Farmatsevtika sanoati texnologiyasi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

Texnologik jarayon. Êatta hajmdagi tabiiy yoki sun’iy (sintetik)
xomashyolarni iste’mol mahsulotiga aylantirish ishlab chiqarish
jarayoni deyiladi. Texnologik jarayon ketma-ket amalga oshirila-
digan alohida bosqichlarning yig‘indisidir. Masalan, tabletka
tayyorlashning texnologik jarayoni quyidagi bosqichlardan ibo-
rat: xomashyoni maydalash, elash, aralashtirish, donadorlash,
quritish, upalash va taxtakachlash. Texnologik jarayon uzluksiz
va uzlukli yoki yarimuzluksiz bo‘lishi mumkin.
Uzlukli jarayon vaqt-vaqti bilan ishlatiladigan asboblarda
kuzatiladi. Zoldirli tegirmonda maydalash bunga misol bo‘la
oladi; xomashyo solib, tegirmon ishlatiladi. Ma’lum vaqtdan
so‘ng maydalangan material to‘kib olinadi va yangi xomashyo
solinib, tegirmon yana ishga tushiriladi. Shu tarzda bu jarayon
takrorlanaveradi.
Uzluksiz ishlaydigan jarayonda esa uzluksiz ravishda xomashyo-
dan tayyor mahsulot olinaveradi. Misol: purkagichli quritkich
yordamida quritish. Bunda quritish xonasiga purkagich orqali
uzluksiz ravishda suyuqlik purkalib turiladi. Qurilmaning ikkinchi
tomonidan esa uzluksiz ravishda quruq mahsulot chiqaveradi.
Yarim uzluksiz jarayonda esa ishlab chiqarish jarayonining
bir qismi uzluksiz, ikkinchi qismi uzlukli bo‘ladi. Masalan,
tabletka tayyorlash jarayonini ko‘raylik. Bunda tabletkani
mashinada taxtakachlash uzluksiz, xampaga massani to‘ldirib
turish esa uzlukli bo‘ladi.
Albatta, korxonada uzluksiz jarayon bo‘lish maqsadga muvo-
fiqdir, chunki bunda qo‘l kuchidan juda kam foydalaniladi.
Ishlab chiqarish bosqichi deb, texnologik jarayonning bir qis-
miga aytiladi va bu aksariyat oraliq mahsulot olish bilan tugallanadi.
Texnologik operatsiya bosqichning yoki jarayonning bir qis-
midir. Misol: murakkab tolqon ishlab chiqarish jarayoni may-
dalash, elaklab aralashtirish, qadoqlash bosqichlaridan iborat.
Maydalash bosqichi, o‘z navbatida, bir necha operatsiya, ya’ni
xomashyoni quritish, tegirmonlarni tanlash va tayyorlash hamda
maydalashdan tashkil topadi.
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish ko‘p bos-
qichli va kam bosqichli bo‘lishi mumkin.


10
Êam bosqichli ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish
maqsadga muvofiq bo‘lib, bunda vaqt, asbob-uskuna, ish joylari
tejaladi, natijada mahsulot tannarxi arzon bo‘ladi. Shuning uchun
mutaxassis va olimlarning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan
ilmiy va amaliy izlanishlari bu masalani hal etishga qaratilishi
lozim. Êorxonada mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladi-
gan barcha asbob-uskunalar (dastgoh va asboblar) texnologik
jarayonga muvofiq ketma-ket joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish atamalari. Xomashyo deb, mahsulot ishlab
chiqarish uchun keltirilgan va qayta ishlash natijasida sezilarli
darajada boshlang‘ich ko‘rinishini o‘zgartirmagan materialga
aytiladi.
Ingrediyent — ozgina o‘zgarib yoki o‘zgarmagan holda murak-
kab mahsulot tarkibiga kiruvchi modda.
Tayyor mahsulot — texnologik jarayon natijasida hosil bo‘la-
digan mahsulot.
Oraliq yoki yarim tayyor mahsulot — murakkab, ko‘p bos-
qichli texnologik jarayonning har bir bosqichining hosilasi.
Xomashyoni qayta ishlash jarayonida ular tasniflanadi. Tayyor
mahsulot tarkibiga kirmay qolgan xomashyo qismi chiqindi
deyiladi. Agar chiqindiga keyinchalik yana ishlatish mumkin
bo‘lsa, u qo‘shimcha mahsulot (ïîáî÷íûé ïðîäóêò) deb yuri-
tiladi. Agar ishlatish mumkin bo‘lmasa, tashlandiq mahsulot
deb ataladi. Hozirgi zamon talabiga binoan ishlab chiqarishni
chiqindisiz tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish