Farmokognoziya oxiri p65


DORIVOR O‘SIMLIKLARNI MUHOFAZA QILISH VA



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

DORIVOR O‘SIMLIKLARNI MUHOFAZA QILISH VA
ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Respublikamizda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarning
tabiiy boyligi har qancha ko‘p bo‘lmasin, baribir ularning ham
chegarasi bor. Yer yuzida cheksiz miqdorda hech qanday boy-
lik bo‘lmaganidek, o‘simlik dunyosining zaxirasi ham cheksiz
emas. Shuning uchun ham tabiiy holda o‘sadigan o‘simlik
boyliklaridan to‘g‘ri foydalanilmasa, bu „cheksiz boyliklar“
ham Yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Tabiatni, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boylik-
lardan (o‘rmon, suv va suv boyliklari, yerosti boyliklari va
boshqalar) to‘g‘ri va oqilona foydalangan holda, ularni kelgusi
avlodlar uchun saqlab qolish zarurligi bizning asosiy qonu-
nimiz — Respublikamiz Konstitutsiyasida qat’iy aks ettiril-
gan va Konstitutsiya darajasida himoya qilinadi.
Yo‘qolib ketayotgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan
o‘simliklarni, jumladan, dorivor o‘simliklarni tabiiy o‘sish sha-
roitida saqlab qolishda, ya’ni ularni muhofaza qilishda akademik
Y. M. Lavrenko va akademik A. L. Taxtajyanlar tashabbusi
bilan tuzilgan sobiq Ittifoq „Qizil kitob“ ining ahamiyati juda
kattadir. „Qizil kitob“ da yo‘qolib ketgan va ketish xavfida
bo‘lgan o‘simliklarning faqat ro‘yxati keltirilgan bo‘lmay, ki-
tobda shu o‘simliklarni tabiiy o‘sish sharoitida saqlab qolish va
tiklash uchun qanday choralar ko‘rish lozimligi hamda yo‘-
qolib ketish sabablari keltirilgan.
Sobiq Ittifoq „Qizil kitob“iga 444 ta, shu jumladan, 20 ta-
dan oshiq dorivor o‘simliklar kiritilgan. O‘zbekiston „Qizil
kitob“iga esa 163 ta o‘simlik kiritilgan. O‘zbekiston dorivor
o‘simliklaridan 10 ga yaqini „Qizil kitob“ga kirgan bo‘lib, ularni
turli maqsadlar uchun tayyorlash va yig‘ish qat’iy man eti-
ladi, zarur bo‘lsa plantatsiyalarda o‘stirish lozim.


18
O‘zbekiston dorivor o‘simliklaridan quyidagilar „Qizil ki-
tob“ ga kirgan:
1. Anjir (yovvoyi holda o‘sadigani). 2. Anor (yovvoyi hol-
da o‘sadigani). 3. Bo‘zulbang. 4. Viktor qoraqobug‘i. 5. Yetmak.
6. Solab turlari. 7. Tillarang adonis va boshqalar.
Ma’rum hudud va tumanlarda o‘sadigan o‘simlik va ya-
shaydigan hayvonlarni tabiiy sharoitda saqlab qolish uchun
qo‘riqxonalar tashkil qilish va shunga o‘xshash boshqa chora-
lar ko‘rish ham ularni muhofaza qilishda ahamiyati kattadir.
Dorivor o‘simliklarning zaxirasini tabiiy sharoitda saqlab
qolish va har yili ulardan ma’lum miqdorda mahsulot tayyorlab
turish maqsadida, yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlardan tash-
qari, yana quyidagi qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.
1. Dorivor o‘simlik mahsulotlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri va ke-
rakli miqdorda tayyorlash, to‘g‘ri quritish va saqlash lozim. Bu
esa yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklarni ortiqcha yig‘ib,
keyinchalik ularni mog‘orlatib va chiritib yoki qurtlatib tash-
lashdan saqlaydi.
2. Dorivor o‘simlik mahsulotlarini ilmiy asoslangan reja
bo‘yicha, ko‘p o‘sadigan joylarni va zaxirasini to‘g‘ri aniqlab
bilgan hamda tayyorlanadigan joylarni vaqt-vaqtida almashtirib
turgan holda yig‘ish lozim. Agar shu keltirilgan qoidalarga
amal qilinsa, unda dorivor o‘simliklar zaxirasini tabiiy o‘sish
joylarida doimo saqlab qolish mumkin.
3. Ko‘p yillik o‘simliklarning yerustki qismi (bargi, guli,
mevasi yoki o‘t qismi) tayyorlanadigan bo‘lsa, ularni ildizi bi-
lan sug‘urib olmaslik lozim. Bordi-yu, yerosti organlari (ildiz-
poya, ildiz, tugunak) kovlanadigan bo‘lsa, mevasi pishib to‘-
kilgandan so‘ng yig‘ish kerak. Aks holda shu dorivor o‘sim-
liklarning tabiiy o‘sish joyida yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi
bo‘linadi.
4. Yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar tayyorlan-
gandan so‘ng (ayniqsa, yerostki organlari kovlab olingandan
so‘ng) ularning qayta tiklanishiga katta ahamiyat berish lozim.
Buning uchun dorivor o‘simlikni yig‘ish vaqtida shu dalada bir
necha tup yaxshi taraqqiy etgan o‘simlikni qoldirish hamda bir
yerdan necha yil davomida o‘simlik mahsulotini yig‘ish mum-
kin va necha yil dam berish kerakligiga qat’iy rioya qilish kerak.
5. Dorivor o‘simliklardan kompleks va hamma qismlaridan
to‘liq foydalanish, ularni kamroq tayyorlashga, natijada tabiiy


19
o‘sish joyida zaxiralarini saqlab qolishga erishiladi. Agarda do-
rivor o‘simliklar ildizpoyasi, ildizi, tugunak yoki piyozi dorivor
mahsulot bo‘lsa, bu o‘simliklarni yerustki qismini kimyoviy va
farmakologik jihatdan o‘rganib, yerostki organlari o‘rnida ish-
latishga tavsiya etish, shu o‘simlikni tabiiy o‘sish joyidagi za-
xirasini saqlab qolishda ahamiyati juda katta. Bu ham dorivor
o‘simliklarni muhofaza qilishning asosiy tadbirlaridan biridir.
Yuqorida keltirilgan dorivor o‘simliklar zaxirasini tabiatda
saqlab qolish tadbirlariga bu mahsulotlarni tayyorlashni uyush-
tiruvchi rahbarlar, shu ishga vakolatli va javobgar shaxslar
hamda teruvchilar birinchi galda qat’iy rioya qilishlari, keyin-
chalik boshqalardan ham talab qilishlari lozim.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish