Fan/modul kodi


oltin  deviz standarti  (1945-1968



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

oltin 
deviz standarti 
(1945-1968 
y.) 
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin AQSh tomonidan yangi pul tizimi 
taklif etildi. Uning qoidalari 1944 yilda Nyu-Xemshir shtatining Bretton-Vuds 
shahrida bo'lib o'tgan xalqaro konferentsiyada kelishildi va 1945 yilning iyul oyida 


279 
AQSh Kongressi tomonidan ratifikatsiya qilindi. Yangi amaliyotga kiritilgan 
Bretton-Vuds pul tizimining 1920 yillarda qabul qilingan oltindeviz standartidan 
farqli jihatlari ko'p emas edi. Shu nuqtai nazardan, ushbu pul tizimi ham 
kamchiliklardan holi emas va navbatdagi moliyaviy tartibsizliklarni kelib 
chiqishiga tashlangan dastlabki qadam edi. 
Bretton-Vuds pul tizimining eski oltindeviz standartidan amal-dagi farqi 
shunda ediki, uning asosini ikki "tayanch valyuta"(funt va dollar) emas, balki 
yagona dollar tashkil etib, 35 dollar 1 unsiya oltingan tenglashtirilgan edi. Shu 
bilan birga, amaldagi tizimni 20 yillardagi oltindeviz standartidan farqli jihatlari, 
amerika fuqarolari dollardagi hisob-kitoblarni oltin bilan so'ndirish imkoniyatining 
yo'qligi va dollardagi hisob-kitob qilish huquqi xorijiy davlatlar va banklarga 
berilganligini e'tirof etish lozim. Ya'ni, jahon pulini (oltin) dollar bilan so'ndirish 
vakolati faqat davlat organlariga berildi. Shu jihatdan Bretton-Vuds tizimi ham 
1920 yillarni oltindeviz standarti kabi moliyaviy piramida asosiga qurildi. 
AQShda moliyaviy piramidaning asosini, faqatgina xorijiy davlat 
hukumatlari talab qilish huquqiga ega bo'lgan oltin tashkil etgani holda, 
muomalada ta'minlanmagan dollarlar mavjud bo'lgan. Boshqa davlatlarda 
moliyaviy piramidaning asosini, valyuta zaxirasi sifatida saqlanayotgan dollar 
tashkil etgani holda, muomalada ta'minlanmagan milliy valyutalar amal qilgan. 
Bunday moliyaviy piramidani tashkil etish uchun AQShda yetarlicha imkoniyatlar 
mavjud edi. Chunki, ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh da to'plangan juda katta 
miqdordagi oltin zaxiralari (25 mlrd doll), ularga moliyaviy piramida qurish 
imkonini bergan. Bretton-Vuds tizimi amaliyotga joriy qilinishi bilan Yevropa 
davlatlari valyutalarining dollarga nisbatan kursi oshirildi. Masalan, Buyuk 
Britaniya funt sterling kursi urushgacha bo'lgan vaqtdagi qiymatga, ya'ni 4, 86 
dollarga tenglashtirildi. Funtning sotib olish qobiliyatiga nisbatan qaralganda esa, 
uning qiymati pastroq bo'lgan. Ta'kidlash joizki, 1945 yilda dollar kursi sun'iy 
pasaytirilishi va boshqa davlatlar valyutalarining kursi dollarga nisbatan sun'iy 
oshirilishi natijasida "dollar tanqisligi" yuzaga keldi. AQShdan tashqarida yuzaga 
kelgan "dollar tanqisiligi"ni oldini olish maqsadida Amerika hukumati tomonidan 


280 
Yevropa mamlakat-lariga moliyaviy yordam ko'rsatildi. Boshqacha qilib aytganda, 
Yev-ropaga moliyaviy yordam berilishi, dollar kursini sun'iy pasaytirilishi 
natijasida AQSh toiov balansi profitsitini qisman moliyalashtirishga xizmat qilgan. 
Bretton-Vuds tizimida Amerika hukumatiga shunisi aniq bo'ldiki, ushbu 
tizim doirasida dollar inflyatsiyasini oshirilishi javobgarlikka olib kelmas edi. Shu 
nuqtai nazardan, urushdan keying davrda inflyatsiyani rag'batlantirilishi AQShda 
davlat siyosatiga aylandi. 
1950 yillar boshida dollar inflyatsiyasi natijasida xalqaro savdo oqimi o'z 
yo'nalishini o'zgartirdi. AQShda pul taklifi va kredit hajmi ortib borishi natijasida, 
aksariyat Yevropa mamlakatlari (G'arbiy Germaniya, Shveytsariya, Fransiya, 
Italiya) ning valyutalari yanada mustahkamlandi. Inflyatsiya darajasi yuqori 
bo'lgan Buyuk Britaniyada esa mamlakatdan dollarni chiqishini oldini olish 
maqsadida funtni 2, 40 dollargacha devalvatsiya qilindi. Yevropa va Yaponiyada 
ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi AQSh to'lov balansida kamomadni 
yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Inflyatsiyani cheklashda oltin tanga standartining 
klassik yondashuvchanligi o'zining xususiyatini butunlay to'xtatishi bilan birga, 
Bretton-Vuds tizimining qoidalari G'arb davlatlariga doimiy dollar zaxiralarini 
ko'paytirishni va buning asosida milliy valyuta taklifi va kredit hajmini oshirishni 
talab etgan. 
Shu tariqa 1950-1960 yillarga kelib, G'arbiy Yevropa mamlakatlari va 
Yaponiya dollar zaxirasini oshirib borish siyosati samarasiz ekanligi hamda yangi 
tizim tashkil etilganda dollar kursi sun'iy baholanganligidan sarosimaga tushdi. 
Chunki dollaraing sotib olish qobiliyatining tushishi, G'arb davlatlarida dollarga 
bo'lgan ehtiyojni pasaytirdi. 
Bretton-Vuds tizimi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti uchun "tuzoq" 
sifatida qaraldi va qarama-qarshiliklar ortdi. Fransiya nomidan Oltindeviz 
standartini yoqlab va amaldagi tizim qoidalariga qarshi fikrlar bilan davlat 
moliyaviy maslahatchisi de Gollya Jak Ryueff chiqdi. Amerika siyosatchilari va 
iqtisodchilari yuzaga kelgan qarshiliklarga e'tibor bermay, Yevropa dollarni 
"tayanch valyuta" sifatida qabul qilganligini ta'kidladi. Ularning fikriga ko'ra, 


281 
Yevropa aynan Bretton-Vuds tizimini amal qilishi natijasida iqtisodiy tanglikdan 
chiqish muammosini hal etgan. Davlatlar o'rtasidagi keli-shuvga asosan boshqa 
mamlakatlarda dollarning inflyatsiya darajasi ortishidan qat'iy nazar, AQSh yanada 
pul taklifini oshirish huquqiga ega edi. 
Yevropada oltinning bir unsiyasi uchun 35 dollarga teng bo'lgan miqdori 
saqlanib qolingan edi. 1950 yillarda Yevropada dollar massasini ortib ketishi, 
uning oltinga va Yevropaning "qattiq" valyutalariga nisbatan qadrsizlanishiga 
hamda Amerikadan oltinni chiqib ketishiga sabab bo'ldi. Buning natijasida 
AQShning oltin zaxiralari 25 mlrd. dollardan, 9 mlrd. dollargacha kamayib ketdi. 
Yevropa mamlakatlari hukumatlari va Markaziy banklarining dollarni oltin bilan 
so'ndirish talabini qondirilmasligi oqibatida Bretton-Vuds tizimining izdan chiqish 
xavfi tug'ilgan edi. Lekin, Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan ushbu salbiy 
holat ham AQShni pul taklifini oshirishdan qaytarmadi. Shu tariqa 60 yillaraing 
oxirida Yevropada 80 mlrd dollardan ortiq "yevrodollar" nomini olgan pullar paydo 
bo'ldi. Yevropada muomalada bo'lgan dollarni oltin bilan so'ndirish talabini 
to'xtatish maqsadida AQSh siyosiy bosim o'tkaza boshladi. 1930 yilda oltindeviz 
standartining inqirozga yuz tutishida ham Buyuk Britaniya va Fransiya o'rtasida 
shunday vaziyat yuzaga kelgan. 
Ta'kidlash joizki, iqtisodiy qonunlarni aylanib o'tish, AQSh inflyatsiyani 
hisobga olmagani kabi, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy salbiy oqibatlarga olib 
keladi. Shu tariqa 1968 yilda Amerika tomonidan taklif etilgan "abadiy va 
buzilmas" Bretton-Vuds tizimi yemirila boshladi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish