14
chop etildi, 1969-yili esa bu farmakopeyaning ikkinchi nashri
ingliz va rus tillarida chop etilgan. Xalqaro farmakopeyani yara-
tishdan maqsad unga kiritilgan mahsulot va dori turlarining
sifati
hamma davlatlar uchun bir xil bo‘lishini ta’minlashdir.
Reglament (cheklama) — ishlab chiqarishning asosiy qo-
nunlari bo‘lib, bugun texnologik jarayonda unga rioya qilinishini
nazorat qilib turish texnika nazorati bo‘limi (OTÊ—TNB)ga
yuklangan bo‘ladi. TNB xomashyoning sifati, tayyor mahsulotni
ishlatish mumkin yoki mumkin emasligi haqida xulosa beradi.
Agar ishlab chiqarish jarayonida sanoat reglamenti ko‘rsatmasi
buzilayotgan bo‘lsa, TNB ishlab chiqarishni to‘xtatishga ham
haqqi bor.
Demak, TNB korxonadan sifatli mahsulot chiqishini ta’min-
lash uchun javobgardir. Reglament mazmuni — butun ishlab
chiqarish jarayoni alohida-alohida bosqichlarga bo‘linadi, har
bir bosqich esa ayrim operatsiyalardan iborat. Har bir operatsiya
aniq standartlashtirilgan, belgilangan vaqt oralig‘ida bajariladi,
bu esa aniq qoidalar yordamida amalga oshiriladi. Bu qoidalarda
xomashyoning tashqi ko‘rinishi, sifati va bir marta olinadigan
miqdori, ishlov
berish vaqti va tartibi, ishlatiladigan dastgoh
va asboblar, yordamchi moddalarning miqdori va turlari, tayyor
mahsulot xossalari bayon qilingan bo‘ladi. Êorxona sharoitida
chiqariladigan dorilar texnologiyasi dorixonalarnikidan farq
qilib, katta miqdordagi moddalarga bir yo‘la ishlov beriladi.
Bunda har qanday tasodifiy buzilishlar katta moddiy zarar
yetkazadi. Binobarin, texnologik jarayonni
tashkil qilishda moddiy
zarar keltiradigan har qanday tasodifiy xatolarning oldi olingan
bo‘lishi lozim.
Sanoat reglamenti TD ishlab chiqarish sanoat reglamenti
vositasi bilan amalga oshiriladi. Sanoat reglamenti faqat texnologik
hujjat bo‘lmasdan, balki undan dori ishlab chiqaradigan korxona-
larni loyihalashda (agar u ishlab chiqarishga birinchi marta joriy
qilinayotgan bo‘lsa) yoki ishlab chiqarishni o‘zgartirishda foyda-
laniladi. Shuningdek, reglament asosida quyidagilar aniqlanadi:
1)
texnik-iqtisodiy normativlar, shu jumladan, xomashyo
va material sarflash miqdori;
15
2) texnika xavfsizligi, sanoat sanitariya gigiyenasi va yong‘in-
ning oldini olish tadbirlari;
3) ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, sanoat oqova
suvlarini zararsizlantirish
hamda tozalash, atmosferaga chiqari-
ladigan gazlarni zararsizlantirish choralari va h.k.
Sanoat reglamentlari tajriba sexida va sanoat korxonalarida
yoki ularning topshirig‘i bilan tarmoq ilmiy-tekshirish oliygoh-
larida yoki oliy o‘quv yurtlarining kafedralarida ishlab chiqiladi.
Sanoat reglamenti TST 64—2—72 bo‘yicha «Êimyo-farmatsevtika
mahsulotlari sanoat reglamentini ishlab chiqish» tartibiga binoan
ishlab chiqiladi va u uch bosqichdan iborat bo‘ladi.
Laboratoriya reglamenti — bu texnologik hujjat bo‘lib, dori
mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ilmiy ishlar laboratoriya sha-
roitida yakunlanadi. Laboratoriya reglamenti asosida
tajriba sanoat
qurilmalari loyihalanadi va ishlatiladi. Bu qurilmalar yordamida
dori mahsulot ishlab chiqariladigan yangi texnologiya o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: