1.3. Mashina (dastgoh)lar haqida ma’lumot
Hozirgi zamon ishlab chiqarishini har xil mashinalarsiz ta-
savvur qilib bo‘lmaydi. Mashina — energiyani maqsadga muvofiq
ish bajarish uchun sarflaydigan mexanizm yoki mexanizmlar
22
O‘ta mayda kukun holiga kelguncha maydalash:
boshlang‘ich d
b
= 1 — 10 mm;
oxirgi d
o
= 0,005 — 0,015 mm;
i = (1 — 10) : (0,005 — 0,015) = 2 — 60.
Êolloid zarracha darajasigacha maydalashda boshlang‘ich
va oxirgi zarracha diametri d
d
= < 0,001 mm.ni tashkil qiladi.
Bunda, i = 0,1 : 0,001 = 100 ga teng bo‘ladi.
Jismlarning maydalanishi ularning fizik-mexanik xossala-
riga (jismning shakli, zichligi, qayishqoqligi) va tegirmonlarga
bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun tegirmonlar maydalanayotgan
jism xususiyatiga qarab tanlab olinadi.
Qayishqoq va zich jismlar uchun zarb bilan va zarb ezish
usulida ishlaydigan tegirmonlarni olgan ma’qul: jo‘vali, tishli-
jo‘vali, diskli (dezintegrator va dismembratorlar), bolg‘ali.
Qattiq va mo‘rt jismlarni maydalash uchun zarb bilan, qa-
rama-qarshi oqimda ishlaydigan hamda zarb va ishqalash usulida
ishlaydigan (zoldirli, tebranma harakat qiluvchi) tegirmonlar
qo‘llanilishi mumkin.
Êolloid tegirmonlar mahsulotni o‘ta mayda (1—5 mkm)
darajagacha maydalash uchun ishlatiladi.
Qarama-qarshi oqim bilan ishlaydigan tegirmonlar (6—7
atmosfera bosim ostida) 50–80 mkm.gacha maydalash quv-
vatiga ega.
Maydalash nazariyasi. Maydalash murakkab jarayon bo‘lib,
unda har xil fizik-kimyoviy va mexanik hodisalar ro‘y beradi.
Hozirgi zamon fan va texnikasi rivojlangan bo‘lishga qaramay,
bu jarayon nazariy jihatdan hali uzil-kesil yechilmagan. Shu
kungacha bundan 100 yil ilgari yaratilgan va bu jarayonni to‘liq
qamrab olmagan ikkita nazariyadan foydalanib kelinadi. Qattiq
jismlarning tashqi kuch ta’sirida mayda zarrachalarga bo‘linishi
ular shaklining o‘zgarishi hamda mikrodarz ketish yo‘li bilan
bo‘ladi. Bunda tashqi ta’sir etuvchi kuch jismning qattiqlik
chegarasidan yuqori bo‘lsa, maydalanish sodir bo‘ladi.
Har bir jism qattiqligiga qarab, maydalanishga muayyan
darajada qarshilik ko‘rsatadi. Bunda tashqi kuch ta’sirida qattiq
jismlarning shakli o‘zgaradi. Bu o‘zgarish taranglik va qayish-
qoqlik shaklida ro‘y beradi.
23
Maydalagichlar to‘g‘risida tushuncha. O‘simlik xomashyolari
qanday maqsadda ishlatilishiga qarab dastlabki va takroran
maydalanishi mumkin. O‘simlik xomashyolarini maydalash
jarayoni o‘t va ildiz qirqgichlar yordamida amalga oshiriladi.
O‘t qirqgich oddiy tuzilgan bo‘lib, diskli va do‘mbirali bo‘ladi.
Do‘mbirali o‘t qirqgichda egri chiziqli qirqgich pichoq, sal-
moqli g‘ildirak (ìàõîâèê) kegay (ñïèöà)ga mustahkamlangan
bo‘ladi. O‘simlik xomashyosi pichoq ostiga tasma yordamida
yuboriladi. Bunda tasma yoki pichoqning harakat tezligiga qarab,
maydalanish katta-kichikligi ta’minlanadi.
Ildiz qirqgichning ikkita pichog‘i bor. Yuqoridagisi eksen-
trikka mahkamlangan bo‘lib, yuqoriga va pastga harakat qiladi,
pastgisi qimirlamay turadi.
Maydalanadigan xomashyo pichoqlar orasiga harakatlana-
digan tarnovcha orqali yuboriladi. Mahsulotning maydalik dara-
jasi pichoq oralig‘ining katta-kichikligi bilan boshqariladi.
Agar o‘simlik quruq bo‘lib, kesish qiyin bo‘lsa, oldindan
uni namlangan matoga o‘rab qo‘yiladi.
Xomashyoni oxirigacha maydalashda har xil tuzilishdagi te-
girmonlardan foydalaniladi.
Silliq va tishli-jo‘vali tegirmonlar. Bu maydalagichlarning ish
unumi yuzasining tuzilishiga bog‘liq. Tishli-yuza jo‘vali te-
girmonlar silliq yuzaliga nisbatan ancha katta bo‘laklarni ham
maydalash imkoniyatiga ega. Bunday
tegirmonlar oziq-ovqat, kimyo sa-
noati va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Diskli tegirmonlar asosan tik holatda
o‘rnatilgan ikkita diskdan iborat bo‘-
lib, ularning biri harakatsiz, ikkinchisi
harakatda bo‘lishi mumkin. Disklar
yuzasiga bir necha qator aylanma tish-
lar o‘rnatilgan bo‘ladi. Disk yopilganda
bu tishlar bir-birining orasiga kiradi.
Disk harakatga kelganda mayda-
lanadigan xomashyo tishlar orasiga tu-
shib katta kuch bilan uriladi, kesiladi
1-rasm. Dismembrator
(eksselsior):
1 — aylanadigan disk;
2 — aylanmaydigan disk.
2
1
24
va ezilib maydalanadi. Bunday tegirmon
dismembrator deyiladi.
Bolg‘achali tegirmon ichki devori
zirhlangan qalin metalldan tayyorlan-
gan tana, markaziy o‘qga o‘rnatilgan
diskdan iborat bo‘lib, uning markazidan
devorga qarab, bir nechta bolg‘acha o‘z
o‘qi atrofida qimirlaydigan qilib o‘r-
natilgan bo‘ladi. Tananing tubiga yechi-
ladigan (olib qo‘yiladigan) elak o‘rna-
tilgan bo‘lib, maydalangan modda elak-
dan uzluksiz o‘tib ketaveradi. Bu esa
maydalash jarayonini tezlatadi.
Agar tegirmon disklarining har ikkisi harakatda bo‘lsa, dez-
integrator deb yuritiladi (2-rasm).
Qarama-qarshi oqimda ishlaydigan tegirmon. Bu maydala-
gich bo‘limi (kamera), bir-biriga qarama-qarshi joylashgan
naychalardan iborat bo‘lib, ular ichida katta bosim (6 atm)da
kelayotgan havo oqimini tezlatuvchi uchi ingichka naycha joy-
lashgan bo‘ladi.
Naychaga xampadan tushayotgan xomashyo katta tezlik
bilan kelayotgan havo oqimi bilan tezlatgich naychasidan
(800 m/sek) chiqib, qarama-qarshi tomondan xuddi shu yo‘-
sinda kelayotgan xomashyo zarrachalari bilan to‘qnashadi. Bunda
59—80 mkm.gacha qattiqlikdagi zarrachalar hosil bo‘ladi.
Zoldirli tegirmonlar do‘mbira va uning ichiga joylashtirilgan
har xil kattalikdagi (50—150 mm.gacha) po‘lat yoki chin-
nidan tayyorlangan zoldirlardan iborat bo‘ladi. Tegirmon-
ning ma’lum tezlikdagi harakatida zoldirlar markazdan qochma
kuch ta’sirida yuqoriga ko‘tarilib, zoldir og‘irligi bu kuchni
yengganda, u pastga tushib xomashyoni zarb bilan urib may-
dalaydi. Zoldirlar orasidagi xomashyo ishqalanish kuchi ta’si-
rida ham maydalanadi. Zoldirli tegirmonning ish unumi quyi-
dagi formula yordamida hisoblanganda tezlik eng yuqori bo‘ladi:
.
32 –37
=
D
n
2-rasm. Dezintegrator:
1 — tishlar;
2 — disklar.
2
2
1
25
Êolloid tegirmonlar — o‘ta mayda tolqon (upa) olish uchun
ishlatiladi. Tegirmon ikkita tez aylanadigan konussimon g‘ildirak-
dan iborat bo‘lib, ularning oralig‘i 0,005 mm.ni tashkil qiladi.
Jism shu oraliqdan o‘tib maydalanadi.
Maydalanadigan tuz har xil birikmalar, qotishmalar uchun
turli xil tegirmonlar: diskli, bolg‘achali, qarama-qarshi oqimda
ishlaydigan, tebranma harakatli, kolloidli tegirmonlarda, o‘sim-
liklarni esa kesib maydalagich-o‘t va ildiz qirqgichlardan foy-
dalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |