15
natijasida ularning zaxirasi (miqdori) tabiiy o‘sish joyida juda
ham kamayib ketdi. Shuning uchun hozirgi vaqtda bu o‘sim-
liklar O‘zbekiston „Qizil kitob“iga kiritildi, ularni tabiiy o‘sish
joyida tayyorlash to‘xtatildi va jamoa xo‘jaliklari dalalarida
hamda yovvoyi holda o‘sadigan joylarida o‘stirilmoqda. Bun-
day misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
2. Dorivor o‘simlik mahsulotiga muntazam ravishda talab-
ning oshib borishi va uni yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar
hisobiga qondirilmasligi. Natijada shu o‘simliklarni plan-
tatsiyalarda o‘stirishga to‘g‘ri kelmoqda.
3. Ba’zan kamyob dorivor o‘simliklarga talab katta bo‘lsa,
lekin ularni yovvoyi holda yig‘ish noqulay, qiyin joylarda (ma-
salan, Kavkaz va Qrimning tog‘li tumanlarida o‘sadigan bel-
ladonna va boshqalar) yoki kam miqdorda, katta hududda tar-
qoq holda (masalan, Rossiyaning Yevropa qismida keng tarqal-
gan, lekin siyrak uchraydigan dorivor valeriana va boshqalar)
o‘ssa, bu dorivor o‘simliklar mahsulotini
tayyorlash plantatsi-
yalarida o‘stirishdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday
o‘simliklar ham plantatsiyalarda o‘stiriladi.
4. Yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklarni katta
hajmda tayyorlashning qiyinligi, uni yig‘ib olish uchun qish-
loq xo‘jalik texnikasidan foydalanishning murakkabligi.
Plantatsiyada o‘stiriladigan dorivor o‘simliklar mahsuloti-
ni qulay sharoitda va ta’sirchan kimyoviy biologik faol mod-
dalari ko‘p to‘plangan davrda mashina yordamida yig‘ib olish
mumkin.
5. Qimmatbaho, tibbiyot uchun juda zarur bo‘lgan
dorivor
mahsulot respublikamiz hududida yovvoyi holda o‘smaydi-
gan, tropik yoki subtropik iqlimli davlatlarda o‘sadigan o‘sim-
liklardan tayyorlanadigan bo‘lsa, iloji boricha shu o‘simlikni
o‘zimizda o‘stirishga harakat qilinadi va o‘stiriladi.
Yangidan ekilishi kerak bo‘lgan dorivor o‘simliklar agro-
texnikasi va o‘stirish usullari BDO‘I
hamda uning tajriba stan-
siyalarida, fanlar akademiyasi va universitetlarning botanika
bog‘larida ishlab chiqiladi. Bu sohada BDO‘I va uning tajriba
stansiyalarining xizmati juda katta bo‘lib, ular chet eldan
keltirilgan bir qancha tropik va subtropik dorivor o‘simliklarni
turli iqlimdagi tumanlarda o‘stirish agrotexnika shartlarini
ishlab chiqdilar. Natijada turli hududlarda (zonalarda) joy-
lashgan jamoa va davlat xo‘jaliklarida quyidagi dorivor o‘sim-
16
liklar o‘stirilmoqda: aloy turlari, ortosifon, katta kella, sano
(kassiya) turlari,
Meksika bangidevonasi, to‘q qizil passiflora,
rauvolfiya turlari, pushti katarantus (bo‘rigul), evkaliðt turlari,
bo‘lakli ituzum va boshqalar.
Plantatsiyalarda o‘stiriladigan dorivor o‘simliklar yovvoyi
holda o‘sadigan dorivor o‘simliklardan katta farq qiladi, ya’ni
o‘stiriladigan dorivor o‘simlik mahsulotida begona o‘simliklar
aralashmasi bo‘lmaydi. Agrotexnika qoidalari asosida o‘stirilgan
dorivor o‘simliklar serhosil va ko‘pincha biologik faol mod-
dalarga boy bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, ba’zi dorivor o‘sim-
liklarni o‘stirish va ularning mahsulotlarini tayyorlash yovvoyi
holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar mahsulotini yig‘ishga qa-
raganda iqtisodiy jihatdan ancha arzon tushadi.
O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta 1973-yilda
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi davlat xo‘jalikla-
ridan birida dorivor o‘simliklar ekila boshlandi. Keyinroq (1978-
yilda) Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli
dorivor o‘simliklar o‘stiriladigan davlat xo‘jaligi tashkil qilindi.
Hozirgi kunda bu xo‘jalik dalalarida qalampiryalpiz, dorivor
marmarak (mavrak), dorivor tirnoqgul, na’matak, achchiq
shuvoq (erman), bo‘lakli ituzum, mayda gulli tog‘rayhon va
boshqa dorivor o‘simliklar o‘stiriladi.
Respublikamizni qariyb hamma viloyatlaridagi „Farmat-
siya“ ishlab chiqarish birlashmalari qoshida dorivor o‘sim-
liklar o‘stiriladigan polizlar tashkil qilingan bo‘lib, ular viloyat
dorixonalari talabiga binoan tegishli o‘simliklarni o‘stirmoqda.
1978-yildan boshlab Toshkent viloyati Qibray tumanida
ham qalampiryalpiz, sano, dorivor tirnoqgul, dorivor moy-
chechak, besh bo‘lakli arslonquyruq, poliðala
va boshqa dori-
vor o‘simliklar o‘stirilmoqda.
O‘zbekiston FA ga qarashli Toshkent Botanika bog‘ining
sobiq katta ilmiy xodimi Q. H. Xo‘jayev, keyinchalik shu
bog‘ning tibbiyot botanikasi laboratoriyasining mudiri, katta
ilmiy xodim, biologiya fanlari doktori Y. M. Morduxayev,
Toshkent farmatsevtika instituti „Farmakognoziya“ va „Bo-
tanika“ kafedralarining ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda
qardosh respublikalardan hamda dunyoning boshqa hududla-
ridan keltirilgan dorivor o‘simliklarni Toshkent shahri iqlimida
o‘stirishga erishdilar. Ularning fikricha, yuqorida ko‘rsatilgan
xo‘jalik
dalalarida dorivor gulxayri, teshik dalachoy, dorivor
17
tirnoqgul, qalampiryalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor
valeriana, fenxel (dorixona ukropi), dorivor moychechak, qora
andiz, arpabodiyon, oddiy dastarbosh, na’matak turlari, qizil
angishvonagul,
yoyiq erizimum, kendir turlari, Kavkaz yamsi,
Manjuriya araliyasi, tog‘ jumrut, sano (kassiya) turlari, tuxu-
mak, besh bo‘lakli arslonquyruq, dorivor zangvizorba, bo‘ri-
gul turlari, belladonna, Meksika bangidevonasi, poliðala, bo‘-
lakli ituzum, gangituvchi bo‘zulbang va boshqa dorivor o‘sim-
liklarni yetishtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: