Farmatsevtika sanoati texnologiyasi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

QILISH ASOSLARI
1.1. Umumiy tushuncha
Farmatsevtika korxonalari ishlab chiqariladigan mahsu-
lotga qarab, ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhdagi korxo-
nalar boshlang‘ich mahsulot (substansiya) ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan. Ikkinchisi esa tayyor dori (TD) ishlab chiqaradi.
Êorxona sharoitida ishlab chiqariladigan dorilar katta hajmda
bo‘lganligi bilan dorixonada ishlab chiqariladiganlardan tubdan
farq qiladi. Êorxonada tayyorlanadigan dorilar turlituman bo‘lgan-
ligi sababli, ular bir xil dori turlari ishlab chiqarishga ixtisoslash-
gan sexlardan tashkil topgan. Shuning uchun TD ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan kimyo-farmatsevtika korxonalarida, ko‘pincha,
galen, tabletka, ampula, qadoqlash sexlari mavjud bo‘ladi. Ayrim
katta korxonalarda boshqa turdagi dorilar ishlab chiqaradigan sexlar
ham bo‘lishi mumkin (bog‘lovchi materiallar va boshqalar).
Galen sexi. Bu sexda, asosan, ajratmalar (tindirma, eks-
traktlar, o‘ta tozalangan preparatlar), biogen stimulatorlar, har
xil eritmalar, surtma dorilar va hokazolar tayyorlanadi.
Tabletka sexi. Bu sexda sochiluvchan tolqonlardan taxta-
kachlash yo‘li bilan tabletkalar tayyorlanadi va donadorlash
jarayoni ham amalga oshiriladi. Shu jumladan, mikrotabletka-
lar, teri ostiga qo‘yiladigan (implantant) va kuchi uzoq davom
etadigan tabletkalar ham tayyorlanadi.
Ampula sexi. Ampula sexida inyeksiya uchun ishlatiladigan
dorilar ishlab chiqariladi.
Qadoqlash sexi. Bu sex korxonada ishlab chiqarilgan mahsu-
lotni qadoqlashga xizmat qiladi. Êorxonadagi hamma sexlar va
mavjud asbob-uskunalarning bir me’yorda ishlashini ta’minlash
uchun yordamchi sexlar ham mavjud.


8
Bug‘ ishlab chiqarish sexi — korxonani issiqlik bilan ta’min-
lash bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonini kerakli harorat
bilan ta’minlaydi.
Elektr quvvati sexi — korxonadagi elektr quvvati bilan ishlay-
digan barcha asbob-uskunalarning bir me’yorda ishlab turishini
ta’minlaydi.
Mexanika sexi – yangi asbob-uskunalarni o‘rnatish bilan
almashtirish, murakkab bo‘lmagan ehtiyot qismlarni sozlash,
ta’mirlash, eskirgan qismlarining yangisini tayyorlash, jo‘nroq
asbob-uskunalarni yaratish va tatbiq qilish bilan shug‘ullanadi.
Qalin qog‘oz (karton) sexi tayyor dori mahsulotlarini qa-
doqlash va ularni joylashtirish uchun har xil sig‘imdagi quticha-
lar tayyorlaydi.
Yuvish sexida tayyor mahsulotni joylashtirishga mo‘ljal-
langan barcha shisha idishlar yuviladi va quritiladi. Êorxona
sharoitida dori tayyorlashni hozirgi zamon talablari darajasida
tashkil qilish uchun ishlab chiqarish jarayonlarini iloji boricha
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash maqsadga muvofiqdir,
chunki faqat shu yo‘l bilan mehnat unumdorligini oshirish,
mahsulot tannarxini kamaytirish va tayyor mahsulotning andoza
(standart) talabiga javob berishini ta’minlash mumkin. Ayniqsa,
tabletka, ampula va galen preparatlarini tayyorlash jarayonlarini
hozirgi zamon yuqori unumli avtomat asbob-uskunalar bilan
jihozlash muhimdir.
Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarishda turli asbob-uskuna-
larning keng ko‘lamda ishlatilishi texnika xavfsizligi qoidalariga
qat’iy rioya qilishni taqozo etadi. Har bir agregat yonida uni
ishlatish qoidalari yozilgan bo‘lishi, xodimlar texnika xavfsizligi
bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishlari shart.
Êeyingi vaqtda atrof-muhit (ekologiya) muvozanatining
keskin buzilishi sababli, ishlab chiqarishga katta mas’uliyat
yuklanmoqda. Ishlab chiqarishdagi zararli chang, hid, oqova
suvlar va boshqa texnologik chiqindilar atrof-muhitga va suv
havzalariga hamda korxona xodimlariga salbiy ta’sir qilmaslik
yo‘llarini izlab topish maqsadga muvofiqdir.
Bu maqsadda korxonani chiqindisiz ishlash uslubiga o‘tka-
zish va katta tozalash inshootlari qurish lozim.


9

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish