+ 1-5 -2 +1-1 0 2KC1O3=2KC1 + 3O2 + 1-1 00 +1-1 2KI + C12=I2+2KC1
Bu holda birinchi reaksiyada xlor va kislorod atomlarining, ikkinchi reaksiyada esa yod va xlor atomlarining oksidlanish darajalari o'zgardi.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o'zgarishi bilan boradlgan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Oksidlanish darajasining o'zgarishi elektronlarning biror atomga tornon tortilishi yoki bir atomdan boshqa atomga o'tishi bilan bog'liq.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eng ko'p tarqalgan reaksiyalar bo'Hb, ta.biatda va texnikada katta ahamiyatga ega. Ular Yer yuzasidagi hayot faoliyatining asosi hisoblanadi. Tirik a'zolardagi nafas olish va Moddalar almashinuvi, chirish va bijg'ish, o'simliklarning yashil qismlaridagi fotosintez ana shu reaksiyalar bilan bog'liq. Bu reak-siyalarni yoqilg'i yonganida, metallarning korroziyalanish jarayonlarida Va elektrolizda kuzatish mumkin. Ular metallurgiya jarayonlarining va elernentlarning tabiatda aylanishinmg asosini tashkil etadi. Shunday reaksiyalar yordamida ammiak, ishqorlar, nitrat, xlorid va sulfat kislotalar hamda boshqa ko'pgina qimmatli mahsulotlar olinadi..Galvanik elementlar va akkumulatorlarda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tutayli
kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi. Ular tabiatni muhofaza qilishga doir chora- tadbirlarning asosini tashkil etadi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida — atom, molekula yoki ionning elektr on berish jarayoni oksidlanish deyiladi. Masai an:
Al° - 3e = A13+ Fe2J - e = Fe3J
H°2- 2e = 2H+ 2C1- - 2e = СГ2
Sunday jarayonda atom yoki ionning oksidlanish darajasi ortadi. Atom, molekula yoki ionning elektronlar biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi. Masalan:
S° + 2e = S2" СГ, + 2e= 2C1- Fe3H~ + e = Fe2+
Qaytarilishda zarrachaning oksidlanish darajasi kamayadi.
Elektronlarini beradigan atom, molekula yoki ionlar qaytamv-chilar deyiladi. Reaksiya davomida ular oksidlanadi. Elektronlarni biriktirib oladigan atom, molekula yoki ionlar oksidlovchilar deyiladi. Reaksiya vaqtida ular qaytariladi. Atom, molekula yoki ionlar muayyan moddalar tarkibiga kirganligi sababli, bu moddalar ham tegishlicha qaytaruvchilar yoki oksidlovchilar deyiladi.
Oksidlanish hamma vaqt qaytarilish jarayoni bilan birga sodir bo 'ladi va aksincha, qaytarilish doimo oksidlanish jarayoni bilan bog'liq, buni quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
Qaytaruvchi —e -> Oksidlovchi Oksidlovchi + e ^ Qaytaruvchi
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ikkita bir-biriga qarama-qarshi jarayonning oksidlanish bilan qaytarilishning birligidan iborat.
Qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi biriktirib olgan elektronlar soniga teng. Bunda elektronlar bir atomdan boshqa atomga butunlay o'tishidan yoki atomlarning biri tomon qisman siljishidan qat'iy nazar, shartli ravishda faqat elektronlar berish va biriktirib olish haqida so'z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |