Fan/modul kodi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

Oltin quyma va oltin 
deviz 
standarti (1926-1931 
yy.) 
Birinchi jahon urushi 
natijasida jahon valyuta tizimi inqirozga uchragan edi. Urushdan keyingi davrga 
kelib, mamlakatlararo valyuta-pul tizimini yoiga qo'yish maqsadida oltin standartini 
joriy qilishning imkoniyatlarini ko'rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. O'sha 
davrda yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etar ediki, Yevropa mamlakatlari 
pullarini oltinga nisbatan qadrsizlanishidan kelib chiqib, valyuta kurslari o'rtasidagi 
nisbatni pul taklifi va narxlar darajasiga bog'liq ravishda qaytadan o'matish kerak 
edi. Chunki, agar urushdan oldingi davrda flint sterling 4, 86 dollarga teng bo'lgan 
oltin birligiga ayriboshlangan bo'lsa, urush so'ngida inflyatsiya oqibatida valyuta 
bozoridagi flint sterlingning kursi 3, 50 dollargacha tushib ketdi. Boshqa davlatlarni 
pullari ham shu tariqa qadrsizlangan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya oltin 
standartiga qaytadigan bo'lsa, funtning haqiqiy qiymati 3, 50 dollar nisbatida 
belgilanishini talab etar edi. O'z navbatida oltin standarti amal qilishi uchun barcha 
davlatlar ushbu holatga rozi bo'lishi kerak edi. Lekin bu borada mamlakatlarning 
bir to'xtamga kelishi qiyin bo'ldi. Masalan, Buyuk Britaniyaning kamchiligi shunda 
ediki, nafaqat oltin standartini qayta tiklash, balki funtning awal amalda bo'lgan 4, 
86 dollar darajadagi kursiga qaytarish edi. 
Buyuk Britaniyaning bunday siyosati dunyoning moliyaviy markazi bo'lgan 
Londonning obro'sini saqlashga qaratilgan edi. Buni amalga oshirish uchun Buyuk 
Britaniya eng awalo pul taklifmi kamaytirish va tovarlar narxini pasaytirishga 
erishishi kerak edi. Lekin, funt kursi 4, 86 dollarga tenglashgan holda Buyuk 
Britaniya tovarlarlarini jahon bozoridagi narxi ortib raqobatbardoshligiga salbiy 
ta'sir ko'rsatar edi. Kasaba uyushmalari ta'sirining ortishi va davlat tomonidan 
ishsizlik uchun nafaqalarni joriy qilinganligi pul taklifmi kamaytirish imkonini 
bermas edi. Deflyatsiyani amalga oshirish (pul taklifmi kamaytirish bilan aholi 
nominal daromadlarini pasaytirish) uchun Buyuk Britaniya ijtimoiy himoyaga 
asoslangan davlat qurish nazariyasidan voz kechishi yoki ayrim "ijtimoiy 
kafolat'iarni muzlatishi kerak edi. Buning o'rniga Buyuk Britaniya ijtimoiy 
himoyaga asoslangan davlat dasturlarini bajarish maqsadida pul taklifmi yanada 
orttirib bordi, o'z navbatida inflyatsiya darajasi ham o'sib bordi. 


276 
Yigirmanchi asraing 20 yillarga kelib, Buyuk Britaniyada inflyatsiya va 
ishsizlik darajasi yuqori nuqtaga kelgan, mamlakat eksport hajmi ham tushib 
ketgan edi. Bu davrda boshqa Yevropa davlatlarida iqtisodiy o'sish kuzatilayotgan 
edi. Shuning uchun Buyuk Britaniyada qabul qilingan qarorlardan voz kechmagan 
holda yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish muammosi ko'ndalang turgan edi. Shu 
maqsadda 1922 yili Genuya shahrida bo'lib o'tgan konferentsiyada Buyuk 
Britaniya yangi pul standarti boigan oltindeviz standartini taklif qildi. 
Dunyo mamlakatlari ichida AQShda klassik oltin standarti saqlangan bo'lib, 
Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari 1926 yilga kelib klassik oltin 
standartiga tenglashtirilgan yangi pul tizimiga o'tishdi. Unga ko'ra Britaniya fimti 
va boshqa valyutalar oltin tangalarga emas, balki faqatgina yirik tashqi savdoni 
amalga oshiruvchilar uchun oltin quymalarga ayriboshlanar edi. Buyuk Britaniya 
va boshqa Yevropa mamlakatlari foqarolari kundalik hayotda oltin tangalardan 
foydalana olmas edilar. Bu bank kreditlarini va inflyatsiyani rag'batlantirishga 
xizmat qilar edi. Yangi oltindeviz standartiga asosan Buyuk Britaniya funtni 
so'ndirishda oltin bilan birga dollardan ham foydalanar, boshqa davlatlar esa 
o'zlarining valyutalarini oltinga emas, funtga ayirboshlar edilar. Shu yo'l bilan 
aksariyat mamlakatlarda milliy valyutalar kursi sun'iy oshirildi va oltin standartiga 
qaytishdi. Natijada oltinga asoslangan moliyaviy piramida tashkil topdi. Uning 
asosini qisman flint bilan ta'minlangan Yevropa mintaqasi valyutalari, qisman 
dollar bilan ta'minlangan font, qisman oltin bilan ta'minlangan dollar tashkil etgan 
va bu "oltindeviz standarti" deb ataldi, dollar va font esa "tayanch valyutalar" 
hisoblangan. 
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida pul taklifi hamda kredit hajmining ortishi 
hisobiga tashqi savdo balansda taqchillik yuzaga keldi. Bunday vaziyatda oltin 
standarti inflyatsiyani cheklashga xizmat qilmay qo'ydi. Oltindeviz standarti 
Buyuk Britaniyaga milliy valyuta taklifini oshirish va inflyatsiya darajasini 
oshishiga sharoit yaratgan. Yevropaning boshqa davlatlari fontni oltin bilan 
qoplashni talab qilmas edi. Shu tariqa Yevropa va Buyuk Britaniyada inflyatsiya 
darajasi tobora chuqurlashayotgan, tashqi savdo kamomadi ortib borayotgan edi. 


277 
Undan tashqari, Buyuk Britaniya mamlakatdan oltin va dollarni chiqib ketishini 
oldini olish maqsadida AQSh Federal zaxira tizimining dollar taklifini oshirishiga 
erishgan edi. Oltindeviz standartining alohida xususiyati shunda ediki, u uzoq 
muddat amal qilishi mumkin emas edi. Chunki ushbu moliyaviy piramidaning 
izdan chiqishi qochib bo'lmas haqiqat bo'lgan. AQSh, Fransiya va boshqa 
davlatlar iqtisodiyotida katta hajmda ta'minlanmagan Buyuk Britaniya funt 
sterlingi yig'ildi. 1931 yilda Yevropa mamlakatlarida inflyatsiya darajasi 
yuqoriligidan Fransiya "qattiq pul" siyosatini olib bordi va Buyuk Britaniyadan 
iqtisodiyotda yig'ilgan funt sterling o'rniga oltin ayirboshlashni talab qilishi 
Yevropa banklarini bankrot bo'lishiga olib keldi. Bu esa Buyuk Britaniyani 
butunlay oltin standartidan voz kechdi. Buning natijasida barcha Yevropa 
mamlakatlari o'zini bankrot deb e'lon qildilar. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish