33-rasm. Rotor-pulsatsiyali asbobning chizmasi:
1 — rotor; 2 — stator; 3 — korpus; 4 — qopqoqcha;
5, 6 — kirish va chiqish.
5
4
1
2
6
3
134
YDT LARINING SIFAT NAZORATI
Yumshoq dori turlarining sifati quyidagi ko‘rsatkichlari
bo‘yicha nazorat qilinadi:
tashqi ko‘rinishi;
chinligi;
bir xil aralashganligi;
jihoz idishidagi massasi;
mikrobiologik tozaligi;
yot moddalar;
miqdorini aniqlash.
Zarur bo‘lgan hollarda yumshoq dori turlarining sifati zar-
rachalar o‘lchami, pH, kislotali va perekisli soni, kolloid hamda
termik turg‘unlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda
nazorat qilinadi.
YDT LARINI QADOQLASH VA JIHOZLASH
YDT larini qadoqlovchi idishlar indifferent, tashqi muhit
ta’siridan himoya qiluvchi, yorug‘likni o‘tkazmaydigan va og‘zi
mahkam berkiladigan bo‘lishi kerak. YDTlarini qadoqlovchi eng
sifatli idish bu ichki qismi laklangan va himoya membranasi
hamda lateksli halqasi mavjud bo‘lgan metall tublar bo‘lib hisob-
lanadi. Shu bilan birga yuqoridagi talablarga javob beruvchi boshqa
turdagi birlamchi jihoz idishlaridan ham foydalanish mumkin.
Steril yumshoq dorilar qadoqlangan idishlarda, ularni dast-
labki ochish vaqtida, himoyalovchi membrana moslamasi mav-
jud bo‘lishi kerak. Burun, quloq, ko‘z, rektal va vaginal yumshoq
dori turlari qadoqlangan jihoz turlarida surtishga mo‘ljallangan
applikatorlari bo‘lishi kerak.
SHAMCHALAR
Tibbiyotda shamcha dori turi bugungi kunda keng qo‘llanil-
moqda. Shamchalarning qator afzalliklari bo‘lib, ular peroral
va inyeksion dorilarga xos kamchiliklarga ega emas.
Shamchalar tanaga mahalliy va umumiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shamchalar — yumshoq dori turi bo‘lib, tarkibida bir yoki
bir necha ta’sir qiluvchi va yordamchi moddalardan tashkil topgan
bo‘ladi. Ular xona haroratida qattiq va tana haroratida erib ketadi.
135
Shamchalar:
1. Rektal.
2. Vaginal.
3. Tayoqcha ko‘rinishida bo‘ladi.
Rektal shamchalar bir tomoni uchli silindrsimon, konus-
simon bo‘lib, maksimal diametri 1,5 sm bo‘ladi.
Bitta shamchaning massasi 1 g.dan 4 g.gacha bo‘lishi mumkin.
Bolalar uchun esa 0,5 g.dan 1,5 g.gacha og‘irlikda bo‘ladi.
Shamchalarni tayyorlash uchun lipofil asos, gidrofil asos va
ularning aralashmasidan iborat asoslar ishlatiladi.
Êakao moyi lipofil asoslarning eng asosiy vakilidir. Lipofil
asoslarga kakao moyining parafin va gidrogenlangan yog‘lar
aralashmasi, qattiq yog‘, lanol, gidrogenlangan yog‘, qattiq
parafin va mum aralashmasi va boshqalar misol bo‘la oladi.
Zamonaviy gidrofil asoslarga, asosan, polietilenoksidlar (eti-
lenoksidning kondensirlangan polimerlari) misol bo‘la oladi.
Ukrainadagi ishlab chiqaruvchilar ularning PEO-400, 1500,
2000, 4000, 6000 turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishgan.
Shamchalar korxona sharoitida quyidagi usullarda tayyorlanadi:
eritilgan massani qoliplarga quyish;
massani maxsus moslamada taxtakachlash.
Eritilgan massani qoliplarga quyish usuli bugungi kunda keng
qo‘llanilmoqda. Bu usulda shamchalarni ishlab chiqarish quyidagi
bosqichlar bo‘yicha olib boriladi:
1. Ishlab chiqarish sharoitini tayyorlash (xonani, jihozlarni
va xodimlarni tayyorlash).
2. Asoslarni tayyorlash.
3. Dori moddalarini tayyorlash va ularni asosga kiritish.
4. Shamcha massasini gomogenlash.
5. Shamchalarni qoliplarga quyish, qadoqlash va jihozlash.
Hozirgi kunda «Sarong 2005» avtomatik liniyasi sham-
chalarni quyishda eng keng tarqalgan moslama bo‘lib hisobla-
nadi. Bu moslama yordamida dozalangan va shakllangan sham-
chalar polivinilxlorid plyonkadan tayyorlangan yacheykalarga
joylanadi va qadoqlanadi.
Avtomatlashgan asbobning tashqi ko‘rinishi va uning tuzi-
lishi 34-rasmda keltirilgan.
Bu liniyaning ishlash prinsipi quyidagicha: ikkita rulondan
(1) aluminli folga kelib tushadi va u kesuvchi asbob (2) yordamida
136
vertikal yo‘nalishda kesiladi. Ikkita rulondagi lentalarda yarim-
sharsimon shakl hosil qilinadi (3) va ushbu shakllar issiqlik
yordamida bir-biriga o‘zaro payvandlanadi (4). Bunda har bir
hosil bo‘lgan qolipni to‘ldirish uchun yoriq joy qoldiriladi. Bu
yoriq orqali qoliplar shamcha massalari bilan to‘ldiriladi. Bunda
jihoz turi quyish qolipi sifatida xizmat qiladi.
Avtomat asbobning rezervuari (5) taxminan 30 litr massa
saqlaydi. Shamcha massasi isitiladi va uzluksiz ishlovchi ara-
lashtirgich yordamida aralashtiriladi. Dozalash nasos yordamida
bajariladi. To‘ldirilgan qoliplar zich yopiladi (6) va ular alohida
tayyorlangan shamchalar bilan to‘ldiriladi. So‘ngra lentadagi
shamchalar soniga qarab chiziqlar qirqiladi (8), (9). Êesilgan
chiziqlar sovitiladi (10) va avtomat asbob tayyor qadoqlangan
shamchalarni itarib chiqaradi.
34-rasm. «Sarong 2005» avtomatlashgan asbobning chizmasi.
5
5
8
9
10
900
21
10
1
2 3
4
6 7
1310
12
80
2850
3350
137
Folganing yuzasi (qalinligi 40 mk) polipropilen plyonkasi bi-
lan qoplanadi, ichki yuzasi esa yuqori bosimda polietilen bilan
qoplangan bo‘ladi. Moslama soatiga 1000—2000 dona shamcha
ishlab chiqaradi. Shakllangan shamchalar tashqi ko‘rinishi bo‘-
yicha saralanadi va yaroqlilari tahlil qilinadi. Shamchalar
10—15°C haroratda 2—3 soat davomida quritiladi. Bunda
qadoqlangan shamchalar yuzasidagi sovituvchi va sirpantiruvchi
modda qoldiqlari havo oqimi yordamida yo‘qotiladi.
Tayyor shamchalar yarimavtomat yordamida qadoqlanadi va
jihozlanadi. Êonturli jihozlar karton korobkaga joylanadi va unga
yorliq varag‘i solinadi. Yorliqda seriya raqami va saqlanish mud-
dati ko‘rsatiladi.
Tayyor mahsulot quruq, qorong‘i joyda 20°C haroratda saq-
lanadi. Shamchalar texnologiyasini takomillashtirishda ularni harorat
ta’siri bo‘lmagan usullardan foydalanib, masalan, taxtakachlash
usulida olish muhim hisoblanadi. Bu usulning yutug‘i shundaki,
issiqlikka chidamsiz bo‘lgan dori moddalarning parchalanishini va
sedimentatsiyasining oldini olish imkoni bo‘ladi.
Taxtakachlangan shamchalarni tayyorlash jarayonida ularni
itarib chiqarish uchun kuch kerak bo‘ladi. Gidrofob yog‘li asoslar
moylovchi xossaga ega bo‘lib, shamchaning qolipdan itarilib chi-
qishini yengillashtiradi. DF shamchalarga quyidagi talablarni
keltiradi: bir xil jinsli bo‘lishi, bir xil shaklga ega bo‘lishi va xona
haroratida qattiq bo‘lishi kerakligi.
Shamchaning bir jinsliligini tekshirish. Shamchaning bir jins-
liligini tekshirish ko‘z bilan olib boriladi. Buning uchun shamcha
ko‘ndalangiga teng ikki qismga kesiladi va unda erimagan zarra-
chalar mavjud emasligi tekshiriladi. Undan tashqari shamcha-
larning o‘rtacha og‘irligi va undan chetlanishi tekshiriladi. Lipofil
asoslarda tayyorlangan shamchalar erish harorati tekshiriladi va u
37°C dan oshmasligi kerak. Agar erish haroratini o‘lchash
muammo tug‘dirsa, unda shamchaning to‘liq deformatsiyaga
ketgan vaqti aniqlanadi va u 15 daqiqadan oshmasligi kerak.
Gidrofil asoslarda tayyorlangan shamchalarda erishi uchun
ketgan vaqt aniqlanadi.
Shamchalar 1 soat davomida erishi kerak. Shamchalarda dori
moddasining bir xil tarqalganligi va miqdori aniqlanadi.
138
1. Surtma dori turi deb nimaga aytiladi?
2. Surtmalarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari.
3. Kremlar deb nimaga aytiladi?
4. Kremlar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari.
5. Gellar deb nimaga aytiladi?
6. Gellar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari.
7. Pastalar deb nimaga aytiladi?
8. Pastalar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari.
9. Linimentlar deb nimaga aytiladi?
10. Linimentlar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari.
11. Yordamchi moddalar va asoslarning funksiyali vazifasiga qarab
qanday guruhlarga tasniflash mumkin?
12. Shamchalarning bir xil tarqalganligi va miqdori qanday aniqlanadi?
13. Yumshoq dori turlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asbob-
uskunalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |