26-rasm. Universal granulator:
1 – g‘alvirsimon silindr; 2 — kurakcha; 3 — qabul
qiluvchi idish.
1
2
3
119
Suyultirish usulida donadorlash. Bu usul 1958—1964-yillarda
chet ellarda tavsiya etilgan bo‘lib, 1970-yilda Sankt-Peterburg
kimyo- farmatsevtika institutida shu usul bilan anestezin,
amidopirin, fenobarbital va bir necha murakkab tabletkalar olish
bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi.
Buning uchun uch og‘izli dumaloq kolbaga dori modda solib,
termometr va aralashtirgich tushirib qo‘yiladi. Êolba suv va parafin
hammomiga joylashtirilib, suyulguncha qizdiriladi. Suyultirilgan
modda chinni kosachalarga quyib sovutiladi. Qotishma maydalanib,
donador shaklga keltiriladi. Tabletkaning qattiqligini ta’minlash
uchun suyuqlikka qand upasi qo‘shib, suspenziya holiga keltiriladi
va sovutiladi. Bu usuldan ilmiy ishlarda qattiq dispers tarmoq
yordamida ta’siri uzaytirilgan tabletkalar tayyorlashda
foydalaniladi.
Granula tayyorlashda keyingi vaqtlarda aralashtirish yoki
quritish jarayoni birgalikda olib boriladigan qurilmalar ishlatila
boshlandi. Bular jumlasiga: markazdan qochma kuchiga asosla-
nib ishlaydigan aralashtirgich-granulator, yuqori tezlikda ishlay-
digan aralashtirgich-granulator kiradi.
Markazdan qochma kuchiga asoslanib ishlaydigan aralash-
tirgich—granulator (29-rasm)da bog‘lovchi modda naycha orqali
rotor sathiga tushib, uni qoplaydi.
Sochiluvchi modda naycha orqali markazdan qochma ku-
chiga asosan suyuqlikka borib yopishadi. Bunda aralashma
konussimon devorga urilib teshiklardan o‘tadi va havo oqimi
to‘r orqali qurilmaning konussimon qismida to‘planadi. Havo
esa tashqariga chiqadi. Yuqori tezlikda ishlaydigan aralashtirgich
granulatorning (Angliya va Belgiya firmalari) ostki qismi
dumaloq, germetik berkitilgan va o‘ta silliqlangan bo‘lib, 2 ta
aralashtirgichi bor. Bulardan biri (30-rasm) massani harakatga
keltiradi, ikkinchisi esa noto‘g‘ri shakldagi zarrachalarning
maydalanishiga xizmat qiladi. Har ikki aralashtirgichning ishini
idora qilish imkoniyati bor. Bu qurilmalarda ish jarayoni tez
kechadi. Bog‘lovchi modda aralashtirgichda (3) quruq aralashma
bilan aralashadi. Tezlikni tanlash bilan granulatning katta-
kichikligini ta’minlash mumkin. Tayyor mahsulot eshikcha
120
27-rasm. Ezib donadorlash
asbobi:
1 — xampa; 2 —taxtakachlaydigan
jo‘valar; 3—4 — pichoq;
5 — shnek; 6, 7 — yig‘gich.
28-rasm. Taxtakachlab donadorlash
asbobi:
1 — naycha; 2 — rotor;
3 — konussimon pirpirak;
4 — to‘r.
1
2
3
4
5
6
7
4
2
3
1
29-rasm. Markazdan qochma kuchiga
ega aralashtirgich—granulator:
1 — aralashtirgich; 2 — jo‘vali
taxtakach; 3 — zarb bilan
ishlaydigan maydalagich;
4 — granulator.
30-rasm. Yuqori oqimda
ishlaydigan aralashtirgich:
1 — markaziy yig‘gich;
2 — markaziy o‘q;
3 — aralashtirgich;
4 — eshikcha.
1
2
3
4
1
2
3
4
121
(4) orqali to‘plagich yordamida yig‘ib olinadi va quritishga
beriladi.
Granulalarni silliqlash. Massa bir tekisda xampadan matritsaga
tushib turishi uchun uning sathi bir tekisda bo‘lishi kerak. Buning
uchun maxsus qurilmalardan foydalaniladi.
Qurilmaning asosi g‘adir-budur plastinkadan iborat bo‘lib,
u daqiqasiga 400—1600 marta aylanadi va 2 daqiqa yetarli bo‘ladi.
Ish unumi soatiga 20 tonna.
Granulalarni quritish. Farmatsevtika sanoatida ko‘proq ja-
vonli quritkichlar hamda aerofontan usulida ishlaydigan har
xil tuzilishga ega bo‘lgan quritkichlar (SP, SG) ishlatiladi
(31-rasm). Ular javon ko‘rinishida, ikki qismdan iborat
bo‘ladi. Ostki nam massa solinadigan qismi g‘ildirakli bo‘lib,
javon ichiga kiritiladi va ustki qismiga zichlab berkitiladi.
Ustki qismida neylon, kapron kabi mustahkam matolardan
tayyorlangan «filtr yeng» bo‘ladi. Bu qurilma avtomat ravishda
ishlaydi.
Belgilangan haroratda kuchli havo oqimi asbobning ostki
qismidan ma’lum bosim bilan beriladi. Asbobning tub qismi,
ba’zan yon taraflariga to‘r qoplangan bo‘lib, havo ular orqali
o‘tadi va sig‘imdagi massani ko‘tarib, muallaq holatga keltirib
ushlab turadi. Massa «soxta qaynoq yuza»da quriydi. Namlangan
havo mato orqali o‘tib tashqariga chiqarilib yuboriladi. Mayda
zarrachalar matoda tutilib qoladi. Matodan bir me’yorda o‘tishini
ta’minlash uchun vaqt-vaqti bilan u avtomat ravishda silkitib
31-rasm. Granulalarni silliqlovchi qurilma—Aerofontan quritkichlar:
A—SP asbobi; B—SG-30 asbobi.
A
B
122
turiladi. Belgilangan vaqt o‘tgach, asbob avtomat ravishda to‘xtaydi.
Biroz o‘tgach, ochib qurigan massa olinadi.
Umuman, quritish murakkab jarayon bo‘lib, amaliyotda
boshqariladigan qurilmalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |