumkin.
NA’MATAK MEVASI – FRUCTUS ROSAE 
(FRUCTUS
CYNOSBATI)
O‘simlikning nomi.
XI DF siga binoan mahsulot askorbin
kislota miqdori bo‘yicha standart talabini qondira oladigan na’-
matakning quyidagi 13 ta turidan tayyorlanadi:
Begger na’matagi — Rosa beggeriana schrenk.
Itburun na’matak— Rosa canina L.
May na’matagi (dolchinsimon na’matak) — Rosa majialis
Herrm. (Rosa cinnamomea L.).
Tikanli na’matak — Rosa acicularis Lindl.
Fedchenko na’matagi — Rosa fedtschcnkoana Regel.
Qo‘qon na’matagi — Rosa kokanica (Regel.) Regel. ex Jus.
va boshqalar.
Ra’noguldoshlar — Rosaseae oilasiga kiradi.
Na’matak turlarining bo‘yi 2 m ga yetadigan tikanli buta (8-
rangli rasm). Novdasi egiluvchan bo‘lib, yaltiroq, qo‘ng‘ir-qizil
yoki qizil-jigarrang tusli po‘stloq bilan qoplangan. Bargi toq
patli, poyada bandi bilan ketma-ket o‘rnashgan. Bargchasi (5—
7 ta) tuxumsimon shaklli va arrasimon qirrali. Gullari yirik,
yakka yoki 2—3 tadan shoxlarga o‘rnashgan. Guli qizil, pushti,
sariq yoki oq rangli, xushbo‘y hidli. Guloldi barglari lanset-
simon. Kosachabargi va tojbargi 5 tadan, otalik va onaliklari ko‘p
sonli. Mevasi — gul o‘rnidan hosil bo‘lgan shirali soxta meva.
Ichida onaliklaridan hosil bo‘lgan bir nechta haqiqiy meva —
yong‘oqchalar bor. Yong‘oqcha o‘tkir uchli, sertuk bo‘lib, bur-
chaksimon shaklga ega.
May oyidan boshlab, iyulgacha gullaydi, mevasi avgust-
sentabrda pishadi. Na’matak turlari o‘rmonlarda, ariq bo‘ylarida,
butalar orasida, tog‘larning quruq toshloq yonbag‘irlarida va
boshqa yerlarda o‘sadi.


66
Na’matakning ayrim turlari bir-biridan mevasining, novda-
po‘stlog‘idagi tikanning rangi, shakli, katta-kichikligi hamda
novdadagi tikanlar soni va joylashishiga qarab farq qiladi.
May na’matagi
bo‘yi 1—1,5 m ga yetadigan buta. Shoxlari
yaltiroq, qo‘ng‘ir-qizil rangli po‘stloq bilan qoplangan. Shox-
laridagi tikanlari barg bandining asos qismida juft-juft bo‘lib
joylashgan. Bundan tashqari, to‘g‘ri yoki biroz qayrilgan ti-
kanlar shoxlarning pastki qismida juda ko‘p bo‘ladi. Bargchalari-
ning pastki tomonida yopishgan tuklar bor. Bu o‘simlik Mol-
dova, Ukraina, Belorus, Boltiqbo‘yi, Rossiyaning Yevropa qis-
mining o‘rmon va o‘rmon-cho‘l zonasida, G‘arbiy va Sharqiy
Sibirda, Qozog‘istonda uchraydi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish