Farmatsevtika sanoati texnologiyasi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

6.3. Donadorlash jarayoni
Donadorlash lotincha «granula» — «donacha» so‘zidan
olingan bo‘lib, tabletka tayyorlash jarayonida taxtakachlashni
osonlashtirish uchun massaning xampadan bir me’yorda qo-
lipga tushib turishini ta’minlash va sifatli tabletka olish uchun
qo‘llaniladi.
Donadorlash quyidagi usullarda olib boriladi:
1) strukturalab donadorlash; 2) g‘alvirdan o‘tkazib donador-
lash; 3) maydalab donadorlash; 4) briketlab, so‘ngra maydalash;
5) suyultirib, so‘ngra donadorlash.
G‘alvirdan o‘tkazib donadorlash. Bu oddiy, qulay va eng ko‘p
qo‘llanadigan usul bo‘lib, namlash bilan donadorlash deb ham
ataladi. Bu usul ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bos-
qichda donadorlash uchun mo‘ljallangan oldindan maydalab,
elaklab aralashtirilgan tabletka tarkibiga kiradigan tolqonlar zet-
tasimon aralashtirgichda bog‘lovchi moddalar bilan namlanadi.
Namlash uchun olingan bog‘lovchi modda miqdori ara-
lashmaga kiradigan moddalarning xususiyatiga bog‘liq bo‘lib,
10—30 %, ba’zan undan yuqori bo‘lishi mumkin. Lekin nam-
langan massa barmoqlar orasiga olib ezib ko‘rilganda yopishib
qoladigan va sochiluvchan bo‘lmasligi kerak.


117
Bir xil va me’yorida namlangan massa granulator asbobi
(3—5 mm. li elak) orqali donador shaklga keltiriladi va u qurit-
kichlarda ma’lum namlik qolguncha quritiladi. Bu bosqich nam-
lash yo‘li bilan donadorlash deyiladi.
Ikkinchi bosqich yoki quruq holda donadorlash. Birinchi bos-
qichda quritilgan massa qayta granulatordan o‘tkaziladi.
Granulator teshikchalarining diametri 1—3 mm.ni, ko‘pincha,
1,5—2 mm.ni tashkil etadi. Donadorlashni ikki bosqichda olib
borishdan maqsad, donadorlangan massaning kattaligi nisba-
tan bir xil bo‘lishiga erishish, uning tez va bir me’yorda qu-
ritilishini ta’minlashdir. Shuning uchun quritish jarayonidan
so‘ng massaning bir xil qurishiga xalaqit beradigan omillar
bo‘lmagan hollarda birinchi bosqichni tushirib qoldirish mum-
kin (S.M. Mahkamov, 1955-y.). Bu iqtisodiy jihatdan samarali
bo‘lganligi uchun hozirgi kunda sanoat miqyosida asosan shu
usuldan foydalaniladi.
Quruq usulda donadorlash uchun ishlatiladigan granulator
teshikchalarining diametrini to‘g‘ri tanlab olish texnologiya
jarayonining keyingi bosqichlari, ya’ni massaning sochiluv-
chanligi, sochiluvchan zichligi va tabletka mashinasining bir
me’yorda ishlashi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Granulator donadorlash uchun ishlatiladigan asbob bo‘lib,
elektryurgich, devorlari ma’lum diametrli teshikchalardan iborat
silindr, kurakcha va qabul idishidan iborat.
Donadorlanishi lozim bo‘lgan massa silindr ichiga tushib tu-
radi. Markazdan qochuvchi kuch silindr devoriga urilayotgan
massaning ichida aylanib turgan kurakcha devori teshikchalari-
dan o‘tishiga yordam beradi. Teshikdan o‘tgan donadorlangan
massa to‘plagichga tushadi.
Boshqacha usulda ishlaydigan, ya’ni shnekli granulatorlar
ham mavjud. Nam usul bilan donadorlashning asosiy kamchi-
liklaridan biri quritish muddatining uzoq davom etishi, qurit-
kichlar ishlatilishi, bu jarayonda har xil fizik-kimyoviy o‘zga-
rishlar ro‘y berishi mumkinligidir.
Maydalash bilan donadorlash. Tabletka tayyorlashda ishla-
tiladigan dori moddalar donador shakldan katta bo‘lgan taqdirda
maydalab donadorlash usulidan foydalaniladi.


118
Briketlash orqali donadorlash. Taxtakachlanadigan massa oldin
katta kuch bilan briket holiga keltiriladi. So‘ngra granulatordan
o‘tkazilib, ma’lum shakl va kattalikka keltiriladi. Bu usulning
afzalliklari: bog‘lovchi moddalar talab etilmaydi, quritish
jarayoni bo‘lmaganligi tufayli fizik-kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y
bermaydi. Bu maqsadda ishlatiladigan tolqonlar aralashmasidan
briket hosil qilish, uni maydalash va hosil bo‘lgan granulalarni
katta-kichikka ajratishga mo‘ljallangan qurilma samarali hisoblanadi
(26-rasm).
Qurilmada kukunlar aralashtirgich orqali o‘tib, jo‘valar ora-
sida taxtakachlanadi, so‘ngra maydalagichda maydalanib, teb-
ranma elakda idishga yig‘iladi. Qolgan yirik va mayda qismi yana
taxtakachlanishga uzatiladi.
«XUTT» firmasi (Germaniya) bu maqsadda boshqacha usulda
ishlaydigan qurilmani taklif qilgan.
Bu ham uzluksiz granula tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘-
lib, ikkita tishli do‘mbira shaklidagi taxtakachlagichdan iborat.
Tolqonlar majburiy tarzda shnek orqali do‘mbira oralig‘iga tushib
turadi. Do‘mbiralar aylanishi natijasida tolqon tish oralig‘idagi
teshikchalarda taxtakachlanib, ikki tomonga qalamcha shaklida
o‘tadi. Maxsus o‘rnatilgan pichoq yordamida qalamchalar
kesiladi va kattalikdagi massa hosil bo‘ladi.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish