?
NAZORAT SAVOLLARI
108
VI bob. QATTIQ DORI TURLARI
6.1. T
abletkalar
(Tabulettae seu medicamenta compressa)
Tabletka so‘zi lotincha «tabula» — «taxta», «tabella» —
«taxtacha» so‘zidan olingan bo‘lib, dorining taxtakachlangan
turidir. XIX asrning birinchi yarmidan boshlab oziq-ovqat
sanoatida choyni saqlash, tashish va ishlatish qulay bo‘lgan
taxtakach shakli ishlab chiqarila boshlandi. Bu afzalliklardan
dorixona sharoitida katta hajmni egallaydigan dori turlari uchun
ham foydalanish mumkinligi aniqlandi. G.Y. Êoganning
ma’lumotiga qaraganda, dorilarning tabletka holida ishlatilishi
1844-yilda Brokedon tomonidan taklif qilingan.
L.F. Ilin keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, tabletka dori tu-
rini birinchi marta Germaniyada 1874-yilda Rozental taklif qilgan.
Aslida Rozental 1882-yilda e’lon qilgan maqolasida tabletka holida
dorilar berishning sababi va ahamiyatini izohlagan.
Shu davrlarda dorixonalarda tabletkalar xususiy retsept-
larga binoan eng sodda taxtakachlash asboblari yordamida
tayyorlanar edi. Shunga qaramasdan, bu yangi dori turiga qi-
ziqish va talab kundan kunga oshib bordi. Bu esa, o‘z navbatida,
tabletka tayyorlash jarayonining asta-sekin takomillashuviga,
uning sifatini yaxshilash uchun kerakli choralarni ko‘rishga hamda
dastgohlarning mexanik usulda ishlashini ta’minlaydigan
tadbirlarni qo‘llashga olib keldi. Germaniya va Shveysariyada XIX
asrning oxirlariga kelib qo‘l kuchisiz ishlaydigan dastgohlar
yaratildi.
Rossiyaga birinchi marta shunday dastgoh 1895-yilning
24-martida Shveysariyadan keltirildi va u Sankt-Peterburg shah-
ridagi hozirgi «Îêòÿáðü» ishlab chiqarish birlashmasiga o‘rna-
tildi. Bu sohadagi hamma ma’lumotlarni to‘plab tartibga solgan
109
birinchi rus olimi L.F. Ilin 1900-yilda «Taxtakachlangan dorilar
to‘g‘risida yoki tabletkalar» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini
himoya qildi.
1910-yilda I.I.Budzko «Êo‘zga ishlatiladigan tabletkalar»
dissertatsiyasini himoya qildi. S.M. Mahkamov birinchi bo‘lib
1962-yili tabletka dori turidan nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
1972-yilda E.E.Borzunov, 1980-yilda esa S.M. Mahkamovlar tab-
letka dori turining nazariy va amaliy sohalari bo‘yicha doktorlik
dissertatsiyalarini himoya qildilar.
Shu kungacha bu dori turiga bag‘ishlab 30 dan ortiq
nomzodlik va 5 ta doktorlik dissertatsiyalari yoqlandi. Shulardan
20 ga yaqin nomzodlik va 5 ta doktorlik dissertatsiyalari Toshkent
farmatsevtika instituti qoshidagi ixtisoslashtirilgan kengashda
yoqlandi. Bu izlanishlar natijasida tabletka ishlab chiqarish
jarayonining nazariy va amaliy tomonlari boyidi. Hozir bu soha
texnologiyaning nazariy tomondan eng puxta asoslangan qismi
bo‘lib qoldi.
Tabletkalar dozalarga bo‘lingan dori moddalar yoki ular
bilan yordamchi moddalar aralashmasining taxtakachlangan
qattiq dori turi bo‘lib, ichish, surtish, til ostiga, teri ostiga
va inyeksiya uchun ishlatishga mo‘ljallangan. Bu tayyor dori
vositalari ichida bir qancha afzalliklarga ega bo‘lganligi tufayli
dori turining 73 % dan ortiqrog‘ini tashkil qiladi. Yiliga
sanoatimiz ishlab chiqarayotgan tabletkalar miqdori taxminan
500 nomda bo‘lib, 5 milliard shartli qadoqni tashkil etadi.
Bu dori turi quyidagi afzalliklari tufayli, uni ishlab chiqarish
tez rivojlandi:
1. Jarayonning to‘liq mexanizatsiyalashganligi, ish unum-
dorligining yuqoriligi, ozodaligi.
2. Ta’sir qiluvchi moddaning aniq dozalarga bo‘linganligi va
tabletka massasining aniqligi.
3. Muolajada, saqlash va tashishda qulayligi.
4. Noxush maza va hidlarni birmuncha kamaytirish mumkinligi.
5. Ta’siri uzaytirilganligi va kerakli a’zoga mo‘ljallanganligi va
h.k.
110
Bu afzalliklar bilan bir qatorda mazkur dori turi kamchilik-
lardan ham xoli emas:
1. Saqlanish natijasida eruvchanligi va parchalanuvchanligi-
ning kamayishi.
2. Yordamchi moddalar ishlatilishi.
3. Hamma dori vositalaridan tabletka tayyorlash imkoniyati
yetarli ishlab chiqilmaganligi va h.k.
Tabletka ikki tomoni yassi, qavariq yoki hoshiyali silindr
shaklida bo‘lib, diametri 3—25 mm gacha bo‘lishi mumkin.
25 mm dan ortiq diametrga ega bo‘lgan tabletkalar shartli ra-
vishda briket deb yuritiladi. Ba’zan tabletkalar qobiqli holda
tarkibida zaharli modda bo‘lgan (sirtga ishlatiladigan sulema)
tabletkalar eozin bilan bo‘yalgan bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda tibbiyotda turli xil tabletkalar ishlatiladi.
Jumladan, ta’siri uzaytirilgan, qayta va ko‘p marta ta’sir qiluvchi
tabletkalar «Retard» va «Durul»lar, qattiq dispers asosli tablet-
kalar, sublingval mikrotabletkalar va h.k. Tabletkalarni qabul qi-
lish usullariga rioya qilinmaganda har xil noxushliklar kelib chi-
qishi mumkin. Shuning uchun ularni qabul qilishning quyidagi
usullari tavsiya etiladi:
1. Butunligicha qabul qilinadigan tabletkalar. Bularga usti qobiqli
tabletkalar, kichik massali, noxush hid va mazali tabletkalar,
og‘iz bo‘shlig‘ida so‘rilib ta’sir qiluvchi, ta’siri uzaytirilgan va
ma’lum a’zoga ta’sir etishga mo‘ljallangan hamda teri ostiga
ishlatiladigan tabletkalar kiradi.
2. Oldindan maydalab yoki eritib ichiladigan tabletkalar.
Yil sayin bu dori turiga va uning texnologiyasiga bo‘lgan
qiziqish ortib bormoqda. Qisqa vaqt ichida bir necha doktorlik
dissertatsiyalari yoqlandi. Bir necha monografiyalar chop
etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |