126
XDFda drajega bag‘ishlangan 5 ta maqola keltirilgan bo‘lib,
shulardan bittasi umumiy va to‘rttasi aminazin, diazolin, di-
kolin, propazinlarga bag‘ishlangan.
Tabletkalarning qobiq bilan qoplash
vaqtida bir-biri bilan
kimyoviy reaksiyaga kirishadigan murakkab tarkib ham ish-
latilishi mumkin:
Acidi ascorbinici
0,15 g.
Acidi nicotinici
0,025 g.
Phenobarbitali
0,015 g.
Methionini
0,015 g.
Bu yerda askorbin kislotasi bilan metionin o‘zaro reaksiyaga
kirishishi mumkin. Shu sababli, bu tarkibdan tabletka tayyor-
lash uch bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda quyida keltirilgan tarkibidan granula tay-
yorlanib, taxtakachlanadi:
Askorbin kislotasi 0,15 g.
Êraxmal
0,0009 g.
Êalsiy stearati
0,001 g.
Hosil bo‘lgan tabletka diametri 6 mm, massasi 0,16 g bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda bu tabletka ustiga quyidagi tarkibidagi granula
taxtakachlanadi:
Shakar qandi 0,0530 g.
Êraxmal
0,0966 g.
Êalsiy stearati
0,1500 g.
Bunda diametri 9 mm va og‘irligi 0,31 g.li tabletka hosil bo‘-
ladi. Uchinchi bosqichda hosil bo‘lgan qobiq ustiga quyidagi tar-
kibda tayyorlangan granulalar taxtakachlanadi:
Metionin
0,15 g.
Nikotin kislotasi
6,025 g.
Fenobarbital
0,015 g.
Qand
0,03 g.
Êraxmal
0,116 g.
Êalsiy stearati
0,001 g.
127
Talk
0,03 g.
Massasi
0,34 g.
Natijada massasi 0,65, diametri 12 mm.li tabletka hosil bo‘-
ladi. Shu usulda oshqozon va ichakka ta’sir ko‘rsatadigan
tabletkalar tayyorlanadi. Ular
ko‘p marta ta’sir ko‘rsatadigan
tabletkalar deb ataladi. Rangli moddalardan tabletka tayyorlashda,
ayniqsa, qobiq bilan qoplashda Xarkovdagi kimyo-texnologiya
ilmiy-tekshirish institutida olingan va sanoat miqyosida ishlab
chiqarilayotgan qizil va havorangli qandlardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
1. Tabletka shakllari va ularning ahamiyati.
2. Tabetka, rotula va mikrotabletkalarning bir-biridan farqi nimada?
3. Aholini dori bilan ta’minlashda tabletkaning tutgan o‘rni va aha-
miyati haqida nimalarni bilasiz?
4. Nima uchun tabletka tayyorlashda yordamchi moddalar ishlatiladi?
5. Tabletkaning og‘irligi va bosim kuchi qanday moslashadi?
6. Rotatsion va zarb bilan ishlaydigan mashinalarning afzalligi va
kamchiliklarini aytib bering.
7. Taxtakachlanadigan massaning xossalari va ularning tabletka tay-
yorlash jarayonidagi ahamiyati nimada?
8. Tabletkani be’vosita taxtakachlash shart-sharoitlari nimalardan iborat?
9. Qoldiq namlikni taxtakachlash jarayoni va tabletka sifati uchun qanday
ahamiyati bor?
10. Sanoatda granula holida ishlab chiqariladigan qanday dori turla-
rini bilasiz?
11. Granula ishlab chiqarish qanday bosqichlardan iborat?
12. Draje dori turining obakilangan tabletkadan qanday farqi bor?
13. Tabletkalarni qobiq bilan qoplashning qanday usullari mavjud?
Ulardan qaysilari samarali usul hisoblanadi? Nima uchun?
Do'stlaringiz bilan baham: