Farmatsevtika sanoati texnologiyasi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

Tabletka tayyorlaydigan mashinalar. Tabletka tayyorlaydigan
mashinalar ishlash jarayoni bo‘yicha ekssentrik, zarb bilan
ishlovchi, rotatsion yoki revolver guruhlarga bo‘linadi. Ular uchta
asosiy qismdan: harakatlantiruvchi, uzatuvchi va ish bajaruvchi
sozlamalardan tashkil topgan bo‘ladi. Mashinaning boshqa


111
qismlari yuqoridagi qismlarning maqsadga muvofiq ravishda
avtomatik ishlashini ta’minlaydi.
Zarb bilan ishlaydigan mashinalar. Bu mashinalarning tuzi-
lishi sodda bo‘lib, ish bajaruvchi sozlamasi qolip, ostki va ustki
puansonlar hamda xampadan iborat. Xampaning ish jarayoniga
qarab, bu turdagi mashinalar boshmoqli va sirpang‘ichli bo‘lishi
mumkin (25-rasm).
  Qolip maxsus po‘latdan silindrsimon shaklda tayyorlan-
gan bo‘lib, unda bir yoki bir nechta o‘ta silliqlangan teshikcha-
lar bo‘ladi. Qolip taxtakachlash lozim bo‘lgan moddalarni o‘l-
chashga
 va unga shakl berishga mo‘ljallangan.
Qolip tabletka tayyorlaydigan mashina stoliga maxsus bu-
rama mixlar yordamida mahkamlab qo‘yiladi. Bunda qolip yuzasi
stol yuzasiga mos bo‘lishi va xampa harakatiga xalaqit bermasligi
kerak.
Quyi puanson bir yoki bir necha silindr shaklidagi o‘ta sil-
liqlangan yassi yoki botiq yuzaga ega bo‘lib, qolipning tubini
tashkil etadi. Ish jarayonida pastki puanson qolipda yuqoriga va
pastga harakat qiladi. Qolip ichidagi teshikchaning hajmi
puansonning tushish darajasini moslash bilan belgilanadi.
Puanson qolip ichidagi teshikcha bo‘yicha stol yuzasigacha
25-rasm. Tabletka mashinalari:
— boshmoqli: — xampa; — boshmoq; — puanson;
— sirpang‘ichli: — xampa; — sirpang‘ich; — harakatlantirgich.
1
3
2
a
b
2
1
3


112
ko‘tarilib, taxtakachlangan tabletkani itarib chiqaradi, so‘ngra
boshmoq tabletkani turtib tushiradi va qolip teshigi yana taxta-
kachlanadigan modda bilan to‘ldiriladi.
Yuqori puanson bir yoki bir necha silindr shaklidagi o‘ta
silliqlangan yassi yoki botiq yuzaga ega bo‘lib, mashinaning ekssen-
trik moslamasiga ulangan bo‘ladi.
Ish jarayonida u yuqoriga va pastga harakat qiladi. Pastga
harakat qilish vaqtida qolip ichiga kirib, moddani taxtakachlaydi.
Tabletka tayyorlaydigan mashinalarning bosim kuchi yuqori
puansonning pastga (qolip ichiga) qanchalik chuqur tushishi
darajasi bilan belgilanadi. Bu ekssentrik yordamida amalga
oshiriladi.
Xampa tabletka tayyorlash uchun mo‘ljallangan massa joy-
lashtirilgan moslama. Zarb bilan tabletka tayyorlaydigan mashi-
nalarda xampa mashina tanasiga o‘rnatilgan bo‘lib, ikki qismdan
iborat: harakatsiz qismi (massa saqlovchi) va harakatli (mas-
sani qolipga uzatuvchi) qismi-boshmoq; sirpang‘ichli tabletka
mashinalarida esa xampa stol bo‘ylab sirpanib oldinga va or-
qaga harakat qiladi. Ish jarayonida xampa ichidagi massa qa-
vatlanib qolmasligi uchun uning ichiga aralashtirgich joylash-
tirilgan bo‘ladi.
Mashinaning hamma qismlari moslashtirilgan, ishlash tezli-
giga binoan xampa qolip teshikchasi ustiga kelib, uni massa
bilan to‘ldiradi va orqaga qaytadi. So‘ngra taxtakachlash va taxta-
kachlangan tabletkani itarib chiqarish jarayoni ro‘y beradi.
Xampa navbatdagi qolipni to‘ldirishdan oldin tabletkani tur-
tib to‘plagichga tushiradi. Bu jarayon daqiqasiga 80 martadan
oshmaydi. Bu turdagi mashinalar sodda tuzilgan bo‘lganligi
uchun uni oz miqdorda tabletka ishlab chiqarishda laborato-
riya sharoitida (ilmiy tekshirish institutlarida) ishlatish maq-
sadga muvofiq.
Êamchiligi: ishlab chiqarish unumdorligining yuqori
emasligi, shovqin bilan ishlashi, bosim bir tomonlama zarb
bilan bo‘lganligi tufayli tabletka sifatiga putur yetishi va havoga
chang ko‘tarilishi.


113

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish