1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH
VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
H. X. XOLMATOV, O‘. A. AHMEDOV,
N. A. MUSAYEVA
FARMAKOGNOZIYA
VA BOTANIKA ASOSLARI
Tibbiyot kollejlari uchun darslik
3- nashri
„O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI
TOSHKENT — 2017
2
UO‘K 615:58(075)
KBK 52.82ya722
28.5ya722
Farmakognoziya talabalarga mutaxassislik beradigan va
farmatsevtika institutlarida (yoki fakultetlarida) hamda tibbiyot
kollejlarining farmatsevtika bo‘limlarida o‘qitiladigan asosiy
fanlardan biridir.
Farmakognoziyadan yozilgan bu darslik tasdiqlangan hamda
amalda ishlab turgan dastur asosida tuzilgan bo‘lib, talabalarga
dorivor o‘simliklar va qisman hayvonlardan olinadigan mahsu-
lotlar (dorivor o‘simliklar va ularning mahsuloti nomlari, mor-
fologik tasviri, o‘sish yoki ekiladigan joyi, yig‘ish, quritish,
saqlash va tahlil qilish usullari hamda tibbiyotda qo‘llanishi)
to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi.
Darslik tibbiyot kollejlarining farmatsevtika bo‘limlarida
bilim olayotgan talabalarga, dorixona xizmatchilariga hamda
dorivor o‘simliklar bilan qiziqadigan keng kitobxonlar om-
masiga mo‘ljallangan.
Taqrizchilar:
f. f. d.
F. F. O‘rmonova,
Olmazor tibbiyot kolleji o‘qituvchisi
M. Sidiqxo‘jayeva
© „O‘qituvchi“ NMIU, 20
1
7.
ISBN 978-9943-22-164-2
© H. X. Xolmatov va b.
3
SO‘ZBOSHI
Farmakognoziya tibbiyot kollejlarining farmatsevtika
bo‘limida o‘qitiladigan va o‘quvchilarga mutaxassislik bo‘yicha
bilim beruvchi asosiy fanlardan biridir.
Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazir-
ligining o‘quv yurtlari Bosh boshqarmasi tomonidan 2003-
yilda tasdiqlangan, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining 3720503
„Farmatsevt“ mutaxassisligi uchun farmakognoziyadan tu-
zilgan dasturga muvofiq yozildi.
Keyingi vaqtlarda farmakognoziya fanining mazmuni ancha
o‘zgarishlarga uchradi. Shu orada — 2003-yilda yangi dastur
tasdiqlandi; Davlat farmakopeyasi (DF) ning XI nashri chop
etildi; qator dorivor o‘simliklarning lotin tilidagi eski nomla-
ri qaytadan tiklandi. Yangi dasturga binoan o‘z qimmatini
yo‘qotgan dorivor o‘simliklar o‘qitish dasturidan chiqarildi va
ularning o‘rni yangilari bilan to‘ldirildi; ayrim o‘simliklarni
kimyoviy tarkibi chuqurroq o‘rganilib, ularni biologik faol mod-
dalari aniqlandi va ajratib olindi, shu moddalarni tahlil qilish
usullari ishlab chiqildi va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan o‘zgarish va yangiliklarni o‘z ichiga olgan
farmakognoziyadan yangi darslikni yaratish hozirgi kun talabi
bo‘lib qolgani uchun mazkur darslik yozildi va nashr etildi.
Darslik to‘g‘risidagi fikr va mulohazalarni mualliflar mam-
nuniyat bilan qabul qiladilar.
Manzil:
Toshkent — 206. Yunusobod dahasi, Yangishahar
ko‘chasi, 1- uy. „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
Mualliflar
4
Do'stlaringiz bilan baham: |