Jo‘xori – g‘alladjoshlar oilasiga mansub bir va ko‘p yillik o‘simlik turkumi, don va yem-xashak ekini. Vatani Markaziy Afrika. Donli jo‘xorining ildiz tarmog‘i popuk ildiz, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlari esa 2,5 m chuqurlikka kirib boradi. Poyasi somonpoya, bo‘yi 0,5-7 m gacha, o‘rtacha 2-3 m, poyaning ichi g‘ovak paranxima to‘qimalari bilan to‘lgan. Poyasi 8 tagacha. Bargi keng, 20-25 ta bo‘ladi. To‘pgulli ro‘vak, uzunligi 15-60 sm, yon shoxlari uchlarida 2 ta boshoqcha chiqaradi, bittasi meva hosil bo‘ladi, chetdan changlanadi. Doni dumaloq, tuxumsimon; rangi oq sariq yoki sariq. Doni tarkibida 61-84% kraxmal, 10-15% oqsil (lizin), 1,5-6,5 % gacha yog‘ bor.
Qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli. Maysasi -1°С da nobud bo‘ladi, 30-40°С issiqqa chidaydi. Yorug‘sevar, qisqa kun o‘simligi. Sho‘rga chidamli. O‘suv davri 75-100 kun. Bahorda (aprel-may) harorat 13-15°С bo‘lganda keng qatorlab ekiladi (qator orasi 60, 70 sm). Urug‘ ekish normasi 5-10 kg/g, urug‘lar 3-5 sm chuqurlikka ekiladi., ko‘chat qalinligi har gektarda 70-100 ming tupga boradi. Ekilgan urug‘lar 10-15 kunda maysalaydi, 25-30 kundan keyin tuplanadi, 40-50 kunda nav o‘rash davriga kiradi, ro‘vak chiqarish davri 55-65 kunga boradi, ro‘vak chiqarganidan keyin 5-6 kun o‘tgach gullaydi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda jo‘xorining 9 navi yetishtiriladi.
Nav originatori: Qoraqalpog‘iston respublikasi «Altin Bashak» ilmiy ishlab chiqarish markazi seleksion navi.
Nav mualliflari: Massino I.V, Yedenbayev D.
Nav o‘rta bo‘yli, 150-175 sm, supurgisi tik turuvchi, yirik, tuxumsimon. Bitta supurgi vazni 180-189 g. Nav tezpishar, vegetatsiya davri 129-131 kun. Nav sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli.
O‘rtacha hosildorlik: 61,4 s/ga. Oqsil miqdori 11,2%, don chiqishi 79,4-80,0%.
Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasharotlari bilan zararlanmadi.
2010-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlari.
Joʻxori (Sorghum Pers.) — gʻalladoshlar (gʻallagullilar) oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, don va yem-xashak ekini. J.ning 50 ga yaqin yovvoyi va madaniy turi bor. Donli J. (S. cernuum; oq joʻxori, qoʻqon joʻxori, gaolyan va boshqalar), shirin J. (S. saccharatum), durra (S. durra), supurgi J. (S. technicum), oʻtsimon J. (sudan oʻti — S. Sudanense, oʻtsimon J. — S. almum) kabi bir yillik turlari koʻproq ekiladi. Vatani — Mar-kaziy Afrika. Miloddan avvalgi 4—3-ming yillikdan beri ekib kelinadi. Eron, Hindiston, Xitoy, AQShda va Afrika, Okeaniya, Avstraliya, Oʻrta Osiyo, Ukraina jan.da ekiladi. Jahon boʻyicha J. ekin maydonlari 43,6 mln.ga dan ortiq, yalpi hosili 68,2 mln. t, hosildorligi 14,4 s/ga. Oʻzbekistonda ekin maydoni 9 ming ga (1999). J.ning ildiz tarmogʻi popuk ildiz boʻlib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlar esa 2,5 m chuqoʻrlikka kirib boradi. Poyasi somon poya, boʻyi 0,5–7 m gacha, oʻrtacha 2–3 m, poyaning ichi gʻovak parenxima toʻqimalari bilan toʻlgan. Poyasi tuplanadi (1—8). Bargi keng, 10—25 ta boʻladi. Toʻpguli roʻvak, uz. 15—60 sm, yon shoxlari uchlarida 2 ta boshoqcha chiqa-radi, bittasida meva hosil boʻladi. J. chetdan changlanadi. Doni krbikli va qobiqsiz, dumaloq, tuxumsimon; rangi oq yoki sariq. 1000 ta doni vazni 20—70 g. Donining tinim davri yoʻq, hosil yigʻilgandan soʻng ekish mumkin. J. muhim don ekini, doni oziqovqatga ishlatiladi. Donidan yorma, un, spirt, kraxmal tayyorlanadi, unidan non yopiladi, mol va parrandalarga toʻyimli yem sifatida beriladi. Koʻk massasi siloslanadi. Doni toʻyimli, tarkibida 65—75% kraxmal, 10—15% oqsil (lizin), 3,5% gacha yogʻ bor. 100 kg J. doni 119 ozuka birligiga teng. 100 kg koʻk massasida — 23,5, silosida — 22, pichanida — 49,2 ozuka birligi bor. Poya shirasida 10—15% qand boʻlib, shinni ishlab chiqariladi. Supurgibop J.dan supurgilar va choʻtkalar tayyorlanadi. J. takroriy ekin sifatida ham ekiladi. J. bir yillik oʻsimlik. Qur-gʻoqchilikka va issiqlikka chidamli. Tuproq va havo qurgʻoqchiligiga bardosh beradi. Maysasi —G da nobud boʻladi. 30—40° haroratga chidaydi. Yorugʻsevar, qisqa kun oʻsimligi. Tuproqqa talab-chan emas, ammo gʻovak tuproklarda yaxshi oʻsadi. Shoʻrga chidamli, oʻsuv davrining boshlanishida sekin oʻsadi. Ekilgan urugʻlar 10—15 kunda maysalaydi, 25—30 kundan keyin tuplanadi, 40 — 50 kunda nay oʻrash davriga kiradi, roʻvak chiqarish davri 55—65 kunga boradi, roʻvak chiqarishdan 5—6 kundan keyin gullash boshlanadi. Oʻsuv davri 75—100 kun. J. gʻoʻza, noʻxat, boshqa dukkakli ekinlardan boʻshagan yerlarga ekiladi. Chimqirqar plug bilan 28— 30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Yer qurigan boʻlsa shudgordan oldin sugʻori-ladi. Shudgorlashdan oldin gektariga 10—15 t goʻng, 50–60 kg fosfor, 40–50 kg kaliy solinadi. Bahorda (apr.—may) harorat 13—15° boʻlganda keng qatorlab ekiladi (qator orasi 60, 70 sm). Urugʻlik ekish normasi 5–10 kg/ga, ekish chuq. 3—5 sm, koʻchat qalinligi har gektarda 70—100 ming tupga boradi. Qator oralariga 2—3 ishlov beriladi. Sugʻori-ladigan maydonlarda 25—30 s/ga don, 300—400 s/ga koʻk massa beradi (intensiv texnologiya usullari qoʻllanilganda 100—115 s/ga don, 1000—1200 s/ga koʻkpoya).
Navlari. Oʻzbekistonda J.ning 3 turi (donli J., shirin J. va supurgi J. guruxlari) koʻproq Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari, Fargʻona va Mirzachoʻlning sugʻoriladigan shoʻr yerlarida oʻstiriladi. Sugʻoriladigan maydonlarda Kattabosh, Chillaki, Oʻzbekiston 5, Sangzor, Oʻzbekiston 18, Karlik (Pastak) va boshqa navlari ekiladi.
J. zararkunandalari: bitlar, simqurtlar, tunlamlar, poya parvona-si, karadrina; kasalliklari : chang qorakuya, poya va ildiz chirishi, bakteriozlar.
Jo’xori (Sorghum Pers)-g’alladoshlar (g’allagullilar oilasi)ga mansub bir yillik o’simliklar urug’i. Ildizi yaxshi rivojlangan. Poyasi pukakli, tik (0,5-4 l), shoxlari, yig’imli. Bargi yirik xanjar shaklida, mum g’ubor bilan qoplangan. poyaning har bo’g’imida bittadan joylashgan. Tupguli ruvak Ruvagi tarvaqaylagan yoki g’uj, tik. Doni dumaloq, silliq, oq yoki qizg’ish. 1000 donasi 15-30 g. Tarkibida 65-75% kraxmal, 10- 12% ossil va 3,5% gacha yog’ bor. 1 kg jo’xori doni 1,18-1,22 oziq birliga teng. Donidan yorma, un, spirt, kraxmal tayyorlanadi, mol va parrandalarga tuyimli em sifatida beriladi. Ko’k massasi siloslanadi. Gulli o’simliklar issiqsevar, sovuqqa chidamsiz, lekin qurg’oqchilikka chidamli. Sug’oriladigan unumdor erlarda mo’l ko’kpoya va don hosili beradi. Jo’xorining 34 turi bor. Eron. Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, AQSh va Afrikada ekiladi. Shundan 8 turi O’rta Osiyo respublikalari, Janubiy Ukraina. Shimolpy Kavkaz va Boltiqbo’yi respublikalarida tarqalgan. O’zbekistonda Jo’xorini ko’proq Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari, Markaziy Farg’ona va Mirzacho’lning sug’oriladigan shur erlarida o’stiriladi. Don Jo’xori, shirin Jo’xori va supurgi jo’xori gruppalariga bo’linadi. Don Jo’xori (S Vulgare Pers) gruppasiga eng issiqsevar o’simliklardan hisoblangan oq jo’xori, gaolyan va boshqalar kiradi O’suv davri 100-150 kun. Doni chorva mollariga em sifatida beriladi, kraxmal va spirt tayyorlashda, goho g’alla sifatida ishlatiladi shirin Jo’xori (S. saccha-ralum Pers) issiqsevarligi don jo’xoriga nisbatan pastroq, o’suv davri 100-140 kun Doni pardali, sal achchiq. Poyasi sershox va sershira, shirasi tarkibida 12-18% qand bor. Donidan em sifatida foydalaniladi sharbat tayyorlanadi. Poyasidan silos bostiriladi. Xitoy yantari-813 (shirin), Kuban yantari, Qizil yantar. Saxarnoe 28/435 va b. navlari bor. Supurgi jo’xori (s technicum Roschev) tezpishar, sovuqqa nisbatan chidamli, o’suv davri 125 kun. Ruvagidan supurgi tayyorlanadi, poyasidan silos bostiriladi yoki quritib mollarga beriladi Ertagi supurgi, Supurgi 623, Supurgi 149 va boshqa navlari bor. Ko’p yillik o’t o’simliklaridan sudan o’ti (S. Sudanense) va g’umay (S. halepense) ham jo’xori turiga mansub.
Oq jo’xori, Qo’qon jo’xori (Sorghum cernuum) - boshoqdoshlar (g’allagullilar oilasi)ga mansub bir yillik o’simlik jo’xorining bir turi. Ertapishar navlarining poyasi 1-1,5 m, o’rtapisharlariniki 2-3 m, kechpisharlariniki 4-5 m, ildizi yoyiq, erga 100-150 sm kiradi. Bargi nashtarsimon. To’pguli zich ro’vaksimon, tik yoki egilgan. Doni dumaloq, qobiqli yoki qobiqsiz. 1000 donasi 20-40 e. Donidan oziq-ovqat sanoatida, ko’k poyasidan silos bostirishda foydalaniladi. Vatani Afrika. Hindiston, Xitoy va O’rta Osiyoda ham tarqalgan. O’zbekistonda qadimdan o’stiriladi, Xorazm, Buxoro, Farg’ona viloyatining Qo’qonda ko’p ekiladi. Oq jo’xori issiqsevar o’simlik urug’i 10-12° da unib chiqadi. Sho’r va kam suv erlarda ham hosil beradi. Gektaridan 500-600 s ko’k poya, 40-50 s don olish mumkin. Urug’i O’zbekistonning janubiy tumanlarida aprelning birinchi yarmida, Xorazm viloyatida aprel oxiri - may boshlarida 60X30 sm, 90X60 sm fipos uchun 30X20 sm sxemada ekiladi. Urug’ sarfi gektariga 12-15 kg. Silos uchun 25-35 kg. O’suv davrida sug’oriladi, qator oralari yumshatiladi. O’zbekistonda Oq jo’xorining katta bosh, xo’raki, chillaki, Xitoy qahrabosi 813, oranjevoe 160 va boshqa navlari ekilmoqda.
maqsadlarda foydalaniladigan don ekinlari qatoriga kiradi. Uning doni chorva mollari uchun to’yimli oziq va omixta em, kraxmal va spirt ishlab chiqarish sanoati uchun qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Undan yorma ham olinadi. Afrika, Hindiston, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo va boshqa bir qator mamlakatlarda jo’xori asosiy ekin sifatida ekiladi. Jo’xori oziq-ovqat ekini sifatida dunyo bo’yicha bug’doy va sholidan keyin uchinchi o’rinda turadi. Jo’xorining ko’k poyasi mollarga beriladi yoki silos bostiriladi. Uning silosi tarkibi jihatidan makkajo’xori silosiga yaqin turadi. Jo’xori poyasi dag’allashguncha o’rilsa, yaxshi pichan bo’ladi. Jo’xorining makkajo’xoridan ustunligi shuki, u o’rilsa yana qayta ko’karadi. Jo’xorining 100 kg doni 119, ko’k massasi 23,5, silosi 22,0, pichani 49,2 oziq birligiga teng. Doni tarkibida 15 foiz protein bo’lib, lizinga boy. Shirin jo’xori navlari poyasida 10-15 foiz qand bo’lib, shakar tayyorlash uchun ishlatiladi. Jo’xori ro’vagidan supurgi va cho’tka tayyorlanadi. Jo’xorini qor to’suvchi hamda garmseldan himoyalovchi ihota ekini sifatida ekish mumkin (60-rasm).
Ma’lumotlarga ko’ra, jo’xorining don hosildorligi gektariga 30-50 s, siloslanadigan ko’k poya hosili 400 dan 450 s gacha etadi. Ilg’or xo’jaliklar gektaridan 800-1000 s gacha ko’k poya o’rib olishi mumkin. Yer sharida jo’xori asosan qurg’oqjoylarda ekilib, dehqonchilik qilib kelinadi. Jami ekin maydoni 44 mln. ga o’rtacha hosildorligi 1,39 t bo’lib, shundan asosiy qismi Afrikada 21,1 mli, Hindistonda 12,8 mln, AQShda 3,63 mln, Markaziy Osiyo mamlakatlarida jo’xori juda qadimdan ekib kelingan. Qurg’oqchilikka chidamli bo’lgani uchun oziq-ovqat tayyorlashda ishlatilgan. Ammo bizda jo’xori maydonlari 1950-yillarga kelib qisqarib ketdi.
Sorghum Moench (pers)ning em-xashak texnikaviy, oziq-ovqat maqsadlarida ekiladigan 4 ta madaniy turi: jo’xori S. Vulganell Pers, Qo’qonjo’xori-S ssgpit Host, Gaolyan (yapon-jo’xorisi)-5. cliinensi, em-xashak ekin sifatida ekiladigan sudano’t-S Sudanense tarqalgan. Ildizi popuk ildiz bo’lib, tuproqqa 2 m chuqur kirib va atrofga 90 sm gacha tarqashib o’sadi. Poyasining bo’yi 2,5- 3,5 m, tropik mamlakatlarida 6-7 m gacha etadi. Barglari enli, tuksimon g’ubor bilan qoplangan, har tup o’simlikda 10-25 ta gacha va undan ko’p bo’ladi. To’pguli ro’vak ro’vagining har bir shoxchasi uchida 2 tadan boshoqcha joylashgan. Jo’xori asosan chetdan changlanadi. Doni po’stli va po’stsiz, yumsshoq, tuxumsimon, oq, jigarrang, sariq, qo’ng’ir tusda bo’ladi. 1000 donasining vazni 25-40 g keladi. Har bir ruvagida 1600 dan 3500 tagacha don bo’ladi. Endospermi qo’ng’ir yoki qizg’ish bo’lgan doni tarkibida tanin gruppasiga kiradigan oshlovchi moddalar bor. Bu moddalarning bo’lishi uningozuqalik jihatidan kamchiligi bo’lsa, lekin spirt va maltoza ishlab chiqarish sanoatlari uchun muhim rol o’ynaydi. Jo’xori ro’vagi shakliga ko’ra 3 ta turga bo’linadi: yoyilib o’suvchi (supurgi), ro’vagi uzun, shoxi siyrak bo’ladi. Ro’vagi tig’iz, qisqa poyasining uchi tik o’sadigan yoki egilgan bo’ladi. Asosan g’uj ro’vakli jo’xori ko’p ekiladi.
Jo’xori eng qurg’oqchil o’simlik transpirasiya koeffisienti 200 ga yaqin, u jazirama issiqqa eng chidamli don ekinlaridan biri. Jo’xori urug’i tuproq harorati 12-14°Cda yaxshi, 16-18°C da tez unib chiqadi. Yosh va voyaga etgan o’simliklari mutlaqo sovuqqa chidamsiz. Havo harorati 35-40°C da ham o’sa oladi. Urug’i ekilgandan pishib etilguncha 2250-2500°C foydali harorat yig’indisi zarur. Yorug’likka talabchan, qisqa kun o’simligi. Bulut kam bo’lgan quyoshli tumanlarda yuqori hosil beradi. Jo’xorining transpirasiya koeffisienti boshqa don ekinlariga qaraganda past, ildizlari tuproqqa chuqur kirib, bor namlikdan tejab foydalanadi. Hosildor, unumdorligi yuqori bo’z, o’tloqi bo’z, qora, kashtan tuproqlarda yaxshi o’sib yuqori hosil beradi. Jo’xori tuproqqa unchalik talabchan emas, sho’r erlarda ham yaxshi o’sadi. Lekin suv va havo aerasiyasi yaxshi tuproqlar uning uchun juda mos keladi. Hamma tariqsimon ekinlar singari jo’xori ham dastlabki paytda sekin o’sadi va dalani o’t bosishiga chidamsiz bo’ladi. Jo’xori ekilgandan 10-15 kundan keyin maysalaydi, 25-30 kundan keyin tulanish fazasiga kiradi. Maysalagandan 40-50 kundan keyin nay o’raydi, 55-65 kundan keyin ro’vak chiqaradi. Ro’vak chiqargandan 5-6 kundan keyin gullaydi. Navlarning tez pisharligiga qarab o’suv davri 90-145 kun davom etadi.
§3.13. TARIQ YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Tariq, - qo’noq (Panioum 1.)-boshoqdoshlar (g’allagullilar oilasi)ga mansub bir yillik o’simlik. 400 dan ortiq turi bor. Doni uchun bir turi - oddiy T. (P. miiiaceum L.) ekiladi. Oddiy Tariq ro’vagining shakliga qarab yoyiq, chochoq, siqiq, oval yoki yarim g’uj hamda g’uj kenja turlarga bo’linadi.
Ildizi popuksimon, 150 sm chuqurlikkacha boradi. Poyasi - poxolpoya (45-150 sm). Barglari nashtarsimon, tukli yoki tuksiz, yashil yoki qizg’ish, uzunligi 18-65 sm, to’pguli ro’vak (10-60 sm). Guli ikki jinsli. Mezlsi - pardali don, dumaloq, oval yoki cho’ziq, oq, sariq, qizil, jigar rang.1000 donasi 4-9 g. O’suv davri 60-120 kun. Tariq issiqsevar, qurg’oqchilikka, sho’rga chidamli. Doni 10-12° da ko’karadi, 20-25° da yaxshi o’sib rivojlanadi. Maysalari va voyaga etgan o’simligi sovuqqa chidamsiz - 2° da nobud bo’ladi. Tariq donida 10-15% oqsil, 59% uglevod va b. bor. Tariq muhim donli ekinlardan. Donidan un hamda parranda va cho’chqalarga to’yimli oziq tayyorlanadi. Tariq qadimgi o’simlik. Osiyo, Yevropa va Shimoliy Afrikada (mil. av. 3 ming yillikdan) o’stirilgan. O’zbekistonda ko’pincha bahorikor erlarga ekiladi. Tariq ekiladigan er gektariga 20-40 t chirigan go’ng, sof holda 30-40 kg azot, 45-60 kg fosfor, 30-45 kg kaliy hisobidan o’g’itlanadi, 20- 22 sm chuqurlikda haydaladi. Almashlab ekishda tariq urug’i chopiq qilinadigan ekinlar (qand lavlagi, kartoshka)dan so’ng, don seyalkasida keng qatorlab (qator oralari 45 sm), 3-4 sm chuqurlikda ekiladi. - Urug’ sarfi gektariga 10-30 kg. O’suv davrida 1-2 kultivasiya qilinadi, 2-3 sug’oriladi, o’taladi. O’rtacha hosildorligi gektaridan 7-15 s. Kasalliklari qorakuya, bakterioz; zararkunandalari: poya parvonasi, tariq chivini va boshqalar
Tariq eng ko’p tarqalgan yorma beruvchi ekinlardan biri. Tariq yormasi yoki so’ki o’ta to’yimliligi va shirin ta’mi bilan boshqa yormalardan ajralib turadi. Tariq doni barcha parrandalar uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi. 100 kg donida 97 ozuqa birligi bor. Somoni va yormadan chiqqan chiqindilar chorva mollar uchun xush ozuqa hisoblanadi. Tariq er sharidagi eng qadimgi ekinlardan biri, taxminan er sharida eramizdan 2700 yil burun ekila boshlagan. Kelib chiqish vatani Xitoy hisoblanadi. Yevropaga Osiyodan, Amerikaga esa Yevropadan o’tib borgan. Yer sharida ekin maydoni 37,7 mlnni tashkil qiladi va o’rtacha hosildorligi 28,1 s.
Tariq bitta murtak ildiz bilan rivojlanadi, keyin tuplanish bo’g’imidan ikkinchi tartib ildizlar chiqaradi. Ildizning qanchalik rivojlanganligi uning erga chuqur kirib borishiga qarab emas, balki atrofga taralishi (115 sm gacha) va ildizpoyalari soniga qarab (120 tagacha) aniqlanadi. Tariq ro’vak chiqarguncha ildiz tizimini shakllantirib ulguradi va boshqa g’alla ekinlariga qaraganda namdan to’la foydalanadi. Lekin ob-havo qurg’oqchil kelgan hollarda ildiz bo’g’inlardan hosil bo’lishi kechikadi va yarim egilgan maysalar uzoq vaqtgacha murtak ildizlar hisobiga yashaydi. Tariq ildizining o’zlashtirish xususiyati suli va arpa ildizinikiga qaraganda past bo’ladi.
O’suv davrining boshida sust o’sadi, shuning uchun begona o’tlar ko’payib ketadi. Unib chiqqaniga 15-25 kun bo’lgandan so’ng tuplanish fazasi boshlanadi va 10-15 kun davom etadi. Harorat 18-20°C bo’lsa yaxshi to’planadi. Ro’vak tortish fazasi 30-35 kunda, ertapishar navlarda 42-45, kechpisharlarida 18-20 kunga cho’ziladi va keyin gullaydi. Bu faza juda tez o’tadi yoki 8-10 kunda bir ro’vak to’liq gullaydi. Ro’vakda urug’lari yuqoridan pastga va chetdan o’rtasiga qarab pishadi, shuning uchun eng uchki urug’lari pishgan bo’lsa, o’rgadagilari mum pishish davrida, pastkilari esa sut pishish davrida bo’ladi.
Tariq urug’i 8-10°C da una boshlaydi, 12-15°C da qiyg’os maysa chiqaradi. -2,-3°C da maysalari qattiq zararlanadi, -3°Cdan past sovuqda butunlay nobud bo’ladi. Tariq keyingi fazalarda ham issiqni ko’p talab qiladi. Gullashi uchun 16°C, o’sishi uchun 18-24°C eng qulay harorat hisoblanadi. Unib chiqqandan urug’i pishib etilguncha 1700-2000°C, havo harorati yig’indisi talab qiladi. Tariq boshqa don ekinlariga qaraganda yuqori haroratga yaxshi chidaydi. Chunki uning barglaridagp og’izcha xo’jayralari hatto 38-40°C da ham 48 soat davomida haroratni rostlab turish xususiyatiga ega. Kuzgi bug’doyda esa bundan yuqori haroratda og’izcha hujayrasi 15-25 soat ochiq tursa, tariqda 48 soat davomida ochiq turadi. Tariq boshqa don ekinlariga qaraganda namga unchalik talabchan emas. Shunga ko’ra, urug’i unib chiqishi uchun o’z vazniga nisbatan 25% suv talab etadi. Transpirasiya koeffisienti 200-250 ga teng. Tariqning ildizi tuproqdagi suv zaxirasini yaxshi o’zlashtirish xususiyatiga ega. Tariq qurg’oqchilikka o’ta chidamli bo’lgani uchun Afrikada ko’p ekiladi, bu erda undan yiliga 4-5 marta hosil olish mumkin. Tariq qurg’oqchilikka juda chidamli bo’lishiga qaramay, sug’orishga tasirchan ekin. Tuproqning optimal namligi dala nam sig’imiga iisbatan 60-80% bo’lishi kerak. Tariq yorug’sevar, qisqa kun o’simligidir. U shimoliy tumanlarga kirib borgan sari vegetasiya davri ham uzayib boradi. Angizga ekiladigan bo’lsa, vegetasiya davri ancha (15-20 kunga) qisqaradi. Tariq unumdor erlarga ekilsa, yuqori hosil beradi. O’tloqi bo’z, bo’z tuproqlarda tariq yuqori hosil beradi. Ang’izga ekish yoki o’zidan keyii ekish ham iqtisodiy jihatdan samaralidir.
Tariqning 30 s don hosili va 60 s poxoli o’rta hisobda 90 kg azot, 42 kg fosfor, 106 kg kaliy va 31 kg kalsiyni olib chiqib ketadi. Azot o’zlashtirish bo’yicha u bahori bug’doyga yaqin turadi va qolgan 1 guruh g’alla ekinlaridan ustunlik qiladi, ayniqsa tuproqdan kaliy, kalsiy va fosforni ko’p o’zlashtiradi. Ekinning hosildorligi ekish muddati, usuli va me’yoriga ko’p jihatdan bog’liq. Urug’lar ekishdan oldin albatta 75% li beklat (2 kg/t) bilan ishlanib eqilishi kerak. Agar dalada ikki pallali begona o’tlar ko’p bo’lsa, u holda urug’lar 2,4-D gerbisidi bilan ishlanadi. Ekish usuli tor qatorli 15 sm, keng qatorli 30, 45 va 60 CM kenglikda qilib ekilishi mumkin. Keng qatorlab ekilganda qator oralarini ishlash mumkin. Tariq maysalari, odatda bir tekis chiqmaydi, ynib chiqishi anchaga cho’ziladi, urug’ining unuvchanligi past (o’rta hisobda 52%) bo’ladi. Shunga ko’ra, unuvchanligi yuqori bo’lgan urug’larni tanlab ekish kerak shunda o’sish davri boshlarida tariq tez rivojlanadi. Tariq qulay muddatda, ya’ni tuproqning urug’ ekiladigan qatlamda nam etarli va harorat 18-20°C ga etganda ekiladi. Urug’lari 3-4 sm chuqurlikka tashlanadi. O’zbekistonda tariqni ang’izga ekish ijobiy natija beradi. Donli ekinlardan keyin dalalar begona o’tlarga nisbatan toza bo’ladi va erdan ikki marta hosil olish imkoniyati bo’ladi. O’sish davrida 2-3 marta sug’oriladi. Uzoq vaqt suvsiz qolganda tariq deyarli so’lib qoladi, ammo sug’orilgandan so’ng darhol yashnab ketadi. Hosil o’rim-yig’imi davrida poyasi hali sersuv va ko’k (namligi 50-60%) bo’ladi. Dastlab, ro’vayuparning uchki qismidagi doni etilgan paytda yuqoridagilari erga to’kila boshlaydi. Shunga ko’ra, hosilni oldin o’rib, keyin yig’ib olish usuli eng samarali hisoblanadi, bunda urug’ erga kam to’kiladi, don va poxolning sifati yaxshilanadi, shuningdek hosil o’rim-yig’imida foydalaniladigan mashinalarning ish unumdorligi ortadi. Tariq doni mum pishiqlik davrida (3-4 kun ichida) oldin o’rib, keyin yig’ishtirib olinadi. Bu, nobudgarchilikka chek qo’yadi. Poyalari qurigandan so’ng yanchib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |