2.1.Abu Rayxon Beruniy ta`limiy ahloqiy qarashlari
(973 - 1048) Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g`oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayhon Beruniy 362 yil 3-zulhijjada (milodiy 973 yil 4-sentabr) Xorazmning Qiyod (Kot) shahrida dunyoga keldi. Berun yoki birun so`zi «tashqari» degan ma`noni anglatadi.{{{Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo`llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O`quvchiga bilim berishda:o`quvchini zeriktirmaslik; bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o`rgatavermaslik;uzviylik, izchillik; tahlil qilish va taqqoslash; ma`lumdan noma`lumga, yaqindan uzoqqa, soddan qiyinga qarab borish;takrorlash; yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko`rgazmali bayon etish va hokazoga e`tibor berish kerakligi o`qtiriladi.Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o`rganishga da`vat etadi. Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o`zi sezishi mumkin bo`lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko`zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi zarurligini o`qtirgan. Shuningdek, har bir xalqning o`ziga xos ta`lim usullari, yo`llari, shakllari borligini ta`kidlash bilan birga har bir xalqning ham o`qitish tizimi alifbodan boshlanishini ko`rsatadi. Grammatika, matematika fanlarini o`qitishga oid qimmatli fikrlar bayon etadi.Beruniy til va adabiyot, tarix, geografiya, geodeziya, biologiya, mineralogiya fanlari, tibbiyot va dorishunoslik, fizika, falakiyot ilmiga oid tadqiqotlarini o`zi targ`ib etgan nazariya hamda kuzatishlar natijasida amaliyotda sinab ko`rib, fanda haqiqat ustivor turishini ta`kidladi
2.2Kasbiy ma’naviyatda etiket normalari va ularning xodimlar faoliyatida namoyon bo‘lishi
Axloqiy madaniyatda yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlar ko’rinishidan biri, bu - etiket. U ko’proq insonning tashqi madaniyatini, o’zaro munosabatlardagi o’zini tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondashsa, ya’ni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo’yilgan xatti-harakatni taqozo etadi. }}Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o’z ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchiliketiketi va h.k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini biz tez-tez televizor ekrani orqali ko’rib turamiz. Bu jarayon ayniqsa, davlat rahbarlariga horijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Unda faqat bir xil holat, xalqaro miqyosda o’rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi yo’q. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturxonda tanovul payti, pichoqni o’ng qo’lda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi - uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg’otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan,
qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |