72
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot duma-
loq (quritilgani burishgan), yaltiroq, qizil rangli mevadan ibo-
rat. Mevaning yuqori qismida kosachabarg qoldig‘i
saqlanib
qoladi. Mevada 2—7 ta o‘roqsimon egilgan urug‘lar bor.
Mahsulot achchiq-nordon mazaga ega.
Kimyoviy tarkibi.
Mahsulot tarkibida 160 mg% (40-200
mg%) askorbin kislota, vitamin P, 18 mg% karotin, 8% gacha
organik kislotalar (limon, vino va olma kislotalar), achchiq
glikozid, 8,8% gacha qandlar,
oshlovchi moddalar, flavonoidlar
(izokversitrin, kversitrin, rutin va boshqalar), efir moyi, sorbit
spirti va boshqa birikmalar bo‘ladi. Urug‘
tarkibida amigdalin
glikozidi va 22% gacha yog‘, bargida 200 mg % vitamin Ñ bor.
Ishlatilishi.
Chetan mevasi tibbiyotda lavsha (singa) va
boshqa avitaminoz kasalliklarini davolashda hamda shu ka-
salliklarning oldini olishda ishlatiladi.
Dorivor preparatlari.
Ho‘l mevadan vitaminli sharbat oli-
nadi. Quritilgan meva vitamin choy-yig‘malari tarkibiga kiradi.
Meva damlab ichiladi.
CHAKANDA MEVASI VA MOYI – FRUCTUS ET OLEUM
HIÐPOPHAYOS
O‘simlikning nomi.
Jumrutsimon chakanda (chirqanoq) —
Hiðpophae rhamnoides L., jiydadoshlar — Elaeagnaceae oilasiga
kiradi (11-rangli rasm).
Bo‘yi 4—5 m ga yetadigan ikki uyli buta yoki daraxtcha.
Poyasi sershox va tikanli bo‘lib, qo‘ng‘ir-yashil po‘stloq bilan
qoplangan.
Bargi oddiy, chiziqsimon yoki chiziqsimon-lansetsi-
mon, tekis qirrali, yuqori tomoni kulrang-to‘q qizil, pastki
tomoni esa oq yoki qo‘ng‘irrangli yulduzsimon tangachalar
bilan
qoplangan, shuning uchun biroz sarg‘ish, qo‘ng‘ir kul-
rang yoki oq tusli. Barglari poyada kalta bandi bilan ketma-ket
joylashgan. Gullari bir jinsli, ko‘rimsiz. Otalik gullari mayda,
kumush-qo‘ng‘irrangli bo‘lib, kalta boshoqchaga to‘plangan.
Otalik gulidagi gulqo‘rg‘oni 2 ta elliðssimon bargchadan tashkil
topgan. Changchilari (otaliklari) 4 ta, Onalik gullari 2—5 tadan
bo‘lib, qisqa bandi bilan shoxchalar qo‘ltig‘iga o‘rnashgan.
Onalik
gulida gulqo‘rg‘oni naychasimon, ikki bo‘lakli, ichki tomoni
sariq rangga bo‘yalgan. Onalik tuguni bir xonali, yuqorida
joylashgan. Mevasi — dumaloq yoki cho‘ziqroq, to‘q
sariq yoki
qizg‘ish rangli, sersuv, danakli meva.
73
Aprel-may oylarida gullaydi, mevasi avgustdan boshlab
oktabrgacha pishadi. Mevasi to‘kilmasdan kelasi yil bahorga-
cha o‘simlikda saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: