88
sub’ektiv sezgilar bo‘lmaydi, axyonda badan sal qichishishi mumkin
Rang-barang temiratki-
qo‘zg‘atuvchisi terining muguz qavatida joylashib, ko‘p terlaydigan va terining kimyoviy tarkibi
o‘zgarib turadigan kishilarda tez ko‘payadi.
D a v o s i .Zararlangan teriga yashil sovun, Vilkinson mazi, 10% li salitsil spirti
eritmasi, 10-20%
li oltingugurt moyi, 10% li oltingugurt va 5% li salitsil moyi aralashmasi yoki lamizil, travogen,
klotrimazol surtiladi.
bir hafta mobaynida 60% li giposulfit eritmasi va 6% li
xlorid kislota eritmasini ketma-ket
surtish yaxshi natija
beradi (Demyanovich) metodi.
Eritrazma.
Kasallik kuzgatuvchisi psevdomikozlar qatoriga kiritiladi
son sohasida, qo‘ltiqda, ayollarda esa sut bezlari ostida qizil jigar-rang tusli dog‘lar paydo bo‘ladi
dog‘larning yuzi sal po‘st tashlab turadi,
badan bir oz qichiydi, ko‘pincha sub’ektiv sezgilar bo‘lmaydi,
zararlangan joy qizarib shishib turadi va pufakchalar paydo bo‘ladi.
D a v o s i.kepaksimon temiratkidagidek po‘st tushiradigan va dezinfeksiyalovchi moddalar
buyuriladi.
Cnov epidermofitiyasi
Sonning ichki yuzasida kattaligi tangadek keladigan pushti qizil rangli dog‘lar paydo bo‘ladi.
Dog‘lar cheti teri satxidan bolishga o‘xshab ko‘tarilib turadi,
ular yuzasida mayda-mayda
pufakchalar, pustulalar bo‘lib, markazida kepaksimon tangachalar ko‘rinadi.
Dog‘lar periferiyaga o‘sa borib, o‘rtasi oqara boshlaydi va halqasimon yoki marjon shaklini hosil
qiladi.
Bemorni badan qichishishi va og‘riq bezovta qiladi.
D a v o s i . Kasallik o‘choqlariga 1-2% li yod nastoykasi, 3-5% li oltingugurt yoki qoramoy
malhamini surtish tavsiya etiladi. 0,25% li kumush nitrat, 1-2% li rezorsin, 2% li borat kislota
eritmasi tavsiya etiladi umumiy davo- 10% li
kalsiy xlorid eritmasi
D a v o s i .Oyoq barmoqlari orasidagi burmalarga 2% li yod, nitrofungin eritmasi, salitsil-
benzoat yoki 5% li oltingugurt, lamizil malhami surtiladi
kasallik o‘tkir kechganda desensibilizatsiyalovchi umumiy davo buyuriladi: venaga 10% li kalsiy
xlorid, 30% li giposulfat, 10% li kalsiy glyukonat eritmalari yuboriladi
Antigistamin
preparatlardan dimedrol, suprastin, tavegil, diazolin,
diprazin va boshqalar, V va S
guruh vitaminlari, nikotin kislotasi beriladi
antifungal dorilar - lamizil (250 mg dan kuniga 1 mahal, 14 kun davomida), itrakonozol (30 l mg
dan kuniga 1 mahal, 15 kun davomida) tavsiya etiladi.
mahalliy davo - Kastellyani bo‘yog‘i, travokort, lamizil
kremi tayinlanadi
ikkilamchi infeksiya bulganda antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: